Kooperatsiya qilish - yakuniy mahsulotni birgalikda tayyorlash bo’yicha uzoq muddatli to’g’ridan-to’g’ri xo’jalik aloqalarini o’rnatish. Korxonaning optimal hajmi – mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko’rsatish) bo’yicha imzolangan shartnoma va majburiyatlarni o’z muddatida, eng kam xarajatlar bilan eng yuqori samaradorlikka erishgan holda bajarish imkonini beruvchi korxona hajmi. Korxona missiyasi (korxona falsafasi) – xo’jalik subyektining qisqacha ta’rifi, un- ing maqsadlari, burchi, faoliyat sohalari, harajat me’yorlari va mintaqa, jamiyat- ning ijtimoiy vazifalarini xal etishdagi o’rni aniqlanadi. Litsenziya - qonunda belgilangan muayyan xo’jalik operatsiyalari, jumladan, tashqi savdo (eksport va import) operatsiyalarini amalga oshirish bo’yicha, vako- latli davlat idoralarining huquqiy shaxslarga beruvchi maxsus ruxsatnomasi. Marketing - korxonalarning mahsulot ishlab chiqish, ishlab chiqarish va sotish yoki xizmat ko’rsatishga oid faoliyatini, bozorni va iste’molchilar talabiga faol ta’sir ko’rsatishni o’rganish asosida boshqarish tizimi. Mahsulot attestatsiyasi - mahsulot sifatining texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini obyektiv baholashni tizimli ravishda amalga oshirishni ko’zda tutuvchi, tashkiliy- texnik va iqtisodiy chora-tadbirlar majmuasi. Mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari – mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniluvchi tabiiy resurslar, xom ashyo va materiallar, yoqilg’i va energiya,