16- ma’ruza.
Paskal tilining operatorlari.
Reja:
Dastur tuzilishi.
O‘zlashtirish operatori.
Belgini e’lon qilish operatori.
Shartli va shartsiz o‘tish operatori.
Variant operatorlari.
Takrorlanuvchi operator turlari.
Parametrli takrorlanuvchi operatorlar.
1. Paskal tilida tuzilayotgan xar qanday dastur ma’lum Qonuniyatlarga asoslangan bo‘ladi va bu tildagi eng kichik dastur quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi:
Begin__End'>Begin
End
Bu dastur xech qanday vazifa bajarmaydi, lekin kompyuter uchun buning axamiyati yo‘q, eng muximi dasturning boshlanishi va tugashini aniqlovchi operatorlar berilgan. Demak, bu operatorlar orasida foydalanuvchi uchun zarur bo‘lgan vazifalarni bajaruvchi boshqa xar qanday operatorlarni joylashtirish mumkin -
Begin
Dasturning asosiy qismi
End
Kompyuterda biror masalani yechish uchun boshqa dasturlarga, tashqi qurilmalarga murojaat qilish mumkin, o‘zgarmas yoki yangi o‘zgaruvchilarning ko‘rinishlarini e’lon qilish mumkin va x.k. Bu amallar hamma vaqt asosiy dasturdan oldin e’lon qilinadi.
Shunday qilib Paskal tilidagi dastur tuzulishi quyidagi ko‘rinishga ega:
Uses - ishlatilayotgan kutubxona bo‘limlari (modullari)
Label - Dasturning asosiy qismida ishlatilayotgan belgi (metka)larini e’lon qilish
Const - O‘zgarmaslarni e’lon qilish
Tupe - Yangi o‘zgaruvchilarning turini muomalaga kiritish
Var - Asosiy dasturda muomalada bo‘lgan o‘zgaruvchilarni e’lon qilish
PROTSEDURALARni e’lon qilish.
Begin
Dasturni asosiy qismi
End
Demak, xar qanday dastur yuqorida berilgan asosiy tuzilmaning xususiy xoli bo‘lishi mumkin va ular o‘z navbatida Paskal tiliga xos bo‘lgan asosiy tushunchalar asosida xosil qilinadi.
Paskal tilida maxsus va elementar funksiyalarning berilishi
Dasturchi tomonidan hamma vaqt ishlatilib turuvchi ba’zi elementar va aloxida vazifalarni bajaruvchi funksiyalar kompyuter xotirasiga ma’lum nomlar ostida murojaat uchun qulay ko‘rinishda kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: |