Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


-chizma. Logistik harakatning tuzilishi



Yüklə 1,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/138
tarix08.06.2022
ölçüsü1,48 Mb.
#60999
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   138
TLr0Qy1ZQKzAVVypqzFi4kh3cxt12IraBfFCY2um

1-chizma. Logistik harakatning tuzilishi 
Logistika konsepsiyasini tushunish uchun logistik tizimni davrli tashkil 
qilishni 2-chizmadan ko‘rsa bo‘ladi. 
«Logistika» - grekcha so‘z bo‘lib, hisoblash to‘g‘risidagi fan. 
Logistikaning vujudga kelish va rivojlanish tarixi harbiy faoliyat bilan bog‘liq. XIX 
asrning boshlarida yashagan fransuz harbiy mutaxassisi A.G. Djomini logistika 
bo‘yicha yozilgan birinchi kitobning muallifi hisoblanadi.
Oddiy, noharbiy logistikaning jadal rivojlanishi 70- yillarning boshiga 
to‘g‘ri keladi. Bu rivojlanish sababini iqtisodchi - olimlar 1972-1974 yillarda ro‘y 
Xom-
ashyo 
Ishlab chiqarish 
Mahsulot 
Taqsimlash 
Almashuv 
Iste’mol 
Logistika 


27 
bergan energetik inqiroz bilan bog‘laydilar. G‘arbiy Yevropa va AQSHda 
iqtisodiy ahvolning keskinlashishi o‘sib borayotgan inflyatsiya va ishsizlik
ijtimoiy revolyutsion portlash xavfi, iqtisodiy holatni yaxshilash chora - 
tadbirlarini ishlab chiqishni talab qildi. Bunda mutaxassislar logistika tizimidan 
foydalanishga majbur bo‘ldilar, chunki logistika - ta’minot, ishlab chiqarish, 
transport, bozor taqsimlanishi va zamonaviy hisoblash vositalarini jalb qilish 
integratsiyasining eng samarali usullaridan biri. 
So‘nggi 20-30-yillar ichida logistika muammolariga bag‘ishlangan 
adabiyotlar soni ortib borayapti. Logistika muammolari olimlar, muhandislar, 
menejerlar, tadbirkorlarning ham e’tiborini o‘ziga tortayapti. Ba’zi rivojlangan 
mamlakatlarda logistika muammolari davlat darajasida hal qilinadi. 
Har yili rivojlangan mamlakatlarda xalqaro va ilmiy anjumanlar
kongresslar o‘tkaziladi. Ularda logistikaning ilmiy va amaliy muammolari 
muhokama qilinadi. Eng e’tiborli anjumanlardan biri 1989 yil oktabr oyida Parijda 
o‘tkazildi. Moskvada ham shu vaqtda (1989 y. oktyabr) logistikaga 
bag‘ishlangan birinchi seminar o‘tkazilgan. Shveytsariyada 14 yil oldin tashkil 
qilingan Yevropa logistika markazi hozirgi kungacha ishlab turibdi. G‘arbiy 
Yevropaning 
ko‘pgina 
shaharlarida 
logistika 
bo‘yicha 
mutaxassislar 
tayyorlaydigan ilmiy va o‘quv markazlari tashkil qilingan. Har bir katta tijorat - 
sanoat firmalarida logistika bo‘limlari tuzilgan. Hozirgi kunda AQSHda mavjud 
firmalarning 50 % dan ko‘pi o‘zining ishlab chiqarish va tijorat faoliyatida 
logistika 
tamoyillaridan 
foydalanadi. 
Jiddiy 
muhokamalardan 
so‘ng 
rivojlanayotgan sobiq Ittifoq respublikalarida ham logistikaga bo‘lgan e’tibor 
kuchayib boryapti, chunki logistik tizimlar ishlab chiqaruvchilar, iste’molchilar va 
transportni bir - biri bilan oqilona bog‘lovchi, integratsiya qiluvchi omil ekanligi 
aniqlandi. 
Logistika tamoyillariga rioya qilishning samarali natijasini quyidagi misol 
asosida ko‘rsatish mumkin. Ikkinchi Jahon urushi yillarida Yevropada joylashgan 
Amerika qo‘shinlarini moddiy - texnika bilan ta’minlashda logistika tamoyillariga 
rioya qilingan. Shu tufayli, harbiy sanoat majmuasi, transport tizimi va ta’minot 
bazalari o‘zaro mustahkam bog‘langan, natijada Amerika qo‘shinlari uzluksiz 
ravishda qurol va harbiy materiallar bilan ta’minlanib turilgan. Shunday murakkab 
vazifaning muvaffaqiyatli hal qilinishida ilg‘or konteyner va paketlar orqali yuk 
tashish usuli katta ahamiyatga ega bo‘lgan. 

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin