205
Logistika kanali (logistical channl) - yetkazib beruvchi. iste’molchi,
tashuvchi, vositachi (diler, ekspeditor va boshqalar), sug‘urtachilardan tashkil
topgan, qisman tartibga solingan ko‘pchilik. Iste’molchi yoki yetkazib beruvchi
bozor iqtisodiyoti
sharoitlarida tashuvchi, sug‘urtachi har xil mezonlar
(xizmatlarning sifati, narxi va boshqalar) va har xil usullar (reytingni hisoblash,
operatsiyalarni tadqiq qilish texnikasini qo‘llash) yordamida tanlash imkoniyatiga
egalar. Tanlov amalga oshirilgandan keyin logistik kanal logistik zanjirga
o‘zgaradi.
Logistika zanjiri (logistical chain) - tashqi
moddiy oqimni bir logistika
tizimidan boshqasiga (ishlab chiqarish iste’moli holida) yoki yakuniy
iste’molchiga (noishlab chiqarish, shaxsiy iste’mol holida) yetkazish bo‘yicha
logistika operatsiyalarini amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslar (ishlab
chiqaruvchilar, distribyuterlar, umumiy foydalanish omborlari va boshqalar) ning
to‘g‘ri chiziqli tartibga solingan ko‘pchiligidir. Umumiy
holda logistika zanjiri
ishlab chiqaruvchi, iste’molchi, vositachi va tashuvchini birlashtiradi.
Shunday qilib, logistika kanalidan (o‘zi uning ko‘pchiligi bo‘lgan) farqliroq
logistika zanjiri logistika operatsiyalarida haqiqatan ishtirok etayotgan shaxslarning
majmuasidan iboratdir. Logistika zanjirining o‘lchamlari bo‘g‘inlikning tashkiliy
koeffitsiyenti (mahsulotning necha marta qayta sotilganligini ko‘rsatadi va tovar
aylanmasini qayta hisoblashdan tozalaydi) va bo‘g‘inlikning omborxona
koeffitsiyentidek (mahsulot ushbu yo‘lda qancha to‘xtash joylaridan o‘tganligi)
iborat bo‘ladi, umumiy holda koeffitsiyentlarning mos kelishi shart emas.
Dostları ilə paylaş: