207
ehtiyot qismlar bilan ta’minlash. Bunda kamdan - kam talabga ega qisimlar ortib
jo‘natish odatda markaziy omborga bevosita oluvchining manziliga jo‘natiladi,
vositachining omboridan andoza va oshirilgan qisimlarini ortib jo‘natish.
To‘g‘ridan - to‘g‘ri aloqalarga ega logistika tizimi (direkt logistical
system) - moddiy oqim iste’molchiga vositachilarning ishtirokisiz, to‘g‘ridan -
to‘g‘ri xo‘jalik aloqalari asosida yetkazib berladigan tizim.
Eshelonlashtirilgan yoki ko‘p bosqichli (ko‘pkaskadli)
logistika tizimi
(echelon logistical system) quyidagi xususiyatlarga ega. Uning moddiy oqimi
ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga bo‘lgan yo‘lda kamida vositachi orqali
o‘tadi.
Keng qamrovli strategiya (global logistics strategy; global sourcing) -
ayrim mamlakat yoki mamlakatlar guruhlari o‘rtasida
barqaror savdo - iqtisodiy
aloqalarni mehnatning xalqaro taqsimoti asosida, ayniqsa qismli va texnologik
ixtisosligi va sohalar kooperatsiyalashishi shaklida namoyon bo‘lishidir. Yirik
mashinali ishlab chiqarish va zamonaviy ilmiy inqilobga o‘tish keng qamrovli
logistik strategiyaning shart -sharoitlari bo‘ladi.
Keng qamrovli strategiyaning darajasi haqida
tashqi savdo hajmi va yalpi
milliy mahsulotning nisbati bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarishning umumiy
hajmidagi importli butlovchi qismlar salmog‘ining ko‘rsatkichi bo‘yicha
muhokama qilish mumkin. Bu yo‘nalishlar 80-yillarning oxiri va 90-yillarning
boshlarida qabul qilingan bir qator siyosiy qarorlar, shu jumladan Yevropa
hamjamiyatining Yevropa integratsiyalashuvi (ES-92 dasturi ) va 1999 yilning
oxiriga qadar yagona ichki bozorga o‘tishning tugallanishi (bojxona
rasmiyatchiligini soddalashtirish va bekor qilish, umumyevropa andozalarini tatbiq
etishni intensifikasiyalash; ES-92 dasturining
ishtirokchi mamlakatlaridan
firmalarni ES ning har qanday mamlakatlarida davlat buyurtmalarini olishda teng
huquqligini)
masalalari
bo‘yicha
qarorlarida
o‘z aksini topgan va
mustahkamlangan.
Keng qamrovli strategiya AQSH sanoatida, ayniqsa uning Yaponiya va
Janubiy Koreya bilan o‘zaro munosabatida muhim rol o‘ynaydi. 80-yillarda
AQSH firmalari ularning xorijiy yetkazib beruvchilari bilan xo‘jalik aloqalariga
qo‘llanishda yetkazib beruvchi - iste’molchi aloqasining
koeffitsiyenti bir qator
tadqiqotchilar (S.E.Feset va boshqalar) ning ma’lumotlariga ko‘ra uch marta
o‘sgan. Bunda AQSH firmalarining yaponiyali va Janubiy Koreyadagi yetkazib
beruvchilari bilan xo‘jalik aloqalarining xarakterli alomati tovarlar yetkazib
berishdagi katta bir xillik (ulardagi yetkazib berishlarning uzilish ehtimoli o‘rtacha
miqdorda bir marta past) va yetkazib berish oralig‘ining kichikligi (qoidaga ko‘ra,
yetkazib berishning o‘rtacha oralig‘i ikki martadan ortiq).
Firma va ularning yetkazib beruvchilarining hududiy tarqoqligi yetkazib
berishlar sinxronligining koeffitsiyenti pasayishlar va ishlab chiqarishdagi to‘xtab
qolishlar
ehtimolini oshiradi, shu munosabat bilan firmalar ularni saqlash uchun
umumiy ombordan foydalanishga (AQSHning o‘rtacha firmasida ishlab chiqarish
208
zahiralari 90-yillarning boshlarida 29 kunni tashkil qilgan) hamda dublyor -
yetkazib beruvchilarning rezervlarini tuzishga majbur bo‘lganlar. Keng qamrovli
strategiyaning xarakterli alomati vositachilar va yetkazib beruvchilar sonining
kamayishidir; firmalar bitta tashuvchining xizmatlaridan
foydalanishni afzal
ko‘radilar, u aralash tashishlarda yukni oluvchi oldiga yuk uchun javobgarlikka
ega va tashishni yagona tashish hujjati bo‘yicha amalga oshiradi.
Logistika tizimining samaradorligi (logistical system performance) -
mohiyati bo‘yicha bu logistika harajatlarining berilgan darajasida ko‘rib
chiqilayotgan logistika tizimi ishining sifatini ta’riflash uchun ko‘rsatkich (yoki
ko‘rsatkichlar
guruhi).
Logistik
zanjirning
yakuniy
bo‘g‘ini
bo‘lgan
iste’molchining nuqtai nazaridan samaradorlik ikki ko‘rsatkich - logistik
harajatlarni aks ettiruvchi xizmat ko‘rsatishning sifati va narxi bilan aniqlanadi.
Xizmat ko‘rsatish sifati o‘z navbatida majmuaviy ko‘rsatkichdir. U
mezonlarning yig‘indisi bo‘yicha hisoblanadi. Ulardan eng muhimi logistika
tizimining iste’molchiga kerak tovarni shartlashgan
muddatda kerakli joyga
yetkazib berilishini ta’minlash qobiliyatidir. Boshqa mezonlar orasida quyidagilar
bor: tizimni u orqali sotilgan buyumlarga texnik xizmat ko‘rsatishning kerakli
darajasini ta’minlash qobiliyati; buyurtmani ishlab chiqish vaqti (unga buyurtmani
bajarish uchun yetkazib berilishini kutish vaqti ham kiradi) va h.k. Bu xususiy
mezonlarni ranjirovka qilish mumkin. Sanab o‘tilgan mezonlardan eng muhimi
odatda buyurilgan tovarni talab qilingan muddatda kerakli joyga yetkazib berish
ehtimoli sifatida hisoblab chiqiladi va haqiqiy logistika tizimlarida 0,55 dan
kamroqni tashkil qiladi.
Logistika tizimidan foydalanish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, logistika tizimi
samaradorligini taxminan 0,56 gacha o‘sishida logistika harajatida deyarli to‘g‘ri
chiziqli, keyin esa ekspotensial o‘sadi. Xorijda o‘tkazilgan hisob - kitoblar shuni
ko‘rsatadiki, 50000 nomga yaqin ega distribyuterning
ehtiyot qismlar omboriga
kelib tushayotgan buyurtmalariga taxminan 0,96 % xizmat ko‘rsatishi mumkin, bu
taxminni 0,58 % gacha oshirish uchun navlarni kamida 3 marta kengaytirish zarur.
Bu omborni rivojlantirish uchun kapital mablag‘lar kiritish bilan bog‘liq vazifalar
va xizmat ko‘rsatish bahosining o‘sishi talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: