83
va uskunalar majmui bilan jovon moduli, yukni
uzatish uchun omborxona
terminali kiradi.
Avtomatlashtirilgan transport omborxona moddiy oqimlarini tashkil qilish
majmuasiga quyidagilar kiradi:
- ko‘tarish - transport vositalari majmuasi va avtomatlashtirilgan
boshqaruvning joylashtirilgan tizimi bilan avtomatlashtirilgan jovon moduli;
- avtomatlashtirilgan tarzda faoliyat ko‘rsatuvchi ko‘tarish transport
uskunalari majmuasi bilan avtomatlashtirilgan jovon moduli.
Avtomatik omborxona agregat - transport majmualariga quyidagilar kiradi:
- ortish - tushirish va transport vositalar bilan avtomatik boshqariluvchi
omborxona majmualari;
- avtomatik boshqariluvchi omborxona majmualari, ombor - avtomatlar.
Eng ko‘p foydalanuvchi omborxona uskunalariga kiruvchi asosiy jovonlar:
- bir joyda turuvchi;
- aylanuvchi;
- elevatorli;
- konteynerli;
- harakatlanuvchi;
- gravitatsion.
Omborxona uskunalariga kiruvchi, sochiluvchi, suyuq va boshqa yuklarni
saqlash vositalari quyidagilarga bo‘linadi:
- yassi va qutichalardan iborat bo‘lgan bunkerlar;
- yer usti idishlari;
- yer osti idishlari.
Omborlarning o‘lchovi va dozalarga ajratuvchi
uskunalar logistik tizimda
texnika ta’minotining alohida guruhini tashkil qiladi. Hozirgi vaqtda tarozilar
quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
- platformalar uchun;
- avtomobillar uchun;
- vagonlar uchun;
- yuk kranlari uchun;
- konveyerlar uchun.
Barcha ko‘tarish - transport vositalari vazifalarini bajarishiga muvofiq
besh guruhga bo‘linishi mumkin:
- yuk kranlari;
- ko‘targichlar;
- transport vositalari;
- yukni ushlab turuvchi moslamalar;
- transmanipulyatorlar.
Yuk kranlariga ko‘prikli, echkisimon, o‘zi yurar, port, minorali va konusli
kranlar kiradi.
84
Ko‘prikli kranlar bir balkali tirab turiladigan, bir balkali osma, ikki balkali
umumiy, ikki balkali maxsus bo‘lishi mumkin; echkisimon
kranlar esa kanalli va
kanalsiz bo‘lishi mumkin. Ko‘prikli va echkisimon kranlar yengil, o‘rtacha, og‘ir
rejimli, bir ilgakli va ikki ilgaklilarga bo‘linadi.
O‘ziyurar kranlar avtomobilan emir yo‘l va siqilgan havo bilan
yuradiganlarga bo‘linadi.
Konusli kranlar aylanuvchi va harakat qiluvchi bo‘lishi mumkin.
Transmanipulyatorlar pol ustidagi, tayanchli
va osma transport va osma
mexanizmlarga bo‘linadi. Bundan tashqari pol ustidagi transmanipulyatorlar
guruhiga quyidagilar kiradi:
- portlashdan himoyalangan elektr ortgichlar;
- oddiy qilib bajarilgan elektr ortgichlar;
- elektr shtabellar.
Transport vositalari o‘z ichiga transport - taqsimot vosita pol ustidagi
vositalarni oladi. Transport - taqsimot vositalariga
konteynerlar va taqsimot
vositalari kiradi. Konstruktiv belgilarga muvofiq konveyerlar quyidagilarga
ajraladilar: burama, lentasimon, gordinsimon, echkisimon, osma, mahkamlangan,
g‘ildirakchali, plastik.
Yukni ushlab turuvchi moslamalar ko‘tarish
- transport vositalarining
alohida turi sifatida ularning vazifasi va turiga muvofiq quyidagilarni o‘z ichiga
oladi: donali yuklarni ko‘tarish uchun; sochiladigan yuklar uchun; uzun metall
prokati uchun; konteynerlar uchun; qurilish va yog‘och yuklari uchun; ko‘p navli
mahsulotlar uchun. Mavjud turkumlashga muvofiq
logistik tizim texnik
ta’minlanilishi vositalarning ko‘p sonli guruhlari yordamchi, ko‘pincha
omborxona va ko‘tarish -transport uskunalari yuqori darajada faoliyat
ko‘rsatadigan uskunalardan tashkil topadi.
Dostları ilə paylaş: