Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


[Ishchi kitob nomi] Varaq nomi! Yacheyka manzili



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə77/116
tarix07.01.2024
ölçüsü1,64 Mb.
#202599
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   116
INFORMA-lot (1 var)

[Ishchi kitob nomi] Varaq nomi! Yacheyka manzili
Yacheyka manzili oldiga ishchi kitob nomi yozilib, kvadrat qavslarga olinadi va ishchi jadval nomi undov belgisi yordamida ko‘rsatiladi. Masalan, q[Budjet.xls]List1!A1
Agar ishchi kitob nomida bir yoki bir nechta bo‘shliq bo‘lsa, u holda uning nomi bittali qo‘shtirnoq ichiga olinishi kerak. Masalan, qA1* '[Budjet na 1999]List1!’A1
Funktsiyalar bilan ishlash
Funktsiya — bu formulalarda qo‘llaniladigan kiritib qo‘yilgan tayyor uskunalar qolipidir. Ular murakkab bo‘lgan matematik va mantiqiy amallarni bajaradi.
Funktsiyalar quyidagi ishlarni bajarish imkonini beradi.
1. Formulalarni qisqartirish.
2. Formulalar bo‘yicha boshqa qilib bo‘lmaydigan hisob ishlarini bajarish.
3. Ayrim muharrirlik masalalarini hal qilishni tezlashtirish.
Barcha formulalarda oddiy () qavslar ishlatiladi. Qavs ichidagi ma’lumotlar argumentlar deb ataladi. Funktsiyalar qanday argumentlar ishlatilayotganligiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Funktsiyaning turlariga qarab ular quyidagicha ishlatilishi mumkin:
— argumentsiz;
bir argumentli;
— qayd qilingan cheklangan argumentlar soni bilan;
— noma’lum sondagi argumentlar soni bilan;
— shart bo‘lmagan argumentlar bilan.
Funktsiyada argumentlar ishlatilmasa ham, bo‘sh qavslar ko‘rsatilishi lozim. Masalan, qRAND(). Agar funktsiyada bittadan ortiq argument ishlatilsa, ular orasiga nuqtali vergul (;) qo‘yiladi. Formulalarga funktsiyani kiritishning ikkita usuli mavjud - klaviatura yordamida qo‘lda kiritish va Excel dagi «Мастер функций» (Funktsiyalar ustasi) piktogrammasi orqali kiritish.
Funktsiyani kiritish usullaridan biri qo‘lda klaviaturadan funktsiya nomi va argumentlar ro‘yxatini kiritishdan iborat. Excel funktsiyani kiritishda uning nomidagi belgilarni yuqori registrga o‘zgartiradi, chunki formula va funktsiyalarda kichik xarflar ishlatish mumkin. Agar dastur kiritilgan matnni yuqori registrga o‘zgartirmagan bo‘lsa, demak, u yozuvni funktsiya deb qabul qilmagan, ya’ni funktsiya noto‘g‘ri kiritilgan bo‘ladi.
Exceldagi «Мастер функций» (Funktsiya ustasi) funktsiya va uning argumentini yarim avtomatik tartibda kiritishga imkon yaratadi.

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin