28
tushunib olganliklari, tez - tez o‘zgarib turadigan iqtisodiy vaziyatga moslashishga
intilishlari logistikaning rivojlanishiga sabab bo‘ldi.
"Logistika" terminining aniq tavsifini berish oson emas. Logistika o‘ziga
bir necha yo‘nalishlarni qamrab oladi. Katta firma boshlig‘i nuqtai nazaridan
logistikaga berilgan tavsif muhandis yoki iqtisodchi
nuqtai nazaridan berilgan
tavsif bir - biridan farqlanishi mumkin. Bunday ahvol har bir mutaxassisning xalq
xo‘jaligi bozor iqtisodiyoti tizimida tutgan o‘rniga bog‘liq bo‘ladi.
Masalan, marketing doirasida ish tutayotgan menejer yoki tadbirkor nuqtai
nazaridan logistika quyidagicha izohlanadi:
Logistika - ma’lum maqsadlarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan mablag‘ va
xizmatlarni maqsadga muvofiq tayyorlash, foydalanishni
tashkil qilish va
boshqarish. Logistikaning maqsadi - ma’lum tovarni ma’lum vaqtda eng kam
(minimal) harajatlar bilan oldindan tayyorlash. Logistikani
iqtisodiyotning ishlab
chiqarish infratuzilmasi, desa ham bo‘ladi. Logistikaning
tuzilishi quyidagicha
bo‘ladi (2-chizma):
2-chizma. Logistik tizimning tuzilishi
Logistika:
a) ehtiyoj;
b) ishlab chiqarish;
v) transport;
g) mahsulot taqsimlashning o‘zaro bog‘lanishiga asoslangan.
Logistika konsepsiyasining bir necha kategoriyalari bor, ulardan asosiylari
quyidagilar.
1. Taqsimlash kategoriyasi deganda-faoliyatning
bir turi va reklama
qiladigan, (realizatsiya), mahsulotni sotadigan, transportirovka
qiladigan va
xaridorlarga xizmat ko‘rsatadigan tashkilotlar tushuniladi.
2. Logistika - material va mahsulotlar oqimini boshqarish, xomashyo bilan
ta’minlashdan boshlab, to oxirgi iste’molchiga tayyor mahsulot yetkazib
berilgunga qadar, shu bilan birga materiallar harakatiga
yordam qiluvchi axborot
oqimi kategoriyasi.
Odatda har bir firma o‘z mahsulotining taqsimlanishini nazorat qiladi va
boshqaradi. Logistika tizimi esa xalq xo‘jaligida material
va mahsulotlar oqimini
boshqaradi.
3.
Makrologistika kategoriyasi.
4.
Mikrologistika kategoriyasi.
Ishlab
chiqarish
Tarqatish,
saqlash,
yuklash
Transport,
taqsimlash,
marketing
Tarqatish,
yukni
tushurish,
saqlash
Iste’mol
qilish