Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə58/116
tarix07.01.2024
ölçüsü1,64 Mb.
#202599
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   116
INFORMA-lot (1 var)

«Границы и заливка» (Chegara ichidagi rang) buyrug‘i belgilangan matn, Abzats, sahifa, jadval yoki rasmga chegara qo‘yib, chegara ichidagi rangni o‘zgartirish imkonini beradi.
Buyruq bajarilishi natijasida namoyon bo‘ladigan oyna uch qismdan iborat (7.14-rasm).



«Граница» (Chegara) qismida chegara turini «нет» (chegarasiz), «рамка» (chegara), «тень» (soyali), «объемная» (hajm­li), «другая» (boshqa turda), chiziqlar turini (keng, ingichka, punktir va x.k.), chiziqlar rangini (16 ta rang) hamda chiziqlar qalinligini tanlash imkoni mavjud. «Образец» (Namuna) darchasida matn ustida bajarilayotgan barcha amallar natijasi aks ettirib boriladi.
«Страница» (Sahifa) qismida yuqorida ko‘rsatilgan barcha amallar sahifaga qo‘llaniladi.
«Заливка» (Chegara ichidagi rang) bo‘limida rang, naqsh, naqshning rangi tanlanadi.
Bu yerda ham «Образец» (Namuna) darchasida barcha amallar natijasi aks ettiriladi. Mazkur oynada hamma o‘zgarishlar kiritilganidan keyin, OK tugmachasi bosiladi.
«Колонки» (Ustunlar) buyrug‘i bir ustunlik matnni bir necha ustunlik matnga aylantirish imkonini beradi. Buning uchun matn belgilanishi, so‘ng «Колонки» (Ustunlar) buyrug‘ini faollashtirish zarur (7.15-rasm).
Namoyon bo‘lgan oynada ustunlar turini (odna, dve, tri, sleva, sprava) tanlash mumkin. Matnni bosh­ka bir turdagi ustunlarga bo‘lish talab etilsa, Число колонок darchasida ustunlar sonini tanlash zarur. Agar bir vaqtning o‘zida ustunlarni bir-biridan chiziq bilan ajratish lozim bo‘lsa, Разделитель so‘zi yonida belgisini quyish kerak.

Bu buyruqqa piktogrammalar qatorida rasm mos keladi.
«Колонки» buyrug‘i yordamida kolontitullar, izoxlar, ramkalar ichidagi matnni ustunlar ko‘rinishida tasvirlash mumkin emas. Bunday hollarda «Таблица» (Jadval) menyusidan foydalanishni tavsiya etamiz.
Matnga qo‘shimcha ma’lumotlar kiritish.
Ko‘p hollarda hujjat betlariga sana (vaqt) hamda raqamlar qo‘yish, taxrir qiluvchiga esa qo‘shimcha qulayliqlar yaratish kerak bo‘ladi. Ushbu va boshqa imkoniyatlar «Вставка» (quyish) menyusida amalga oshiriladi.
Agar hujjatni taxrirlash jarayonida sizga bo‘sh bet kerak bo‘lib qolsa, «Вставка» (quyish) menyusidagi «Разрыв» (O‘zilish) buyrug‘ini kiritish lozim. Bo‘sh betni yangi sahifadan, mazkur sahifada, toq sahifalarga, juft sahifalarga qo‘yish mumkin. Aynan shu amallar bir ustunga ham taalluqli.
Hujjat betlariga raqam quyish uchun «Номера страниц» (Sahifalar nomeri) buyrug‘i ishlatiladi (7.16-rasm). Buyruq oynasidagi «Положение» (Joylanish) darchasida kerakli variantni to‘g‘ri tanlaysiz Natijada tartib raqami sahifaning yuqori yoki quyi qismiga joylashadi. Выравнивание darchasida rakam katorning chap tomonida, o‘ng tomonida, markazida va x.k. quyilishi belgilanadi.




Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin