Ызбекистон республикаси олий ва ырта


  II BO’LIM. BIZNES–REJA, UNING BO’LIMLARI VA MAZMUNI



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/147
tarix24.09.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#147906
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   147
biznes - rejalashtirish (2)

 


57 
II BO’LIM. BIZNES–REJA, UNING BO’LIMLARI VA MAZMUNI 
 
VI BOB. KORXONANING TAVSIFI 
 
6.1. Biznes-rejaning rezyumesi
Biznes-reja 
titul varag’idan
boshlanadi
11
. Biznes-rejani titul varag‘i ixcham, 
tushunarli va jozibador bo‘lishi, ortiqcha tafsilotlardan holi tuzilishi kerak. Unda 
korxonaning nomi manzilgohi, biznes-rejaning nomlanishi va tuzilgan vaqti hamda 
mualliflari to‘g‘risida ma‘lumotlar ko‘rsatiladi. Titul varag‘ida ma‘lumotlarni oshkor 
qilmaslik bo‘yicha maxfiylik memorandumi bayon qilinadi, chunki biznes-reja 
bo‘limlarida korxona iqtisodiy xavfsizligiga salbiy ta‘sir qiluvchi ma‘lumotlar raqo-
batchilar manfaatlariga xizmat qilmasligi kerak. Bundan tashqari taqdim etilgan 
biznes-reja hamkor yoki investorda qiziqish uyg‘otmasa muallifga qaytarilishi 
to‘g‘risidagi talab joylashtirish mumkin.
Biznes-rejaning 
kirish qismida
uning vazifalari va uni bajaruvchi shaxslar 
ko‘rsatiladi. Bundan tashqari ushbu loyihani yoki investitsion g‘oyani amalga 
oshirish zarurati nima uchun tug‘ilganligini ta‘kidlab o‘tish maqsadga muvofiqdir. 
Biznes-reja yuqorida aytib o‘tilganidek, murakkab tuzilmaga ega. Uning 
bo‘limlari tarkibi biznes turiga bog‘liq holda o‘zgarishi mumkin. Biroq shunga 
qaramay, biznes-rejalarning deyarli barcha turlari tarkibida eng muhim bo‘lim 
sifatida 
rezume 
– korxona va bo‘lajak biznesning qisqacha tariflanishi mavjud 
bo‘ladi. U foydalanuvchiga biznes-rejaning boshqa bo‘limlari bilan detalli ravishda 
tanishib chiqish maqsadga muvofiqligini aniqlashga yordam berishi lozim. 
Rezume 
- bu korxona, tadbirkor o‘z ishini kengaytirishi yoki yangi ish 
boshlashda o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari va biznesi to‘g‘risidagi qisqa va tez 
o‘qiladigan axborotlardir. Rezyumeni yoki boshqacha aytganda biznes 
kontseptsiyasini biznes-rejaning eng qisqa talqini sifatida ham tushunish mumkin. 
Shunga ko‘ra u mustaqil ahamiyatga ega bo‘lishi, reklama xujjati sifatida investorga 
moliyalashtirishni boshlash yoki qo‘shimcha mablag‘ni jalb qilish uchun talabnoma 
tarzida taqdim etishda qo‘llanilishi mumkin. 
Kontseptsiya mazmunini yoritish tartibiga qat‘iy talablar qo‘yilmaydi. Asosiy 
talab - mazmunan sodda va tushunarli bo‘lishi, maxsus atamalardan iloji boricha 
kamroq foydalanish. Rezyumeni oson esda qolishiga erishish lozim, unda mahsulot 
chizmasi yoki rasmini ham berish mumkin. 
Ushbu bo‘lim ustida ishlash juda ham muhim, chunki bu bo‘lim investor yoki 
kreditorlarga ko‘ngildagidek ta‘sir ko‘rsata olmasa ular biznes-rejani oxirigacha 
ko‘rib ham chiqmaydilar. Unutmaslik kerakki, biznes-rejaning aynan shu qismi 
taqdimot paytida, yangi korxona yoki yangi ivestitsion loyihani amalga oshirish 
haqida gap borganda asosiy rolni o‘ynaydi. 
Rezyume biznes-rejani tayyorlashning so‘nggi bosqichida, boshqa bo‘limlar 
haqida hamma narsa ma‘lum bo‘lgandan so‘ng tuziladi. Uning hajmi bir necha 
11
Qarang, Бринк И.Ю., Савельева Н.А. Бизнес-план предприятия. Теория и практика / Серия «Учебники и учеб-
ные пособия» - Ростов н/Д. «Феникс», 2003. - 44 - 48 betлар. 


58 
varaqdan oshmasligi hamda qisqalik va aniqlik bilan ajralib turishi lozim. 
Rezyumeda quyidagi asosiy pozitsiyalarni aks ettirish zarur: 

mazkur biznes-rejani taqdim etuvchi korxonaning missiyasi, biznes-
rejaning maqsadi, o‘ziga xos jihatlari va tarixini ifodalash; 

korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli; 

korxona shug‘ullanishi kutilayotgan biznesni tavsiflash; 

boshqaruv personalining malakasi va korxona kapitalidagi ishtiroki 
haqidagi qisqacha ma‘lumotlar; 

bozordagi va tarmoqdagi vaziyatni tavsiflash; 

korxona mahsuloti (xizmatlari) va uning raqobatchilar mahsulotlaridan 
farqi; 

loyihaning uzoq muddatli va qisqa muddatli maqsadlari, kutilayotgan 
daromad va ishlab chiqarishning o‘sishi; 

belgilangan maqsad va vazifalarga erishishning taktik rejasi; 

zarur investitsiyalar miqdori va ulardan foydalanish yo‘nalishlari;

investitsiya qo‘yilmalaridan foydalanishning moliyaviy natijalari; 

kutilayotgan tavakkalchiliklar va investorlar uchun mukofotlar; 

korxonaning ishlash sharoitlari, uni yaratish va ro‘yxatdan o‘tkazish 
haqidagi ma‘lumotlar; 

korxona rahbariyatining telefonlari. 
Rezyume biznes-rejaning «yuzi», barcha g‘oyalar, fikr-mulohazalar va ularni 
amalga oshirish yo‘llari «yig‘indisi» ekanligi sababli u birinchidan, batafsil o‘ylab 
ko‘rilishi va har tomonlama tekshirilishi, ikkinchidan esa korxonaning asosiy 
missiyasini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lishi lozim. 
Rеzyumеni rasmiylashtirishning taxminiy tartibi: 
Loyihani mohiyati_______________________________________________________
Taklif etilayotgan biznеsning asosiy ustuvor va nodir jixatlari, uning rivojlanish istiqbollari 
Biznеs-rеjaning maqsadi va vazifalari________________________________________ 
Iqtisodiy asoslash va loyiha samaradorligi_____________________________________ 
Asosiy moliyaviy natijalar va invеstor hamda ishlab chiqaruvchi uchun mo`ljallanayotgan, 
bashorat qilinayotgan samaradorligi.
Firma, tadbirkor to`g`risidagi ma'lumotlar_____________________________________ 
Korxonaning tashkil etilgan va kеngaytirilgan sanasi, tashkiliy huquqiy shakli, kapitalning 
tuzilmasi (chiqarishga ruhsat bеrilgan aktsiyalar soni, chiqarilgan va muomiladagi aktsiyalar soni, 
ularning nominal qiymati va birja bahosi), korxona hisob raqami ochilgan asosiy bank, korxonaning 
ixtisoslashuvi va rivojlanish tarixi, asosiy istе'molchilar.
Korxona rеsurslari, uning joriy moliyaviy xolati. Tadqiq etilayotgan ishlab chiqarish nuqtai-
nazaridan bozordagi va tarmoqdagi holatining bayoni. 
Boshqaruv xodimlari_____________________________________________________ 
Firma rahbariyati, buxgaltеr va yurist, asosiy mеnеdjеrlar, ularning malakasi, ma'lumoti, ish 
staji va boshqa ma'lumotlar. 
Firmaning tashkiliy tuzilmasi, undagi asosiy tashkiliy-ishlab chiqarish va boshqaruv 
bo`linmalari. 
Xarajatlar rеjasi_________________________________________________________ 
Korxonaning uzoq muddatli va qisqa muddatli stratеgiyasi. Ma'lumotlarni jadval shaklida 
kеltirish maqsadga muvofiqdir. 


59 
Masalan: 
Stratеgiya 
Stratеgiyani amalga 
oshirishning aniq vazi-
falari 
Tadbirlar rеjasi 
Amalga oshirish 
muddatlari 
-------------- 
--------------- 
Moliyalashtirish_________________________________________________________ 
Invеstitsiyalarga bo`lgan talab, ulardan foydalanish yo`nalishlari, taklif etilayotgan 
moliyalashtirish manbalari, invеstitsiyalash xavf-xatarlari (tavakkalchiligi). 
Qarzga olingan mablag`larni qaytarish rеjasi___________________________________ 
Krеditni kafolatlangan qaytarish muddatlari, invеstitsiyalash shartlari, invеstorning kapital 
kiritishdan olingan samarasining shakli 
Invеstitsiyaning qaytarish kafolatlari_________________________________________ 
10.Biznеs-rеjaning yo`naltirilganligi__________________________________________ 
Invеstor yoki krеditor uchun xamkorlar yoki aktsionеrlar uchun ta'sischilar uchun, 
korxona rahbariyati yoki tadbirkorning o`zi uchun, davlat yoki maxalliy xokimiyatdan yordam olish 
uchun. 
Bo‘limning asosiy vazifasi shundaki, menedjerlarning biznes-rejaning asosiy 
qoidalarini tushunishlarini, shuningdek, ularni qisqa, aniq va lo‘nda ifodalay olish 
imkoniyatini namoyish etish hisoblanadi. Rezyume rahbariyatning rejaning asosiy 
qoidalariga bo‘lgan real munosabatini aks ettirishi lozim. 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin