Ызбекистон республикаси олий ва ырта



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/147
tarix24.09.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#147906
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   147
biznes - rejalashtirish (2)

 
Mahsulot rentabelligi
 – mahsulot sotishdan olingan foydaning mahsulot tannarx-
iga nisbati (foizlarda) sifatida aniqlanuvchi ishlab chiqarish samaradorligi 
ko’rsatkichi.
 
Mahsulot sertifikati 
- mahsulot sifatini baholash va nazorat qilishning xalqaro 
normalarini qabul qilish va amalga oshirish jarayoni; mahsulot ishlab 
chiqaruvchilarga qaram bo’lmagan, mahsulotning xalqaro standart normalariga 
mos kelishini nazorat qilish uchun kerakli asbob-uskunalar bilan ta’minlangan 
maxsus markazlarni yaratish bilan amalga oshiriladi.
 
Mahsulot sifati
– masulotning inson va jamiyatning ma’lum bir ehtiyojlarini 
qondirish qobiliyatlarini belgilovchi foydali xislatlari majmui.
 
Mahsulot sifatini boshqarish
 –mahsulotni yaratish va undan foydalanish yoki uni 
iste’mol qilishda zarur sifat darajasini belgilash, ta’minlash va qo’llab-quvvatlash 
maqsadida amalga oshiriluvchi xatti-harakatlar.
 
Mahsulot sifatini boshqarish tizimi
– sifatni boshqarish uchun zarur bo’lgan 
resurslar, jarayonlar va javobgarlikni aniq taqsimlovchi tashkiliy tuzilma. 
Mahsulotning material sig’imi 
xom ashyo, materiallar va boshqa moddiy 
resurslarning mahsulot birligiga sarflanuvchi xarajatlari. Material sig’imini ka-
maytirish tayyor mahsulot va materiallarni ko’paytirish, mahsulot tannarxini ka-
maytirish va xom ashyo tarmoqlarini rivojlantirishga sarflanuvchi xarajatlarni 
kamaytirishga imkon yaratadi.
 
Mahsulotning mehnat sig’imi
–mehnat unumdorligi ko’rsatkichlariga teskari 
bo’lgan kattalik. Moddiy ishlab chiqarish sohasida sarflangan mehnatning ishlab 
chiqarilgan mahsulot hajmiga nisbati orqali aniqlanadi.

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin