2. Ishchi hujjatlar bilan ishlash 1. Ish olib borilayotgan jadvalning barcha yacheykalarini ajratib ko‘rsatish. Joriy darchadagi ishchi jadvalning barcha yacheykalarini ajratib ko‘rsatish uchun sichqoncha tugmasini bosgan holda sichqonchani xarakatga keltirish lozim.
2. Ustunlar sarlavxasi. Jadvaldagi barcha mavjud 256 ustunlar lotin alifbosining bosh xarflari bilan belgilanadi va u A dan boshlab IV gacha belgilanib boriladi. Boshqacha aytganda, A dan Z gacha, keyingi ustunlar AA, AV,.....,AZ,VA,...,VZ,.... va oxirgi 256-ustun IV deb belgilanadi. Biror ustunning barcha yacheykalarini belgilab olish uchun ustun sarlavxasi ustida sichqoncha tugmasini bosish kerak.
3. Faol yacheyka indikatori. Bu kora rangdagi kontur bo‘lib, joriy yacheykani ajratib ko‘rsatib turadi. Ayrim hollarda u jadvallar kursori deb ham ataladi.
4 . Qatorlar tartibi. Ishchi jadvalning har bir qatori tartib raqamiga ega bo‘lib, u 1 dan to 65536 gacha raqamlanadi. Bu qatorlarning keragini tanlab olish sichqoncha yoki klaviaturadagi tugmalar majmuini bosish orqali amalga oshiriladi.
5. Varaqlarning yorlig‘i. Bu yorliqlarning xar biri yon daftarchaning yorlig‘iga o‘xshash bo‘lib, ishchi kitobning Alohida varaqlari sifatida qaraladi. Ishchi kitob ixtiyoriy sondagi varaqlardan iborat bo‘lishi mumkin. Har bir varaqning nomi bo‘ladi va u varaq yorlig‘ida ko‘rsatib qo‘yiladi.
Ishchi kitob varaqlari bilan ishlash Excel dasturi ishga tushirilgandan so‘ng avtomatik ravishda yangi Ishchi kitob «Kniga 1» nomi bilan yaratiladi. Agarda siz boshqa Ishchi kitob yaratmoqchi bo‘lsangiz, uskunalar panelidagi «Создать» piktogrammasiga sichqoncha ko‘rsatkichini keltirib tugmani bosishingiz kerak bo‘ladi. Yangi yaratilayotgan kitob kompyuter xotirasida saqlanib, xali fayl sifatida diskda saqlanmagan bo‘ladi. Agar Alohida ko‘rsatilgan bo‘lmasa, jadvaldagi ishchi varaqlar 16 tagacha bo‘lishi mumkin. Yangi yaratilgan ishchi kitobida bitta varaq bilan faol ish olib boriladi. Boshqa varaqni faollashtirish uchun shu varaqning yorlig‘i ustiga sichqoncha ko‘rsatkichini keltirib bosish kerak. Boshqa varaqlarni ko‘rib chikish uchun aylanma ko‘rsatkich tugmasini bosish kerak. Alohida nom berilmagan bo‘lsa ishchi jadval varaqlari «LIST1», «LIST2»... kabi nomlanadi. Bu varaqlarni qayta nomlash ham mumkin.