Mahsulotning texnik darajasi – baholanayotgan mahsulotning texnik takomil- lashganligini belgilovchi, uning bazis ko’rsatkichlariga mos keluvchi ko’rsatkichlarni taqqoslashga asoslangan mahsulot sifatining nisbiy tavsifnomasi. Mahsulotning hayotiylik davri – mahsulot hayotining beshta bosqichinining al- mashinish davri: ishlab chiqish, ishlab chiqarish, bozorga chiqish, o’sish, bozorn- ing to’yinishi va ma’naviy eskirish. Mehnat unumdorligi –insonlar ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligi; xo- dim moddiy ishlab chiqarish sohasida ish vaqti birligida ishlab chiqargan mahsulotlar miqdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqt bilan o’lchanadi. Mehnatning ijtimoiy unumdorligi ishlab chiqarilgan milliy daromadning moddiy ishlab chiqarish taromqlarida band bo’lgan har bir xodimga nisbatan hisoblanadi. Mehnat shartnomasi – tadbirkor va ishga kiruvchi shaxs o’rtasidagi kelishuv, unda ko’ra xodimning mehnat vazifasi, ish joyi, lavozimi, oylik ish haqi, ish boshlash vaqti va hokazolar belgilab beriladi. Norma bu – belgilangan sifatli (masalan, standartli bir buxanka non chiqarish uchun sarflanuvchi un normasi, belgilangan hajmli metall konstruktsiyasini kavsharlash uchun sarflanuvchi elektrodlar soni va hokazolar) mahsulot (ish, xiz- mat) birligini tayorlash uchun xom-ashyo, material, yoqilg’i, energiya va hokazo- larning mutlaq (absolyut) sarflash mumkin bo’lgan maksimal kattaligidir.
156
Normativ bu nisbiy ko’rsatkich bo’lib, mutlaq (absolyut) kattalikni emas, balki ishlab chiqarish resurslaridan foydalanishning belgilangan o’lchamini, mahsulot tavsifnomasi yoki tashkiliy-iqtisodiy hatti-harakatlarni aks ettiradi. Raqobat – bozor mexanizmining korxona va firmalarning mahsulot va xizmatlarni sotish, kapitalni foydaliroq joylashtirishda raqiblik asosida xo’jalik nisbatlarini shakllantirish bilan bog’liq elementi.