6. NC dastur menyusi
NC menyusi yordamida ma’lumotlarni ekranda qulayroq chiqarishni, ish rejimini o‘zgartirish mumkin. menyuga kirish uchun [F9] to‘gmachasini bosish kerak. Natijada ekranning yuqori qismida quyidagi punktlardan iborat bo‘lgan satr joylashadi "Left", "Files", "Commands", "Options", "Right". Ulardan biri ajratilgan bo‘ladi. Kerakli punktni yo‘nalish tugmachalari yordamida tanlash mumkin. menyudan chiqish uchun [Yesc] tugmachalari kiritiladi.
Left, Tree - panelda diskdagi kataloglar daraxtini tasvirlaydi; va "right" punktlari mos ravishda chap va o‘ng panelda ma’lumot chiqarish rejimlarini o‘rnatadi. Rejimni o‘rnatish uchun yoki bekor qilish uchun, uni surish tugmachalari bilan tanlab [enter] bosiladi.
"LEFT" va "RIGHT" punktlari ost menyuga ega.
Bunda:
Brief - panelda fayllar haqidagi qisqacha ma’lumot xosil bo‘ladi (faqat fayllar nomlari);
Full - panelda fayllar haqidagi to‘la ma’lumot chiqadi (faylning nomi, xajmi, yozilishi yoki oxirgi o‘zgartirish muddati);
Info - panelda boshqa paneldagi katalog va disk haqidagi ma’lumot chiqadi;
Quick View - panelda boshqa panelda ko‘rsatilgan fayl matni xosil bo‘ladi;
Compressed File - panelda arxiv faylning ro‘yxati chiqariladi;
Link - kompyuterlarni bog‘lash rejimi o‘rnatiladi yoki bekor qilinadi;
On/off - panel ekranga chiqariladi yoki chiqarilmaydi;
Name - panelda fayllar alifbo tartibida chiqariladi;
Extension - panelda fayllarni kengaytgichlar alifbosi tartibida chiqariladi;
Time - panelda fayllar yozilish muddati kamayishi tartibida keltiriladi;
Size - panelda fayllar xajm soni kamayishi tartibida keltiriladi;
Unsorted - panelda fayllar katalogga yozilgan tartibda chiqariladi;
Re-read - katalog ro‘yxatini qayta o‘qiydi;
Filter - panelga fayllarni qisman chiqaradi;
Dostları ilə paylaş: |