Adabiyotlar:
A.Sattorov, «Informatika va axborot texnologiyalari» Toshkent, «O‘qituvchi», 2002 y.
A.Ahmedov, N.Tayloqov,«Informatika»,Toshkent, «O‘zbekiston», 2001 y.
SH. Narimov, M. Najmiddinova, «Kompyuter bilan muloqotni o‘rganamiz», Toshkent, «Moliya», 2002 y.
G.Porsayev, «Kompyuterda ishlash yaxshi», Samarqand, «Zarafshon», 2002 y.
Aripov M. Qaydarov A «Informatika asoslari» Toshkent, «O‘qituvchi», 2002 y.
Экономическая информатика -учебник / под ред. V.P. Kosarev i L.V. Yeremina -M -Finanso‘ i statistika, 2002, str. 523-563
A.A.Kozo‘rev Информационные технологии в экономике и управлении. Учебник / 2000
B.YU. Xodiyev, A.A. Musaliyev, B.A. Begalov Введение в информационные системы и технологии -Учебное пособие. T. -«TGEU» 2002.-156s.
A.G. Yurkin. Задачник по программированию. Учебное пособие. Piter.Minsk:2002.
Richard, Xezfild, Lourens-Kirbi. Искусство программирования на С. DiaSoft Piter:2001.
Lena@rector.msu.ru
kedr@philol.msu.ru
Мобильные компьютеры -внедрение информационных и коммуникационных технологий.. Amazon.com 2002
9 - ma’ruza.
Microsoft Excel jadval protsessori
Reja:
Microsoft Excel dasturi haqida umumiy ma’lumotlar.
Ishchi hujjatlar bilan ishlash.
Excel dasturida ma’lumotlar bilan ishlash.
Yacheykadagi ma’lumotlar bilan ishlash.
Excel da formula va funktsiyalar bilan ishlash.
1. Microsoft Excel dasturi haqida umumiy ma’lumotlar.
Zamonaviy kompyuterlarning dasturiy ta’minotining tarkibiy qismiga kiruvchi Microsoft OFFICE paketidagi asosiy vositalardan biri jadval protsessori deb ataluvchi Excel dasturidir. Excel WINDOWS operatsion qobig‘i boshqaruvida elektron jadvallarni tayyorlash va ularga ishlov berishga muljallangan.
Elektron jadvallar asosan iqtisodiy masalalarni yechishga mo‘ljallangan bo‘lsada, uning tarkibiga kiruvchi vositalar boshqa sohaga tegishli masalalarni yechishga ham, masalan, formulalar bo‘yicha hisoblash ishlarini olib borish, grafik va diagrammalar qurishga ham katta yordam beradi. Shuning uchun Excel dasturini o‘rganish muxim ahamiyat kasb etadi va xar bir foydalanuvchidan Excel bilan ishlay olish ko‘nikmasiga ega bo‘lish talab etiladi.
Inson o‘z ish faoliyati davomida ko‘pincha biror kerakli ma’lumot olish uchun bir xil, zerikarli, ba’zida esa, murakkab bo‘lgan ishlarini bajarishga majbur bo‘ladi. Microsoft Excel dasturi mana shu ishlarni osonlashtirish va qiziqarli qilish maqsadida ishlab chiqilgandir.
Microsoft Excel elektron jadvali hisoblash vositasi sifatida qaralib, iqtisodiy va moliyaviy masalalarni yechishda yordam beribgina qolmay, balki xar kungi xarid qilinadigan oziq-ovqatlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari hamda bankdagi hisob raqamlari hisob-kitobini olib borishda ham yordam beruvchi tayyor dasturdir.
Dostları ilə paylaş: |