Labview dasturlash muhitida siklik amallar va funksiyalar. Aniq sondagi sikllar bilan ishlash (for)



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə1/2
tarix24.06.2022
ölçüsü0,59 Mb.
#62203
  1   2
2.Lab for, while


Laboratoriya 2.
LABVIEW DASTURLASH MUHITIDA SIKLIK AMALLAR VA FUNKSIYALAR. ANIQ SONDAGI SIKLLAR BILAN ISHLASH (FOR).
Blok-diagrammaning muhim obyekti bo’lgan strukturalarni o’rganishni boshlaymiz. Iterasiyalarning o’rnatilgan soni bilan sikl(For sikli) kiritiladi, For siklidan foydalanilganda massiv bilan elementlar bo’yicha ishlash o’rganiladi, siklning oldingi iterasiyalarga ruxsat tashkil qilinadi.

Iterasiyalar soni qayd qilingan sikl (For)


Bu sikl ma’lum miqdordagi ma’lumotlar oqimi ustida takrorlanadigan amallarni bir necha marta bajaradi. Iterasiyalar soni qayd qilingan sikl (For) Programming Structures bo‘limidagi funksiyalar palitrasida joylashgan. Terminalga qo‘yilgan maksimal iterasiyalar soni “N” siklda ma’lumotlar oqimi ustida takrorlangan amallarni maksimal miqdorini aniqlaydi. Iterasiya hisoblagichlari terminali “i” bajarilgan iterasiyalar miqdoriga ega. Iterasiyalar hisoblagichining dastlabki qiymati har doim nolga teng. Iterasiyalar soni qayd qilingan sikl (For) shart bo‘yicha sikllardan (While) shunisi bilan farq qiladiki, u berilgan maksimal iterasiyalar soni “N” bajarilgan ishni yakunlaydi. Shartga ko’ra sikl (While) berilgan chiqish sharti siklda bajarilganidan keyin ishni yakunlaydi (1- rasm).

For sikliga misol




1- rasm. For sikliga ega bo‘lgan dastur old paneli va diagrammalar bloki Dastur (1- rasm) Numeric indicator qiymatini 0 dan 9
gacha 1dan qadamlab 1sekund intervali bilan o‘zgartiradi Oldingi misolni shunday o‘zgartiramizki, (2- rasm) shunda Numeric indikatoriga 10 dan 0 gacha sonlar – 1 qadam bilan chiqarilsin.

2- rasm. Indikator sonini 10 dan 0 gacha aks ettiruvchi virtual asbob



Siljiydigan registrlar


Siljiydigan registrlar sikllar bilan ishlashda kundalik iterasiya siklini keyingisiga qiymatlarini uzatish uchun ishlatiladi. Siljiydigan registr sichqonchani sikl chegarasidagi o‘ng klavishani ikki marta bosib For loop dan keyin Add Shift Registerni kontekst menyusidagi punktdan tanlash bilan yaratiladi.

3-rasm.
Siljiydigan registr terminallar juftligi kabi ko‘rinadi; ular bevosita siklni vertikal chegara tomoniga bir – biriga nisbatan qarama – qarshi joylashgan. O‘ng terminal <вверх> strelkaga ega va u kundalik iterasiya tugashi bo‘yicha ma’lumotlarni saqlaydi, LabVIEW ushbu registrdagi ma’lumotlarni keyingi iterasiyaga uzatadi.
Siljiydigan registr har qanday turdagi ma’lumotlarni ungacha uzatilganlarini qabul qiladi. Siljiydigan registrlarni terminallariga beriladigan ma’lumotlar bir turda bo‘lishi kerak. Bir necha siljiydigan registrlarning siklini bitta struktura qilib yaratish imkoniyati ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga siljiydigan registr siljiydigan registrlarni bir necha chap terminallarga oldingi iterasiyalarni bir necha qiymatlari bilan ishlash uchun ega bo‘lishi mumkin.
Siljiydigan registrlardan oldingi iterasiya qiymatlarini eslab qolish uchun foydalanish mumkin, bu o‘rtachallashtirish algoritmlarini yaratishda foydali. Siljiydigan registrlarda qo‘shimcha terminallarni o‘rnatish keyingi iterasiyaga qiymatlarini o‘tkazish uchun chap terminaldagi sichqonchani o‘ng tugmasini ikki marta bosib amalga oshiriladi, shunda Add Element kontekst menyusidan
tanlanadi. Masalan, siljiydigan registr chap terminaliga ikkita qo‘shimcha terminal qo‘shilsa, shunda oxirgi uchta iterasiyaning qiymati kundalik iterasiyaga kelib tushadi.
Siljiydigan registrni inisiyalash uchun uning chap terminaliga siklni tanasidan tashqaridan har qanday qiymatni berish zarur.
Agar registr inisiyalanmasa, siklning oxirgi bajarish vaqtidagi registrga yozilgan qiymatdan foydalaniladi, yoki ushbu ma’lumotlar ushbu turi uchun agar sikl hech qachon bajarilmasa jim turish bo‘yicha qiymatdan foydalaniladi.
Masalan: agar siljiydigan registrdagi ma’lumotlar turi mantiqiy bo‘lsa, (Boolean) boshlang‘ch ЛОЖЬ (False) qiymat bo‘ladi. Huddi shunday agar siljiydigan registrni ma’lumotlari raqamli bo‘lsa, unda boshlang‘ich qiymat – 0.
Siljiydigan registrni inisiyalanmagan sikli VA ni bir necha marta ishga tushirilganda chiqish qiymatini egallash uchun siljiydigan registrning qiymati oxirgi VA boshqarishidan olinadi. VA ni keyingi ishga tushirishlari orasidagi holat haqida axborotni saqlash uchun, siljiydigan registrning chap terminalini kirishini noaniq qoldirish kerak.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin