Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 1,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/138
tarix08.06.2022
ölçüsü1,48 Mb.
#60999
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   138
TLr0Qy1ZQKzAVVypqzFi4kh3cxt12IraBfFCY2um

- hujjatli – ular kiriv odamlar haqidagi ko‘proq yoki kamroq obyektiv 
axborotlarga ega anketalar va hujjatlar turlarini tahlil qilish asosida; 
- eksperimental – ekspertlarning oldingi ekspertizalarni o‘tkazishdagi ish 
tajribalarini tahlil qilish asosida; 
- ekspert guruhini tanlab olish va shakllantirish bo‘yicha guruhni tashkil 
qiluvchi ekspertlarni ovoz berishi; 
- o‘z-o‘zini baholash, uni ekspertizaning qo‘yilgan vazifasiga nisbatan tashkil 
qilinayotgan guruhga nomzodlar amalga oshiradilar. 
Bunday tartibda shakllanayotgan ekspert guruhlari omilkor va mustaqil 
xulosalar chiqarish qobiliyatiga teshiriladi. Bu xulosalar mustaqil sifatli omillarni 
silliqlash (bu omillarni nisbiy miqdori tartibida joylashtirish) yoki o‘lcham (bu 
omillarga ba’zi bir miqdoriy baholarni, masalan balli tizim bo‘yicha berish) yo‘li 
bilan tekshirilishlari mumkin. Ekspert guruhini tashkil qiluvchi mutaxassislar 
tomonidan kiritiladigan takliflar ba’zida bir birlariga to‘liq mos keladilar, ammo bir 
birlaridan keskin farq qilishlari ham mumkin. Birinchi holda ekspertlarning 
mustaqil ekanliklridan shubha qilish va ular oddiygina boshqalarining xulosalarini 
qaytarayotganliklarini tahlil qilish mumkin. Ikkinchi holda ekspertlarning 
malakasiga va ularni ko‘rib chiqilayotgan predmet haqida omilkorona mulohoza 
yuritishlariga shubha tug‘iladi. Shunday amerikada hazil bor “Agar ikkita 
mutaxassis bitta narsa haqida bitta narsani aytsalar, ulardan bittasi kerak emas. 
Agar ular har xil narsalar haqida gapirsalar, ularning ikkalasi ham kerak emas”. 
Eksprtlar xulosalarining muvofiqligi va mustaqilligi darajasini baholash uchun 
muvofiqlashganlik koeffitsiyentlarini hisoblab chiqish kerak. 
Ekspert guruhini shakllantirishning to‘g‘riligini tekshirish uchun ko‘p mezonli 
baholash uchun ko‘rsatkichlar ro‘yxati yaxshi bo‘ladi, ularni silliqlash kerak. 
Qaror qabul qiluvchi shaxslar ixtiyorida bo‘lgan bir necha variantlar ichida u yoki 
bu buyumni ishlab chiqarish uchun texnologik jarayonni tanlash misol bo‘lib 
xizmat qilishi mumkin. Qandaydir bitta to‘htam nazardan (bitta ko‘rsatkich 
bo‘yicha) texnologik jarayonning qandaydir bitta varianti maqsadga muvofiq 
bo‘lad, boshqa nuqtai nazardan (boshqa ko‘rsatkich bo‘yicha boshqasi 
maqsadga muvofiqroq bo‘ladi. Variantlardan qaysi biriga afzallik berish kerak? 
Agar aytib o‘tilgan ko‘rsatkichlarning nisbiy muhimligi belgilansa, bu savolga 
javob qaytarish mumkin. 


192 
Texnologika jarayonning variantlarini baholash va tanlash uchun silliqlash 
kerak bo‘lgan ko‘rsatkichlar orasida texnologik ekspertizalarning mavjud 
amaliyotida quyidagilar taqdim etiladi: 
- foydalanayotgan uskunalarga nisbatan ko‘rsatkichlar (uskunalar 
birliklarining soni, ularning avtomatlashtirilganligi va ixtisoslanganligi darajasi, 
yoshli tuzilishi, foydalanish koeffitsienti); 
hodimlarga nisbatan ko‘rsatkichlar (umumiy soni, oliy va o‘rta maxsus 
ma’lumotga ega hodimlar, yuqori malakali ishchilar, maxsus qayta tayyorlashdan 
o‘tganlar va boshqalarning ulushi); 
- jarayonning yangiligi darajasiga tegishli ko‘rsatkichlar (“nau-xau” 
ning barcha turlarining umuiy hajmi, bitta ishlovchi va ishlab chiqarish fondlari 
qiymatining birligiga “nau-xau”ning salmog‘i, komputerlashtirish va marketing 
boshqaruv, injenerlik tayyorgarlik va ishlab chiqarishni tashkil qilish bo‘yicha 
ishlar qiymati ulushi); 
- mahsulot sifatiga tegishli ko‘rsatkichlar (ITI va TKIga xarajatlari 
ulushi, jahon standartlarini qnoatlantiruvchi mahsulotlarning ulushi, importning 
ulushi, 
poligonlar va laboratoriya bazalarining jihozlanganligi darajasi, 
mahsulotlarning yoshli tuzilishi); 
- energiyani iste’mol qilishga nisbatan ko‘rsatkichlar, uskuna birligiga 
ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligiga, energiyaning alohida turlari bo‘yicha 
energiyani sarflanishi, texnologik zaruriyatlarga energiya xarajatlarining ulushi, 
umumiy energiyani iste’mol qilish). 
Agar bunday turdagi ko‘rsatkichlar taqdim qilingandan va ular ekspertlar 
guruhi tomonidan silliqlangandan keyin konkordatsiyalash koeffitsiyentining 
qoniqarli hisoblash miqdori (0 dan ancha katta, ammo 1 dan ancha kichik) olinsa, 
unda quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin: 
1. Ushba masala bo‘yicha ekspertlar fikrlarining katta qismini mos kelishini 
tasodifiy deb bo‘lmaydi, ya’ni ekspertlar guruhi to‘g‘ri shakllangan va ularning 
fikricha ishonish mumkin. 
2. Ekspertlarning fikriga ko‘ra ko‘rsatkichlarning taklif qilinayotgan 
majmuasi texnologik jarayonni tanlash uchun to‘liq va ancha muhim bo‘ladi. 
Ekspert guruhlari shakllangan, teshirilgan va tasdiqlangandan keyin ularni 
haqiqiy ishlab chiqarish sotish tizimida vujudga kelgan vaziyatni baholash 
bo‘yicha jalb qilish mumkin. Bu yerda tahlil qilinayotgan vaziyat uchun xos 
ekspertga taklif qilish mmkin. Quyidagi usullar ma’lum va qo‘llaniladigan bevosita 
baholash, shu jumladan ballar bo‘yicha juftga taqqoslash, izchil taqqoslash, 
silliqlash. 
Keyin ekspert guruhiga kiruvchi ekspertlarning fikrlarini aniqlash va 
ro‘yxatga olish tadbirlari belgilanadi. U yoki bu aniq holda bunday turdagi 
quyidagi tadbirlar ma’lum va ulardan foydalanish mumkin: bir bosqichli anketa 
so‘rovini o‘tkazish, ko‘p bosqichli anketa so‘rovini o‘tkazish, teskari aloqaga 
ega anketa so‘rovini o‘tkazish, munozaralarni o‘tkazish. 


193 
Shundan keyin ekspertlar tomonidan baholanayotgan vaziyatning mohiyati 
bo‘yicha o‘z fikrlarini aks ettirish natijalarini ishlab chiqarish usulini belgilash 
kerak. Bunday vaziyatlar uchun matematik statistikada qabul qilingan tasodifiy 
miqdorlarni ishlab chiqarishning mlanhur usullaridan foydalaniladi. Statistik ishlab 
chiqarish natijasida olingan baholar miqdorlarini farqlanishida qaror odatda “ovoz 
berish” bilan qabul qilinadi. Ammo shuni esda tutish kerakki, ko‘pchilik hamma 
vaqt ham haq emas. Shuning uchun bunday “ovoz berish” asosida olingan 
xulosalar albatta sog‘lom fikrga mos kelishi kerak. Umuman vaziyatni 
baholashning tavsiya qilinayotgan ekspert usullari “Delfi” usuli nomi ostidagi 
ekspert baholari sifatiga kiradi. Bunday turdagi usullarning mohiyati har xil 
sohalardan ekspert guruhiga taklif qilingan mutaxassislar fikrlarini ko‘p martalar 
izchil ravishda anketa so‘rovini o‘tkazishdan ibortdir. Har bir anketada oldingi 
anketada bo‘lgan axborotlar aks ettiriladi. Dars bo‘yicha bir necha kirishlar 
bo‘lishi mumkin. 
Logistikada ekspert usullari uchun ishlab chiqarilgan – sotish tizimining u 
yoki bu tarkibiy qismlaridagi joriy vaziyatni baholashga qaraganda qo‘llashning 
ancha kengroq maydonlari mavjud. Gap boshqaruv qarorlarini qabul qilishning 
evristik strategiyalarini shakllantirish ekspert usullari, ya’ni bunday qarorlarni 
ishlab chiqishning evristik qoidalari haqida ketayapti. 
Boshqaruv qarorining qabul qiluvchi odam yoki shaxslari bu qarorni 
qandaydir asoslangan mulohozalar asosida qabul qila olishlari uchun dastlabki va 
bashorat qilinayotgan vaziyatni his etish va tahlil qilish mumin bo‘lgan ba’zi bir 
ko‘rsatkichlar majmuasi asosida taqdim etish zarur (vaziyatni omilli tasavvur 
etish).
Yutishning 
ehtimoli, 
yutushning 
miqdori, 
yutqazishning 
ehtimoli, 
yutqazishning miqdori, hamda xatarning kattaligini huddi shunday omillar deb 
hisoblash qabul qilingan. Bu aytib o‘tilgan omillarni qanday baholash – bu 
ekspert guruhlari uchun savol bo‘ladi. 
Vaziyat omillari bilan turlicha ish olib borish mumkin. Suunga ko‘ra tashqi 
va ichki evristik strategiyalar ajratiladi. 
Ichki evristik strategiya har bir vaziyatni omillar intensivligi miqdorlarini 
yagona bir yo‘l bilan tahlil qilish kabi ko‘rib chiqishdan iborat bo‘ladi, ular bu 
omillarni ushbu aniq vaziyatdan oladilar. Ichki evristik strategiya ikkita variantda 
amalga oshirilishi mumkin. 

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin