Nazorat va mulohaza savollari
1. Logistika nima?
2. Logistika atamasining tarixi nimadan iborat?
3. Logistikaning konseptual va uslubiy asoslarini izohlab bering.
4. Moddiy oqimlar tushunchasi.
5. Logistikaning maqsadi va vazifasi.
33
3-bob
LOGISTIKA TIZIMI KONSEPSIYASINING
NAZARIY ASOSLARI
3.1. Logistika tizimi tushunchasi va uning konsepsiyalari
Logistikaning maqsadi - eng kam mehnat va moddiy harajatlar bilan
yuklarni aynan vaqtida yetkazib berish. Materiallar, xomashyo va tayyor
mahsulotlarni aynan vaqtida yetkazib berish butun iqtisodiy tizimning ishlab
turishiga qulay sharoit yaratadi, korxonalar omborlaridagi zahiralar miqdorini
ancha kamaytirish imkonini beradi.
Logistika to‘liq darajada iste’molchiga xizmat qiladi. Shuning uchun
logistika doirasida tarqatish va sotish vazifalari faqat bir vaqtda 6 shart
mavjudligida amalga oshadi. Bu shartlar - yuk, sifat, miqdor, vaqt, harajatlar va
yetkazish joyi.
Bu ishlarning bir vaqtda mavjud bo‘lishi uchun materiallar oqimini
qulaylashtirish kerak, tara va o‘rashni ixchamlashtirish bo‘yicha, yuk birliklarini
unifikatsiyalash bo‘yicha (ya’ni yuk tashishda paket va konteynerlardan
foydalanish), samarali omborxonalar tizimini tuzish bo‘yicha buyurtmalar
miqdorini va zahiralar darajasini qulaylashtirish bo‘yicha, yuklarni tashishda eng
foydali marshrutlarni belgilash bo‘yicha chora - tadbirlar amalga oshirilishi kerak.
Logistika tizimining tuzilishi va ishlash asosining eng muhim konseptual
vaziyatlari: tizimli yondashish tamoyilini amalga oshirish, bu vazifa logistika tizimi
har bir qismining bir - biriga bog‘liqligida va birgalikdagi harakatida namoyon
bo‘ladi; ishlab chiqarish va transport tizimlarining umumiy, yaxlit texnologik
jarayonini ishlab chiqish va amalga oshirish; asbob - uskunalarning ayrim turlarini
yaratish asosida ishlab chiqarish; ombor xo‘jaligi va ishlab chiqarish - transport
tizimlariga o‘tish yuqorida aytib o‘tilgan tamoyilning ifodasi bo‘lishi mumkin.
Hozirgi sharoitda zamonaviy logistika texnologik va yuk ko‘tarish,
tashish asbob-uskunalariga bo‘lgan talablarni individuallashtirilayapti, bu har bir
uskunani har bir aniq sharoitga to‘liq moslashtirishdir. Jumladan:
- logistika tizimlar tuzishda va ularning ayrim qismlarini loyihalashda
texnologik jarayonlarning inson talablariga mos bo‘lishini ko‘zda tutishi kerak,
ya’ni zamonaviy mehnat sharoitlari yaratilishi, atrof -muhitga salbiy ta’sir
qilmaslik kerak;
- butun logistik tizim davomidagi harajatlarni hisobga olish va bozorga
moslashish;
- servis xizmatlarini zamonaviy darajada rivojlantirish, uning yuqori
sifati, ishonchliligi, tez moslashuvini ta’minlash.
34
Odatda logistika tizimlar noaniq sharoitda ishlaydi. Bu bozor
kon’yunkturasida transportning ishlashi tasodifiy jarayonlar sodir bo‘lishi bilan
bog‘liq. Shu tufayli logistika tizimlarining muhim xususiyatlaridan biri -
moslashish xususiyati. Logistika tizimlari ishlashining asosiy tamoyillaridan biri -
yuqori darajadagi ishonchliligi va mustahkamligi.
Logistika tizimining ishlashi mustahkam bo‘lishida ishlab chiqarish,
tarqatish va sotish jarayonlarining to‘g‘ri, aniq rejalashtirilishi katta ahamiyatga
ega. Bu yerda shuni ham hisobga olish kerakki, tezlik bilan bajariladigan
rejalarga nisbatan, qat’iy rejalarning roli kattaroq. Bunday strategik rejalarning
yuqori darajada ishonchli bo‘lishi uchun atrof -muhit vaziyati, birinchi holatda
bozordagi vaziyat har xil bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlarni o‘rganish va
tug‘ilgan savollarga strategik javoblar aniqlash zarur.
G‘arb mutaxassislari fikricha, strategik rejalashtirish firmalarning o‘z
raqiblari bilan kurashda eng qudratli qurol hisoblanadi. Strategik rejalashtirishning
asosi - ilmiy darajada. Ilmiy darajani tayyorlashda tarixiy va ekstrapolyasiya
usullaridan foydalaniladi.
Strategik rejalar ko‘pincha aniq jarayonlarni emas, aniq maqsadlarni
ko‘zda tutadi. U strategik rejani tez bajariladigan rejadan farqlaydi. Tez
bajariladigan rejalar aniq faoliyatni ko‘zda tutadilar, masalan, taqsimlash yoki
sotish jarayonlarini logistika xalq xo‘jaligiga sanoatlar nuqtai nazaridan emas,
mintaqalar nuqtai nazaridan qaraydi.
Kichik va o‘rta korxonalarga tez - tez, davriy holda keng
nomenklaturadagi material oqimlari yetkazib turiladi, shuning uchun hududiy
ixtisoslashtirish va ixchamlashtirish bu korxonalar uchun katta ahamiyatga ega.
Shunday vaziyatlarda materiallar oqimiga samarali xizmat qilishda mintaqaviy
taqsimlash bo‘yicha markazlar tashkil qilinishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Bunday markazlarda birinchi navbatda yuqori samarali servisga e’tibor
beriladi. Bunday servis tufayli har xil xizmat turlari - taxlashdan boshlab, to yuk
ortish-tushirish ishlarigacha ta’minlanadi.
Faqat zamonaviy texnika vositalaridan foydalangan holda logistik tizim
yuqori samarali va mustahkam bo‘lishi mumkin. Logistik tizim axborot
oqimlarini qulay boshqarishning texnikaviy asosi ko‘p darajali ABSdir. Shuning
uchun logistika va kibernetika g‘oyalarining asosiy qismi logistika tizimlarining
yuqori samarali bo‘lishi shartidir.
Logistika tizimlari ishlashini tahlil qilishda umumiy harajatlar ahamiyati
katta. Ombor xo‘jaligi harajatlari, zahiralar, transport, ishlab chiqarishni
rejalashtirish, buyurtmani bajarish harajatlari va boshqa harajatlar bir - biriga
bog‘liq. Ayrim harajat turlarini kamaytirishga qaratilgan harakatlar butun
tizimning ishlashidagi umumiy harajatlarning ortib ketishiga olib kelishi mumkin,
shuning uchun logistikaning har qanday faoliyatiga yangilik kiritishdan oldin, bu
o‘zgartirish oqibatlarini har tomonlama tahlil qilish kerak. Tizim qismlarining
proporsiyalari aniqlanishi, qiymat tavsiflarining samarasi ko‘rib chiqilishi,
35
boshqarish siyosati tuzilishi kerak, yangi texnologiyalar, asbob - uskunalar
hisobga olinishi kerak. Chunki tizimning tubdan o‘zgarishi, qaytadan tashkil
qilinishi, harajatlarning keskin ortib ketishiga olib keladi. Shu bilan birga, ilgaridan
logistika tizimlarining evolyutsion yo‘llar orqali o‘zgarish hollari aniqlanib,
hisobga olinadi. Bundan tashqari, sanoat menejmentining logistika muammolariga
nisbatan e’tibori oshayotganining bir necha sabablari bor. Alohida olingan
ta’minlash, ishlab chiqarish yoki taqsimlash jarayonlarining samarasini oshirish,
umuman olganda, samarasi kam usuldir.
Logistika tizimi qismlaridan har biri butun tizim muvozanatini buzishi
mumkin. Amalda logistikaning an’anaviy maqsadlari ko‘pincha marketing yoki
ishlab chiqarish maqsadlariga to‘g‘ri kelmaydi.
Masalan, korxonalarning ishlab chiqarish bo‘limlari tayyor mahsulot
zahiralarini ko‘paytirishga harakat qiladi, aks holda, sotish jarayonida mahsulot
kam yoki umuman yo‘qligi sababli yo‘qotishlar ro‘y berishi mumkin.
Boshqa misol, transport boshlig‘i faqat transport tizimiga javobgar
bo‘lsa, u transportning qulay yo‘nalishini tashkil qilishi, transport tizimidagi
zahiralar miqdorining kamayishida, umuman, transport tizimining daromadi
kamayishiga mutlaqo qiziqmaydi.
Logistikaning maqsadlari - maqsadlarga teskari.
Logistik tizimlar materiallar oqimini boshqarish bilan bir qatorda
taqsimlanish jarayonini nazorat qilishda asosiy qurol bo‘lib qolayapti.
Ilmiy texnika taraqqiyotining yutuqlari logistika tizimi qismlarining
birlashib, mustahkam bo‘lishini tezlashtirdi. Asosiy yutuqlardan biri - kuchli
kompyuterlar, rivojlangan ma’lumotlar bazasi va axborot yetkazish tizimiga
asoslangan buyurtmalar bilan ishlash tizimining rivojlanishi. Qarorlar qabul qilish,
masalalar yechish jarayonlarini modellash va kompyuterlar bilan ta’minlash
logistika tizimini tashkil qiluvchi va boshqaruvchilarga sifatliroq ishlashga
imkoniyat yaratdi.
Logistika umumiy harajatlarni ancha kamaytirishga imkon yaratish bilan
bir qatorda mahsulot sifatini ko‘tarishga ham ta’sir qiladi, chunki faqat sifatli
mahsulotlar tashqi bozordagi raqobatni ko‘tara oladi. Bunday sharoitda firmalar
iste’molchilarga ko‘rsatadigan xizmatlarining sifatini oshirishga majburlar.
Dostları ilə paylaş: |