202
XULOSA
Logistika iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, XX
asrning 80-yillaridan boshlab, G‘arb va AQSHda shiddat bilan rivojlanmoqda.
Masalan, AQSHda logistikaga harajatlar yalpi ijtimoiy mahsulotning 15-23 %
miqdorida baholanadi va amerikalik mutaxassislarning fikricha,
iqtisodiyot
tartibga solinguniga qadar bo‘lgan taraqqiyotning asosiy sabablaridan biridir.
Logistika borgan sari kengroq ahamiyat kasb eta boshlagan faoliyat
sohasidir. Shuning uchun davlat va xususiy bo‘limlarning
logistika sohasiga
qiziqishi ortib bormoqda hamda ehtiyoj vujudga kelmoqda.
Tijorat tizimining tamoyillari va konsepsiyasi materiallarni boshqarish va
taqsimlash bilan bog‘liq. Amerikalik olimlarning hisoblashlaricha, logistika tezroq
rejalashtirishning
tuzilishi, ularning tadbirkorlik vazifalaridir. Logistika sohasida
boshqaruv vazifalari nafaqat
moddiy oqimlarni boshqarish, balki doirasida
taqsimlashni bashorat qilish bo‘yicha kundalik faoliyatni
amalga oshira oladigan
vazifa va strategiyalarni ishlab chiqish mexanizmini ta’minlashga qaratilgan.
Logistika ikki: boshqaruv va texnologiya nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi.
Ta’minotni boshqarish, moddiy oqimning harakatlanishi va sotishni ta’minlashi
tashkiliy
boshqaruvga
tegishlidir.
Transportda
tashish
texnologiyalarini
takomillashtirish, omborxona xo‘jaligi,
axborotli tashkilot, rejalashtirish,
nazorat
hamda bu xizmatlardan har birining samarali faoliyat yuritishiga harajatlarni
kamaytirish maqsadga muvofiq. Muvofiqlashtirish esa texnologik yo‘nalishlarga
tegishli.
Logistika xalqaro atama bo‘lib qolgan, shuning
uchun logistika fani
iqtisodiyot sohasida juda zarurdir.
Dostları ilə paylaş: