To‘rt qoida. Kompyuterga virus yuqqanda quyidagi qoidalarga amal qilish lozim.
1. Shoshilmaslik va qato yechimlar qilmaslik kerak. O‘ylanmay qilingan harakat lar ma’lumotlar yo‘qotilib, tiklanishi mumkinligini qo‘ldan boy beribgina qolmay, kompyuterga qayta virus yuqtirishga olib keladi.
2. Shunga qaramay, ushbu harakat lar zudlik bilan o‘tkazilishi kerak. Agar siz o‘z kompyuteringizda virus faollashishiga ulgurmasdan uni aniqlanganingizga ishonch hosil qilsangiz, u bo‘zg‘unchilik harakat larini davom ettirmasligi uchun, kompyuterni o‘chiring. Bu qoidaga roya qilmaslik og‘ir oqibatlarga olib keladi, chunki DOS yuklanganda yoki kompterga zararlangan diskdagi dastur ishga tushirilganda virus faollashishi mumkin, faoliyatdagi virus mavjud holda kompyuterni davolash ma’nosiz bo‘ladi, sababi u disk va dasturlarning davom etuvchi zararlanishi bilan kechadi.
3. Virusdan davolanish oddiy, lekin ayrim hollarda mushkul. Agar siz kompyuterni davolash uchun yetarlicha bilim va tajribaga ega bo‘lmasangiz, tajribaliroq hamkasblardan yordam so‘rang.
4. Kompyuterni virusdan davolash ijodiy jarayon, bu mavzudagi har kanday tavsiyani masla hat sifatida qabul qilmaslik kerak.
Chunki, virus yozuvchilari yangilik o‘ylab topishlari mumkin, bunda virus bilan kurashish bo‘yicha tavsiyalar eskiradi.
Tayanch iboralar:
Detektorlar - zararlangan fayllarni aniqlash imkonini beradi;
Doktorlar (shifokorlar) - zararlangan programalarni davolaydi; Filtrlar -
Taftishchi - dasturlar holatini avval yod olib, dastlabkisi bilan solishtiradi;
Vaksina-dasturlari - dasturlarni modifikatsiya qiladi, bu jarayon dastur ishida ta’sirini ko‘rsatmaydi, vaholanki virus unga qarshi vaksinatsiya qilinganligini bilmaydi va dasturlarni zararlangan haqida ma’lumot bering.
Adabiyotlar: 1. S.S.G‘ulomov va boshqalar. Iqtisodiy informatika -- T- O‘zbekiston 1999. 139-186 b.
2. S.I.Raxmonqulova, C.S.G‘ulomov, X.N.Zayniddinov. IBM PC shaxsiy kompyuteridan foydalanuvchilar uchun o‘quv qo‘llanma. -T. 1994 yil, 17 b.
3.V.E.Figurnov IBM PC для пользователя. - М. Финансы и статистика1991,19-55 s.
4. C.I.Raxmonqulova. IBM PC shaxsiy kompyuterda ishlash. “Sharq“ –T. 1998,7-23 b.
5. A.Sattorov, B.Kurmonboyev. Informatika va hisoblash texnikasi asoslari. “Ukituvchi”, -T.,1996.