Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


Nazorat va mulohaza savollari



Yüklə 1,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/138
tarix08.06.2022
ölçüsü1,48 Mb.
#60999
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   138
TLr0Qy1ZQKzAVVypqzFi4kh3cxt12IraBfFCY2um

Nazorat va mulohaza savollari 
1. Logistik tamoyillarning maqsadi haqida nima bilasiz? 
2. Logistika va savdoni tashkil qilish uchun qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi? 
3. Tovar harakati bo‘g‘inlarida qanday logistika mavjud? 
4. Savdo korxonalaridagi logistik xizmatlar haqida nimalar bilasiz? 


176 
5. Logistikani savdoda qo‘llashning asosiy samaradorligi nimalardan iborat? 
 
 
 
 


177 
16–bob 
 
 TIZIMLI YONDOSHISH TAMOYILLARIDAGI LOGISTIK 
BOSHQARUV 
 
16.1. Boshqaruvga an’anaviy yondoshishlarni taqqoslash 
Logistikani moddiy oqimlarni boshqarish usullari va vositalarining 
yig‘indisi sifatida belgilash ushbu boshqaruv nuqtai nazaridan muhim bo‘lmagan 
bir qator omillardan fikran boshqa tomonlarga ketish imkonini beradi. Shunday 
qilib to‘g‘ridan-to‘g‘ri logistik zanjirni tuzish mumkin bo‘ladi. Bu o‘z navbatida 
ularda sodir bo‘layotgan jarayonlarni shakllangan holda bayon qilishni amalga 
oshirish va shu asosda boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishga imkon beradi. 
Ko‘rsatib o‘tilgan qarorlar yagona maqsad bilan – iste’molchilar tomonidan 
qo‘yilayotgan talablarni qanoatlantiruvchi chiquvchi moddiy oqimni shakllantirish 
uchun ishlab chiqiladi. 
Moddiy oqimning tabiati shundayki, u iste’molchiga yetib borgunga qadar 
ishlab chiqarish, omborxona, transport bo‘g‘inlarini o‘tadi. Moddiy oqimni 
logistik jarayonning turli-tuman ishtirokchilari tashkil qiladilar va yo‘naltiradilar. 
Amalga oshirish tamoyili logistika konsepsiyasida birinchi o‘ringa qo‘yiladigan 
tizimli 
yondoshish 
moddiy 
oqimlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqarishning 
metodologik asosi bo‘ladi. 
Boshqaruvga an’anaviy yondoshishda logistik zanjirning har bir bo‘g‘ini 
o‘zining shaxsiy maqsadlari va samaradorligi mezonlarini mo‘ljallovchi shaxsiy 
boshqaruv tizimiga ega. Logistik zanjirning har bir oldingi bo‘g‘inining ushbu 
bo‘g‘in boshqaruv tizimi ta’siri ostida uning maqsadlari va mezonlarini hisobga 
olish bilan shakllangan chiquvchi oqimni keyingi bo‘g‘in uchun kiruvchi bo‘ladi. 
Ohirgi bo‘g‘inning chiquvchi oqimi butun logistik zanjirning natija beruvchi 
moddiy oqimi bo‘ladi. Uning parametrlari logistik zanjirning bo‘g‘inlaridan har 
birida izchil amalga oshiriladigan mustaqil boshqaruvchi ta’sirlar natijasida amalga 
oshiriladi. Shuning uchun ham, boshqaruvning umumiy maqsadlari nuqtai 
nazaridan ular ichki sabablar natijasida vujudga kelgan bo‘ladilar. 
Logistik yondoshishda boshqaruvchi ta’sirlar boshqaruvning yagona 
logistik tizimi tomonidan boshqaruvning yangi obyekti – to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
oqimga nisbatan qo‘llaniladi. Ushbu boshqaruvchi ta’sirlar tadqiqot qilinayotgan 
logistik zanjir samaradorligining umumiy maqsadlari va mezonlaridan kelib 
chiqqan holda shakllanadi, chunki chiquvchi moddiy oqimning parametrlarini 
butunlay oldindan aytib beradigan boladi. 
Haqiqiy logistik tizimlarni faoliyat yuritishi ham bu tizimlar ichida va ham 
ularning atrof muhit bilan munosabatlarida murakkab aloqalar mavjudligi bilan 
ta’riflanadi. Bunday sharoitlarda tizimni faoliyat yuritishining asosiy maqsadlari va 


178 
ularning oldiga qo‘yilayotgan talablarni hisobga olmasdan xususiy qarorlarni 
qabul qilish yyetarli bo‘lmasligi va hatto xato bo‘lishi mumkin. Tizimli 
yondoshish qat’iy metodologik konsepsiya ko‘rinishida bo‘lmaydi. U idrok etish 
konsepsiyalarining o‘ziga xos tamiyillarining yig‘indisi bo‘lib, unga rioya qilish 
belgilangan tartibda aniq tadqiqotlarni ko‘zlashga imkon beradi. Logistik tizimlarni 
shakllantirishda tizimli yondoshishlarning quyidagi tamoyillarini hisobga olish 
kerak: 
tizimni yaratish bosqichlari bo‘yicha izchil harakatlanish tamoyili. Bu 
tamoyilga rioya qilish shuni bildiradiki, tizim avval makro darajada, ya’ni 
atrof muhit bilan o‘zaro munosabatlarda, keyin esa mikro darajada, ya’ni 
o‘z tuzilishining ichida tadqiqot qilishi kerak; 
loyihalashtirilayotgan tizimlarning axborotli ishonchlilik, resursli va boshqa 
ta’riflarini moslashtirish; 
alohida tizimchalar maqsadlari va butun tizim maqsadlari o‘rtasida ihtilof 
yo‘qligi tamoyili. 
Tizimli yondoshishning mohiyati uni tizimlarni shakllantirishga klassik 
induksiv yondoshish bilan taqqoslashda namoyon bo‘ladi. Klassik yondoshish 
xususiydan umumiy (induksiya) ga o‘tishni bildiradi. Ushbu jarayonga klassik 
yondoshishda tizimni shakllantirish uni alohida ishlab chiqilgan tarkibiy qismlarini 
birlashtirish yo‘li bilan sodir bo‘ladi. Birinchi bosqichda alohida tizimlarni faoliyat 
yuritishining maqsadlari aniqlanadi. Ikkinchi bosqichda, alohida tizimchalarni 
shakllantirish uchun zarur bo‘lgan axborotlar tahlil qilinadi. Uchinchi bosqichda 
birgalikda tizimning ish qobiliyatini tashkil qiluvchi tizimchalar shakllantiriladi.
Tizimli yondoshish klassikdan farqli ravishda umumiydan xususiyga izchil 
o‘tishni ko‘zda tutadi, bunda ko‘rib chiqishning asosida tizim yaratilayotgan 
yakuniy maqsad yotadi. Tizimli yondoshishda tizimni shakllantirishning izchilligi 
ham o‘z ichiga bir necha bosqichlarni oladi: 

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin