Tekshiruv uchun buyruk fayllar. Kundalik tekshiruvlar. Aidtest, Dr.Web, Adinf dasturlari yordamida kompyuter disklari holatini virus bor yo‘qligi, paydo bo‘lishiga tekshirib turish kerak. Buni virdarly.bat fayli yordamida qilish mumkin. virdarly.bat path komandasida qayd qilingan kataloglardan biriga joylashtirilishi kerak.
Aidstest ko‘rinmas viruslarni aniqlay olmaydi, Adinf dastursi esa ko‘zga ko‘rinmas virusllarni tuta oladi. Aidstest -/S /G Enter
S - sekin ish;
G - barcha fayllarni tekshirish;
F - zararlangan fayllarni to‘g‘rilash;
X - zararlangan fayllarni xotiradan o‘chiradi;
Q - ruxsat so‘rash;
Aidstest va Dr.Web dasturlari bilan disk va fayllarni tekshirish. Fayl va disklarni Aidstest va Dr.Web dasturlari bilan tekshirishda ekranga xabar va talablar chiqariladi. Aidtest dastursi talabiga javoban “V” klavishani bosish kerak, agar javob “xa” bo‘lsa “Y”, agr “yo‘q” bo‘lsa “N” klavishasi bosiladi. Dr.Web dastur so‘roviga javobning bir necha variantlari bilan to‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida beriladi. Ekrandagi , yozuvni klavishalar yordamida tanlash mumkin va Enter ni bosish yoki sichqonchaning chap tugmachasini bosish zarur.
Tekshirish tartibi. Aidstest va Dr.Web dasturlari ishga tushirilgach, virus mavjud yoki mavjud emasligi uchun kompyuter operativ xotirasi tekshiriladi. Buyruq satrida har bir obyekt tekshiriladi. Agar tekshiruv paytida viruslar aniqlansa yoki gumon qilinsa yakuniy hisobotda zararlangan yoki shubqa qilingan disk sohalari yoki fayllar to‘risida axborot beriladi. Bunda Aidstest dastursi zararlangan fayllarni davolash uchun F1 parametrini ishlatish kerakligini xabar qiladi. Dr.Web dastursi hisobotni qizil rangda chiqaradi.
Virus haqida xabarlar. Dastur virusi aniqlanganda quyidagi xabarlar chiqariladi -xotiradagi virus - kompyuter operativ xotirasidagi rezident viruslarning barcha xillarini aniqlash va zararsizlantirishni amalga oshiradi. Bu holda tekshiruv davom etadi, lekin uning yakunida kompyuterni qayta yuklashga taklif beriladi. Bunda “toza” disketa kiritilib, kompyuterni davolashni boshlash zarur.
Tekshiruvda fayl kattaligini aniqlash - tekshiruvga ochilishidan oldin tekshiriluvchi fayl kattaligi o‘zgarmaganligini Dr.Web dastursi aniqlaydi.
O‘lcham o‘zgarishi sistemada virus borligidan dalolat beradi. Dastur ishini to‘xtatib, “Yangi” disketa kiritish va kompyuterni davolashni boshlash zarur.
Bunda quyidagi xabar chiqadi:
Disk, virus bilan zararlangan fayl nomi va uni qaysi katalogda joylashganligi, ushbu fayldagi virus nomi.
fayl yaratilishining shub hali davri - agar faylda yaratilishining shubxali vaqti qayd qilinsa, Dr.Web bu qaqda ogoqlantirish chiqaradi, chunki bunday harakat lar ayrim viruslar uchun xos.