Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə92/116
tarix07.01.2024
ölçüsü1,64 Mb.
#202599
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   116
INFORMA-lot (1 var)

Arxivni ko‘rish tartibi.

Arxivni ko‘rish rejimiga o‘tish uchun marker o‘rnatish zarur va Enterni bosish kerak. Funktsional klavishlar buyruq satrining quyidagi funktsiyasiga to‘ri keladi (F1 ya’ni yordam klavishasi orqali biz quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishimiz mumkin):


F1 – yordam;


F2 – arxivlash;
F3 – faylni ko‘rish;
F4 – fayllarni arxivdan chiqarish;
F5 –  - uzluksiz yoki qismlarga bo‘lib arxivlash;
F6 – fayllarni arxivga joylash;
F7 – fayllarni arxivda yangilash;
F8 – fayl yoki kataloglarni o‘chirish;
F9 – parametrlarni o‘rnatish;
F10 – chiqish (shuningdek, Esc);
Alt + F2 – uzluksiz arxiv tuzish;
Alt + F4 – SFX arxiv tuzish;
Alt + F5 – SFX bob tuzish
Alt + F6 – uzluksiz boblarni tuzish;
Alt + F7 – uzluksiz SFX boblarni tuzish;
Alt + F8 – arxivni tiklash;
Alt + F9 – uzluksiz SFX arxiv tuzish.

2.) Arxivlar bilan ishlash. Arxivni ko‘rib chiqish holatiga o‘tkazish uchun arxiv faylga marker (belgi) qo‘yish va Enter ni bosish kerak. Ekranga arxivdagi fayllar ro‘yxati chiqariladi. Ro‘yxat bo‘yicha tugmacha yoki sichqoncha yordamida siljish mumkin. Fayllar «Пробел» tugmachasi yoki Insert bilan hamda sichqonchaning o‘ng tugmachasi yordamida belgilanishi mumkin. Fayllar guruhini belgilash uchun «Q» yordamida maska kiritib yoki «–» belgi yordamida olib tashlanishi mumkin.


Ekranning o‘ng qismida izoh axboroti berilib, shartli so‘z (parol)li fayllar, soni, o‘lchami va fayllarni qisish darajasi aks etgan holatda tasvirlanadi.
BUYRUQLAR -
Funktsional klavishlar buyruq satrining quyida gi funktsiyasiga to‘g‘ri keladi:
F1 – yordam;
F2 -fayllarni arxivda testdan o‘tkazish;
F3 -arxivdagi faylni ko‘rish;
F4 -barcha imkoniyatlar bilan ochish;
F5 -arxivga izoh qo‘yish;
F6 -joriy kichik katalogga faylni chiqarish;
F7 -arxivni SFX ga o‘zgartirish;
F8 -faylni arxivdan o‘chirish;
F9 -parametrlarini o‘zgartirish, saqlab qolish;
F10 -fayllar bilan ishlash rejimiga qaytish yoki chiqish (Esc);
Alt-F4 -faylni boshqa katalogga chiqarish;
Alt-F5 -fayl izohini kiritish;
Alt-F6 -fayllarni buzilishda himoya qilish;
Alt-F7 -arxivni o‘zgarishdan saqlash.
To‘la ekranli tartibda ish “sichqoncha” yordamida bajariladi. Kichik kataloglar va arxivlar uchun sichqonning chap tugmachasi bosiladi. Kiritish funktsiyani bu holda tugmachani ikki marta bosish bilan bajariladi. Fayllarni belgilash uchun o‘ng tugmacha ishlatiladi. Matn kiritishda (arxiv nomi, parol) chap tugmacha kiritishni bekor qilsa, o‘ng tugmacha tasdiqlaydi. Sichqonchaning chap tugmachasi buyruqni (F1-F10) tanlash uchun ishlatiladi, menyu punktlari shakl ham tanlanadi.
3. Konfiguratsiya - shakli F9 yordamida to‘la ekranli tartibning ixtiyoriy birida, quyidagi parametrlarni o‘zgartirishi mumkin;
1) konfiguratsiya - shakli -
a) rangli rejimga ruxsat etishni ta’qiqlash;
b) sichqoncha bilan ishlashga ruxsat etilishini ta’qiqlash;
v) za hira nusxalariga ruxsat etishni ta’qiqlash;
g) zichlash uslubi;
d) nomlarini ekranga chiqarishda sartirovka navlvrga ajratish:
— sortlanmagan xulosa;
— nomi (ismi) bilan;
— kengaytkichi bo‘yicha;
— dastlabki o‘lcham bo‘yicha;
ye) buyruq bajarilishidan keyingi harakat lar;
— o‘sha arxiv (katalogga) qayta kirish;
— DOS ga kirish;
j) qo‘shimcha qilish:
System atributli fayllar;
Hidden atributli fayllar;
Read only atributli fayllar;
Arhiv atributli fayllar;
— bo‘sh kichik kataloglarni;
2) Shartli so‘z (parol);
3) Vaqtinchalik fayllar uchun kichik kataloglar;
4) Yangi arxiv tuzishda izohlar olinadigan fayllarning ismi;
5) Diskni almashlash:
6) Joriy shaklni saqlab qolish.
To‘la ekranli tartibda ishlashda bitta kichik katalogda 4000 dan ortiq fayllarni chiqarib bo‘lmaydi. Agar kichik katalogdagi fayllar soni 2000 dan oshsa, ismlarni sortlash to‘xtatiladi.
MISOLLAR:
1) Bitta fayllni arxivlash.
Buning uchun buyruq satrida rar.exe teriladi va Enter tugmachasi bosiladi yoki ushbu arxivator joylashgan katalog ichiga kirib, rar.exe ishga tushiriladi. So‘ng kichik katalogdagi fayllar ro‘yxati ekranga chiqariladi. Kursorni boshqarish tugmasi yordamida ro‘yxat bo‘ylab ko‘chish mumkin. Arxivlovchi fayllar «Пробел», «Insert» yoki «sichqoncha»ning o‘ng tugmachasi yordamida yoki fayllarni “Q” yordamida maska kiritish, yoki “–” bilan belgini olib tashlash vositasida belgilanishi mumkin. Kichik kataloglarni belgilanganda uning ichidagi barcha fayllar belgilangan hisoblanadi. So‘ng F2 tugmachasi bosiladi. Arxivlash yakunlanganda, fayllar ruyxatida kichik katalog nomi va rar kengaytgichni qayt qilingan arxiv fayli paydo bo‘ladi. rar programasidan chiqish Esc yoki F10 tugmachasini bosish bilan amalga oshiriladi.

