76
kamyob tovar ehtimolli yo‘qotishlar korxona uchun sezilarli darajada bo‘lmasa,
nazorat tizimi qo‘llanishi mumkin.
Buyurtmaning qat’iy belgilangan davr oralig‘i
zahiraning holati ustidan
nazorat qilish tizimi quyidagi hollarda qo‘llaniladi:
- yetkazib berish sharoitlari har xil hajmda, to‘dalarda buyurtmalarni olishga
imkon tug‘diradi;
- buyurtmani joylashtirish va yetkazib berish bo‘yicha harajatlar yuqori
emas;
- ehtimolli kamyob tovar bo‘lgan yo‘qotishlar nisbatan katta emas.
Amaliyotda bu tizim bo‘yicha bir yetkazib beruvchidan olinadigan ko‘p
tovarlardan birining talab darajasi nisbatan bir qator bo‘lgan tovarlar,
qimmatli
tovarlar va hokazolarni buyurtma qilish mumkin.
Buyurtmaning qat’iy belgilangan hajmdagi zahiralari holati ustidan
nazorat tizimi. Zahiralar holati ustidan nazoratning bu tizimida zahiraning
to‘ldirilishiga buyurtmaning hajmi o‘zgarmas kattalik hisoblanadi.
Buyurtma
berish vaqt oraliqlari bu holda har xil bo‘lishi mumkin (18-chizma).
Bu tizimda me’yorlangan kattaliklar buyurtma hajmi,
buyurtmani
joylashtirish vaqtidagi zahira hajmi (buyurtma nuqtasi) va sug‘urta
zahirasining
hajmlari hisoblanadi. Yetkazib berishga buyurtma naqd zahiraning buyurtma
nuqtasi kamayganda joylashtiriladi. Chizmadan ko‘rinib turibdiki, buyurtmani
joylashtirishdan so‘ng zahira kamayishini davom ettirayapti, chunki buyurtirilgan
tovar darrov olib kelinmaydi. Buyurtma nuqtasidagi
zahira hajmi odatdagi ish
holatida t vaqt ichida zahira sug‘urta zahirasidan pastga tushib ketmasligi uchun
tanlanadi. Agar talab birdagina o‘sib ketsa (chizma chizig‘i keskin pastga tushadi
- A maydon) yoki yetkazib berish muddati cho‘zilsa ((t > t) - V maydonda),
sug‘urta zahirasi ishga tushadi. Bunda korxonaning tijorat xizmati qo‘shimcha
yetkazib berishni ta’minlaydigan chora - tadbirlarni qo‘llashi kerak. Ko‘rinib
turibdiki, nazoratning bu tizimi korxonani kamyob tovarlar vujudga kelishidan
himoya qiladi.
R
buyurtma
R
R
nuqtasi
R