Algoritmlashtirish jarayonida qo‘yilgan masalalarni EHMda qayta ishlashga tayyorlash asosiy vazifalardan hisoblanadi.
EHMda masalalarni yechish bosqichlari:
- masalani qo‘yilishi;
- masalaning matematik formulalar bilan ifodalash;
- matematik usul tanlash;
- hisoblash jarayonini algoritmlashtirish;
- dasturlash.
- dasturni sozlash kabi bosqichlarda amalga oshiriladi.
Masalani qo‘yilishida maqsad va uning mazmuni aniqlanadi. Barcha ko‘rsatkichlar, ularning xususiyatlari o‘rganib chiqiladi.
Masalaning aniqva to‘liq tushunarli bo‘lishi muammoni to‘la hal qilishga imkon beradi.
Masalani matematik formula bilan ifodalash asosiy hisoblanadi. Unda barcha kattaliklar, ularning o‘zaro bog‘lanishi amalga oshiriladi. Shuningdek, bu bosqichda matematik model yaratiladi. Keyin esa navbatdagi bosqichga o‘tiladi, ya’ni qo‘yilgan masalani aniqva tushunarli qilib hal qilish uchun kerakli matematik usul tanlanadi. Muammoni hal qilishda matematik usullarning turlichasidan foydalanish mumkin hamda tanlangan usul albatta aniqechimga olib borishi kerak bo‘ladi.
Matematik usul tanlangandan keyin navbatdagi algoritmlashtirish bosqichiga o‘tiladi. Bu jarayon algoritmni tasvirlash usullaridan biri orqali amalga oshiriladi.
Algoritm tayyor holatga keltirilgandan so‘ng uning asosida dastur yoziladi va navbatdagi bosqichga o‘tiladi. Dastur tayyorlanib hisoblash mashinasiga kiritilib uni sozlash jarayoniga o‘tiladi. Sozlab boshlang‘ich ma’lumotlar bilan solishtirilib to‘g‘ri natija olingandan keyin buyurtmachiga topshiriladi.
EHMda masalalarni xal qilish bosqichlarida dasturlash bosqichi bir qancha tillarda amalga oshirilishi mumkin.
Ular qatoriga Beysik, Fortran, Paskal, SI va boshqa shu kabilarni keltirish mumkin.
Bu dasturlash tillarining har biri o‘zining aniqmaqsadiga va vazifasiga egadir.
Masalan, Beysik dasturlash tili odatda dasturlashni boshlovchilarga mo‘ljallangan til hisoblanib, uning yordamida murakkab bo‘lmagan muammolarni hal etishi mumkin.
Fortran tili esa asosan matematika, injenerlik muammolarini hal qilishda ishlatiladi.
Paskal dasturlash tili ommaviy va umumiy muammolarni hal qilishga qaratilgan til hisoblanadi.
Umumiy holatda olinganda har bir dasturlash tili yordamida ixtiyoriy muammo xal qilinayotgan vaqtda ham algoritmlar asos deb olinadi.