2) Arxiv fayl tarkibini ko‘rib chiqish


Buning uchun buyruq satrida rar.exe terilib, Enter tugmachasini bosiladi yoki ushbu arxivator joylashgan katalog ichiga kirib, rar.exe ishga tushiriladi. So‘ng ushbu kichik katalogdagi fayllar ro‘yxati chiqariladi. Arxivni ko‘rib chiqish tartibiga o‘tish uchun arxiv faylga marker aniqlab Enter ni bosish kerak. Natijada ekranga arxivdagi fayllar ro‘yxati chiqariladi.

3) Arxivdan bitta faylni olish.


Buning uchun rar arxivatori ishga tushiriladi. Arxivni ko‘rib chiqish tartibiga o‘tish uchun, arxiv faylga marker (belgi) qo‘yib, Enter ni kerak. Ekranga arxivdagi fayllar ro‘yxati chiqariladi. Kursorni boshqarish klavishi yordamida ro‘yxatni ko‘zdan kechirish va siljitish mumkin. Marker ochiluvchi faylga keltiriladi va F2 klavisha bosiladi. Fayl ochilgach rar dastursidan chiqish Esc klavishini bosish bilan amalga oshiriladi.

4) Arxivdan fayllar guruhini ochish.


Rar.exe arxivatori ishga tushiriladi. So‘ng ekranga foydalaniladigan kichik katalogdagi fayllar ro‘yxati chiqariladi. Arxivni ko‘rib chiqish tartibiga o‘tish uchun Enter klavishi arxiv fayliga marker qo‘yilgach bosiladi. Ekranga arxivdagi fayllar ro‘yxati chiqariladi. Ro‘yxat bo‘ylab kursorni klavishchalar yordamida siljitish mumkin. Ochiluvchi fayllar Insert yordamida belgilanishi, fayllar guruhini “+” yordamida maska kiritish yoki “–” yordamida maskani olib tashlash bilan belgilab borish mumkin. Kichik kataloglarni belgilash, bunda kichik katalog ichidagi barcha fayllar belgilangan hisoblanadi, So‘ng F2 klavisha bosiladi.
Dasturdan chiqish fayllar ochilgach rar dastursidan Esc klavishasini bosish bilan amalga oshiriladi.

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin