Ызбекистон республикаси олий ва ырта


= o‘z mablag‘lari – uzoq muddatli aktivlar  (asosiy vositalar va qo‘yilmalar) 4



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/147
tarix24.09.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#147906
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   147
biznes - rejalashtirish (2)

=
o‘z mablag‘lari – uzoq muddatli aktivlar 
(asosiy vositalar va qo‘yilmalar)
4.
 
Korxonaning bozor faolligi koeffitsentlari. 
4.1.
Bitta aktsiyaning daromadliligi 
=
sof foyda 
/
muomaladagi oddiy aktsiya-
lar soni. 
4.2.
Aktsiyaning bozor bahosi va bir aktsiyaga to‘g‘ri keluvchi foyda 
o‘rtasidagi munosabat 
=
bitta aktsiyaning bozor qiymati 
/
bitta aktsiyaga to‘g‘ri 
keluvchi sof foyda. 
4.3.
Bitta aktsiyaga dividend me‘yori 
=
bir aktsiyaga to‘g‘ri keluvchi dividend 
bir 
/
aktsiyaning bozor qiymati. 
4.4.
To‘langan dividendlar ulushi 
=
to‘langan dividendlar summasi 
/
sof foyda. 
Yuqorida eng ko‘p foydalaniladigan moliyaviy ko‘rsatkichlar keltirildi. Aniq 
bir biznes-rejani ishlab chiqish jarayonida korxona faoliyatni o‘tgan davrlarda to‘la 
ko‘rsatib bera oladigan ko‘rsatkichlarni tanlab olish mumkin, chunki ularning 
ko‘pchiligi bir biriga o‘xshash yoki bir xil ma‘lumotni berishi mumkin.
Moliyaviy rejaning keyingi muhim bo‘limi tushum va xarajatlar balansi bo‘lib, 
u biznes-loyihaning (yangi ish, yangi ishlab chiqarishni tashkil etish va hokazo) 
foyda keltirishi yoki keltirmasligi, shuningdek, bunday ishlab chiqarishni tashkil 
qilish uchun qancha mablag‘ kiritish lozimligini baholashga imkon beradi. Odatda u 
korxonaning daromad va xarajatlari balansi deb ataladi. 
Mazkur bo‘limning asosiy vazifasi pul mablag‘lari kelib tushishi va 
sarflanishining sinxronligini, ya‘ni har bir lahza uchun ushbu mablag‘larning etarli 
ekanligini aniqlashi lozim. Boshqacha qilib aytganda, korxona aktivlarini tezda pul 
mablag‘lariga aylantirish yoki loyihani amalga oshirishda uning likvidligini 
anglatadi. Shuni e‘tiborga olish kerakki, likvidlik bilan bog‘liq muammo bozor 
munosabatlari 
sharoitlarida 
korxonalarning 
muvaffaqiyatsizlikka 
uchrashi 
sabablaridan biri hisoblanadi. 
Umuman daromad va xarajatlar balansi korxonaning qanchalik samarali 
ishlashini tavsiflaydi. U shuningdek, soliq deklaratsiyalarini to‘ldirish, kredit so‘rab 
murojaat qilishda ham katta ahamiyatga ega. 
Moliyaviy rejaning ushbu bo‘limida aks ettiriluvchi asosiy ko‘rsatkichlar 
qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 
1)
mazkur tovarni sotishdan kelib tushgan pul tushumi; 
2)
mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq ishlab chiqarish 
xarajatlari (moddalar bo‘yicha); 
3)
umumishlab chiqarish xarajatlari (moddalar bo‘yicha); 
4)
soliq va boshqa to‘lovlar; 
5)
sof foyda; 
6)
korxona tasarrufida qoluvchi foyda. 
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan ko‘rsatkichlarni hisoblash mexanizmi ularga xos 
bo‘lgan ishlab chiqarishning moliyaviy jihatlarini aks ettirib, xuddi ishlab chiqarishni 
rejalashtirish, mahsulotni sotish hajmini bashorat qilish va biznes-rejaning boshqa 
bo‘limlaridagi kabi alohida jadvalda umumlashtiriladi. Yillik daromad va xarajatlar 
balansi choraklar bo‘yicha, choraklik balans esa oylar bo‘yicha taqsimlagan holda 
ishlab chiqiladi. Keyingi holatda ushbu hujjat tezkor xarakterga ega bo‘lib, 


121 
korxonaning moliyaviy faoliyatini tartibga solishga xizmat qiladi. 
Daromad va xarajatlar balansi bilan birga korxona yil boshi va oxirida aktiv va 
passivlar yig‘ma balansini turadi

Bu hujjatning ahamiyati daromad va xarajatlar 
balansi kabi yuqori bo‘lmasada, biznes-rejani usiz tuzish mumkin emas. Ushbu 
balans tijorat banki mutaxassislari tomonidan turli shaklda kiritish mo‘ljallanayotgan 
aktivlarning maqsadga muvofiqligi va ularningn summasini baholash, shuningdek, 
ushbu 
aktivlarni 
qaysi 
passivlar 
hisobiga 
moliyalashtirishga 
harakat 
qilinayotganligini aniqlash nuqtai nazaridan sinchiklab o‘rganiladi. Korxonaning o‘zi 
uchun bu hujjat moliyalashtirish manbalarining ishonchliligi va sifatliligini baholash 
uchun kerak bo‘ladi. 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin