85
va tashkil etilgan ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishga mo‘ljallangan
iste’molchilar buyurtmalari bo‘yicha tashkil qilingan.
3. Mahsulotlar muammosi va ishlab chiqarishning
barcha bosqichlarida
tovar harakatini tartibga solish.
Turli xil korxonalarni moddiy boylik manbalari bilan ta’minlash
strategiyasi moddiy - texnika ta’minotini tashkil qilish jarayonida logistika
ta’minotlarini tanlash, xomashyo va materiallarni yetkazib berish masalalarini
ko‘rib chiqadi.
Moddiy boylik manbalarini yetkazib berish uch asosiy variantda bo‘lishi
mumkin:
- shaxsiy ishlab chiqarish hisobiga;
- mavjud ta’minotchilar hisobiga;
- yangi ta’minotchilarni jalb qilish hisobiga.
Bozor iqtisodiyoti rivojlanishi sharoitida rivojlanish va asosan kichiklari
hisobiga yangi ta’minotlarni jalb qilish an’anasi kuzatiladi, bu materiallarning katta
bo‘lmagan
bir
to‘pini
olish
imkonini
beradi.
Ishlab
chiqarishning
moslashuvchanligini ta’minlaydi va kerak bo‘lganda bozor talablariga muvofiq
yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga o‘tishni tezlatishga imkon beradi.
Shuning
bilan bu bosqichda logistikaning maqsadi asosiy ishlab chiqarishni belgilangan
vaqt tartibida, eng kam harajatlar bilan kerakli moddiy boylik manbalari bilan
ta’minlashni rejalashtirish, tartibga solish va nazorat qilishdan iborat.
Ayniqsa, zahiralarni boshqarishda logistikaning ahamiyati katta. Zahiralar
transport, ishlab chiqarish va sotish o‘rtasidagi bufer vazifasini bajaradi. Hozirgi
sharoitda zahiralar miqdori tez o‘zgarayotgan talab
va korxona ishining bir
maromdaligini ta’minlash uchun muvofiq bo‘lishi kerak.
Logistika tizimlarida zahiralarni saqlash bilan bog‘liq muomala vaqti va
harajatlarini qisqartirishga alohida e’tibor beriladi, bular logistik harajatlarning
asosiy qismini tashkil qiladi. Shu sababli omborxona xo‘jaligini tashkil qilish,
ortish - tushirish vositalarini qoplarga joylashtirish vositalarini qo‘llash va saqlash
logistika tizimining muhim sohasi hisoblanadi.
Xorijda Kanban, OPT, MRP,
MRP-2 nomini olgan, logistikaga asoslangan «aniq muddatda» yetkazib berish
tizimi ta’minotini tashkil qilishning keng yoyilgan tizimidir. Kanban tizimi
Yaponiya korxonalarida keng qo‘llaniladi.
Kanban tizimidan foydalanuvchi yapon firmalari moddiy boylik
manbalarini faqat ishonchli ta’minotchilardan xarid qilishga
harakat qiladilar va
ularni o‘z talablariga qaram qilib qo‘yadilar.
AQSHda
rivojlangan
OPT
(ishlab
chiqarish
texnologiyasini
muvofiqlashtirish) tizimi foydalaniladi. Tizimning asosiy tamoyili ishlab
chiqarishda «tor» joylar yoki kamyob resurslarni aniqlash. Misol uchun
xomashyo va materiallar, mashinalar,
uskunalar, texnologik jarayonlar va
xodimlarning ayrim turlari kamyob boylik manbalaridan bo‘lishi mumkin. Ishlab
chiqarish
tizimining
rivojlanish
sur’ati kamyob resurslardan samarali
86
foydalanishga bog‘liq. OPT tizimida ishlab chiqarishning bir kunga,
haftaga va
hokazo jadvalini shakllantirish amalga oshiriladi, iste’molchilar tomonidan
buyurilgan mahsulotlarni ortib jo‘natishning nazorati muqobil resurslarni qidirib
topish, kerakli materiallar yo‘q bo‘lganda ularni to‘liq holda almashtirish bo‘yicha
tavsiyalar berish masalalari hal qilinadi.
Eng ma’qul jadvalni shakllantirishda quyidagilar hisobga olinadi:
- ishlab chiqarishning boylik manbalariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish
darajasi;
- boylik manbalaridan foydalanish samaradorligi;
- tugallanmagan ishlab chiqarishga jalb qilingan vositalar;
-
jadvalning epchilligi, ya’ni uskunalarni avariya tufayli to‘xtab qolganda
va moddiy boylik manbalari to‘liq yetkazib berilmaganda uni amalga oshirish
imkoniyati.
Dostları ilə paylaş: