Ызбекистон республикаси олий ва ырта


 Korxonaning tarmoqdagi va bozordagi holati tahlili



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/147
tarix24.09.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#147906
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   147
biznes - rejalashtirish (2)

 
6.2. Korxonaning tarmoqdagi va bozordagi holati tahlili 
 
Insonning, jamoaning va butun korxonaning qiladigan barcha ishlari vaziyatni 
tahlil qilish va baholashdan boshlanadi. Biznes, ishlab chiqarish va boshqa har 
qanday ish istisno emas. Buning ustiga aynan biznesda tarmoqdagi va bozordagi 
vaziyatni oldindan tahlil qilish boshqa joylarga qaraganda ko‘proq talab qilinadi. 
Korxonaning tarmoqdagi va bozordagi holati tahlili bu o‘z mohiyatiga ko‘ra 
tashqi muhit diagnostikasidir. U biznes-rejani tayyorlashda rezyumedan keyingi ikkinchi 
qadamdir. Biznes-reja tuzish bo‘yicha bugungi uslubiy tavsiyalar ushbu bo‘limni mazkur 
korxona faoliyat ko‘rsatuvchi muhitning investitsiyalarni jalb qilishdagi jozibadorligini
tahlil qilishdan boshlashni taklif qiladi. Tarmoqni tavsiflash quyidagilarni qamrab olishi 
lozim: 

tarmoqning iqtisodiy sektorini aniqlash (fan, ishlab chiqarish, xizmat 
ko‘rsatish va hokazo); 

mavsumiylik; 

tarmoq bozorining geografik joylashuvi (mahalliy, mintaqaviy, milliy, 
xalqaro); 

mazkur tarmoq taklif etuvchi asosiy mahsulot va xizmat turlari; 

tarmoqning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari; 

tarmoq bozorining tuzilmasi, sig‘imi va uning o‘zgarish tendentsiyalari; 

korxona rivojlanishiga ijobiy yoki salbiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan 
omillari (yangi iste‘molchi va raqobatchilar, qonun va qoidalarning paydo bo‘lish 
ehtimoli). 
Tarmoq va biznes sohasi to‘g‘risida qaror qabul qilish tadbirkorning o‘zi uchun 


60 
ham, tadbirkorlik loyihasi uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Tanlangan faoliyat 
sohasining rivojlanish tendentsiyalarini to‘liq hisobga olmaslik biznes-loyihani joriy 
qilishda kutilmagan natijalarga va iqtisodiy samaradorlikning pasayishiga olib kelishi 
mumkin. 
Tarmoqning jahon mehnat taqsimotida va xalqaro bozorda tutgan o‘rni, uning 
eksport imkoniyatlari, shuningdek, xalq xo‘jaligining ushbu tarmoq mahsulotlari 
qiziqish uyg‘otuvchi boshqa tarmoqlari bilan ishlab chiqarish-texnik aloqalari haqidagi 
ma‘lumotlar foydali hisoblanadi (6.1-rasm).
6.1-rasm

Tadbirkorlik faoliyati sohasini tanlashning asosiy omillari. 
Tarmoqning kompleks tahlilini va uning jozibadorligini baholashni MDH 
davlatlari uchun Jahon tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan ishlab chiqilgan in-
vestitsiyaviy 
loyihalashtirishda 
ma‘lumotlarini 
to‘plash, 
tahlil 
qilish 
va 
umumlashtirish bo‘yicha takliflarda berilgan uslub orqali amalga oshirish maqsadga 
muvofiqdir.
Nazariyaning kontseptual xulosalaridan biri shundan iboratki, eng yirik korx-
onalar bozordagi kattagina ulush bilan bir tomondan va unchalik katta bo‘lmagan ix-
tisoslashgan kichik korxonalar ikkinchi tomondan ko‘zlagan foydalilik darajasiga er-
ishish uchun imkoniyatga egadirlar. 
Har qanday davlatda biznesning taqiqlangan sohalari (kontrabanda, 
pornografiya va boshqalar) hamda davlat monopoliyasi bo‘lgan faoliyat turlari 
(qurol-yarog‘, zaharli kimyoviy moddalar, narkotik moddalar) mavjud bo‘ladi. 
Ko‘plab tadbirkorlar uchun u yoki bu tarmoqqa kirib borishda iqtisodiy va 
boshqa turdagi to‘siqlar yuzaga kelib, ular odatda boshlang‘ich kapital darajasining 
yuqoriligi, kiritilgan mablag‘larning o‘zini qoplash muddati uzoqligi va foyda 
olishdagi noaniqliklarga bog‘liq bo‘ladi. 
Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatining davriylik (o‘sish turg‘unlik, pasayish) 
ta‘siriga uchrashi sababli yuzaga kelgan bozor kon‘yunkturasini ham hisobga olish 
lozim. 
Biznes-rejani muvaffaqiyatli amalga oshirishda bozorni to‘g‘ri aniqlashdan 
tashqari 
uning 
hali 
egallanmagan 
yoki 
raqobatchilar 
tomonidan 
to‘liq 
Iqtisodiy kon'yuktu-
ra 
чеkлanишлar 
Huquqiy va iqtisodiy 
chеklanish 
чеkлanишлar 
Tadbirkorning bilimi, 
tajribasi va qobiliyati 
Xamkorlik va 
koopеratsiyanin
g maqsadga 
muvofiqligi 
Tanlash omillari 
Faoliyat sohalari 
Biznеsning maqsadlari 
Bozor xolatining 
taxlili 
Biznеsning 
tashqi va ichki 
muxiti 


61 
foydalanilmagan qismini topish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ya‘ni ma‘lum bir 
iste‘molchilarga yo‘naltirilgan va tadbirkorga o‘z imkoniyatlaridan samraliroq 
foydalanish imkoniyatini beruvchi tadbirkorlik faoliyati sohasini ifodalovchi «bozor 
qismi»ni topish muhim. Uning hajmi bozor segmenti sig‘imidan kichik bo‘lib, unda 
raqobatchilar kam bo‘lishi lozim. Bu bozordan joy qidirish va uni egallash 
jarayonining mohiyatini aks ettiradi. 
Ushbu jarayonni iste‘molchilar doirasi aniq belgilangan holda faoliyat sohasi 
miqyosini tanlash sifatida belgilash mumkin bo‘lib, u muayyan tadbirkorning 
xususiyatlari va ustunliklariga mos keladi.

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin