175
Joriy zahiralar ham, sug‘urta zahiralari ham qisqarib boradi.
Joriy zahiralar – qulay o‘lchamdagi to‘plamlarning belgilangan muddatida
yetkazib berilishi hisobiga amalga oshiriladi.
Sug‘urta zahiralari – tovarlarning yagona taqsimot omborida to‘planishi
hisobiga kamaytiriladi.
Masalan, agar 100 ta do‘konni bitta taqsimot ombori atrofida birlashtirilsa
va bu yerda sug‘urta zahiralari to‘plansa, u holda kvadrat ildiz qonuniga ko‘ra,
zahiralarning umumiy hajmi xizmat ko‘rsatish bo‘yicha
barqarorlikka zarar
yetkazmagani holda 10 marta kamayadi.
2. Ulgurji va chakana savdo korxonalarining maydonlari va hajmidan yuqori
darajada foydalanish. Masalan, tovar o‘tkazish bo‘g‘inlarining
logistik qulayligi
do‘konlar maydonlarining tarkibini sezilarli darajada o‘zgartirib, savdo
maydonchalari hisobiga ko‘paytiradi. Bularga ushbu hisoblarga ko‘ra erishiladi:
umumiy zahiralar miqdorining keskin qisqartirilishi
va ularning kattagina
qismi do‘konlardan ulgurji bo‘g‘inlarga ko‘chirish hisobiga;
tayyorlov jarayonlarining bir qismini – shularda qadoqlash, tamg‘alash,
narxlarini qo‘yish va boshqalar tovar harakatini
oldingi bosqichlariga
ko‘chirish;
3. Sarmoyalarning aylanishini tezlashtirish. Bular talablarni bevosita joylashtirish
va ularni bajarish jarayonlarini vaqti bo‘yicha nazorat qilish hisobiga erishiladi.
4. Transport harajatlarini qisqartirish, ishtirokchilarni yuqori darajada transportdan
foydalanish masalasida muvofiqlashuvlari hisobiga erishiladi.
5. Yuklarni ishlash, shu jumladan qo‘l mehnati harajatlarini kamaytirish.
Logistikadan foydalanishdagi samaralar to‘plami, odatda, sanab o‘tilgan
ko‘rsatkichlar samaralarining yig‘indisidan ortib tushadi.
Bu shu bilan
izohlanadiki, logistik tashkillashtirilgan tizimlarda vujudga kelgan bozor uchun
kerakli bo‘lgan yukni yetkazib berishni ta’minlash qobiliyati, zarur sifatda, kerakli
miqdorda,
belgilangan muddatda, kerakli joyga, eng
oz miqdordagi harajatlar
bilan yetkazib berishning vujudga kelishi bilan tushuntiriladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, savdodagi logistik qulaylik – bu tabiiy
sohaning rivojlanishidagi muhim yo‘ldir.
Logistikani qo‘llash – bugungi kun savdo korxonasining raqobatbardoshlik
garovidir.
Ertangi kunda – bu uning asosiy resurslaridan biri bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: