38
qiladi, demak, ularning butun tabiiy taqsimlash tizimiga qiladigan ta’siri ham
qismandir.
Logistika texnologiyasining o‘zgarishi, mahsulot va xizmatlar sifati
ahamiyatining o‘sishi, taqsimlash kanallarining tuzilishi va vazifalarining
o‘zgarishiga
olib keladi, texnologiyani takomillashtirishga intilish tug‘diradi.
Logistika tizimi samarasining ortishi - taqsimlash doirasining asosiy kapitaliga
qo‘yiladigan sarmoyalar miqdori ortishiga logistika tizimi tuzilishi va obyektlari
joylashishining o‘zgarishiga olib keladi.
Hozirgi kunlarda mahsulot ishlab chiqaruvchi
va sotuvchilarni farqlash
juda qiyin. Logistika tizimi qismlari vazifalarining o‘zgarishi katta qiyinchiliklar
bilan o‘tyapti. Integratsiya ayrim xo‘jalik turlarining ahamiyati ortyapti,
boshqalarining ahamiyati pasayib yoki umuman yo‘q bo‘lib ketayapti. Bu
jarayonlarga yana xalq xo‘jaligi holati, davlatning iqtisodiy siyosati ham ta’sir
qiladi. Ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchi
korxonalar faqat ulgurji
savdo jarayonini nazorat qilibgina qolmay, bevosita iste’molchiga sotish
jarayonini ham o‘z nazoratiga olayapti. Iste’molchilarga to‘g‘ridan - to‘g‘ri yuk
yuborishga moslashtirilgan qo‘shimcha omborlar qurilayapti. Ko‘p kompaniyalar
taqsimlash
kanallari, zahiralar miqdori va sotish hajmidan xabardor bo‘lish
maqsadida ulgurji savdo tizimi bilan bevosita aloqa o‘rnatgan.
Dostları ilə paylaş: