Dividend - aktsiyadorlik jamiyati foydasining bir qismi, har yili soliqlarni to’lash, ishlab chiqarishni kengaytirish, zahiralarni to’ldirish, obligatsiyalar bo’yicha foizlar to’lash va direktorlarni mukofotlashdan so’ng aktsiyadorlar o’rtasida taqsimlanadi. Investitsiyalar - mamlakat ichkarisi va tashqarisida yangi korxona yaratish va mavjud korxonalarni zamonaviylashtirish, eng yangi texnika va texnologiyalarni o’zlashtirish, ishlab chiqarish darajasini oshirish va foyda olish maqsadida uzoq muddatli mablag’lar kiritilishi. Investor - biron-bir faoliyatga, korxonaga foyda olish maqsadida uzoq muddatli kapital kiritishni amalaga oshiruvchi xususiy tadbirkor, tashkilot yoki davlat. Innovatsiya - jamiyat rivojlanishi bilan o’zgarib boruvchi inson ehtiyojlarini qondirishga oid yangiliklar, ularni yaratish, tarqatish va foydalanish jarayonini majmuasi. Infratuzilma - sanoat (yoki biron-bir boshqa) ishlab chiqarishi hamda aholiga xizmat ko’rsatuvchi xo’jalik tarmoqlari majmuasi. Transport, aloqa, savdo, moddiy-texnik ta’minot, fan, ta’lim, sog’liqni saqlashni o’z ichiga oladi. Ishlab chiqarish quvvati – asosiy ishlab chiqarish va aylanma fondlar, shuningdek, moliyaviy resurslardan iloji boricha to’liq va oqilona foydalangan holda ishlab chiqarish mumkin bo’lgan mahsulotning maksimal hajmi. Ishlab chiqarish rentabelligi – umumiy (balans) foydaning asosiy ishlab chiqarish fondlari va normalashtiriluvchi aylanma mablag’larning o’rtacha yillik qiymatiga nisbati sifatida aniqlanuvchi ishlab chiqarish samaradorligi