55
Qisqa xulosalar
Biznes-reja – korxonaning muhim hujjati bo‘lib, uni tayyorlash ko‘p vaqt va
xodimlarning ishtirokini talab qiladi. Shu sababli biznes-rejani ishlab chiqish jarayoni
korxona rahbariyati tomonidan ma‘lum ma‘noda boshqarilishni talab qiladi.
Biznes-rejani ishlab chiqarishga rahbarlik qilish mos ravishda javobgarlik va
mas‘uliyatni ham anglatadi. Bajarilgan hisob-kitoblar, ko‘rsatkichlar va biznes-reja
tarkibining ishonchliligi uchun asosan korxona rahbari javobgar hisoblanadi.
Biznes-rejani tayyorlashni samarali boshqarishdan uni tayyorlash uchun eng kam
vaqt sarflanishi dalolat beradi. Eng optimal variant – rejadagi yangi yil boshiga biznes-
rejaning tayyor bo‘lishidir.
Biznes-rejaning resurslar bilan ta‘minlanganligi ushbu hujjatning muhim bir talabi
va shu bilan bir paytda uning hayotiyligini aks ettiruvchi ko‘rsatkich hamdir. Bu erda
rejadagi davr uchun mahsulot ishlab chiqarishda qachon, qancha va qanday resurslar
talab qilinishi va ularni qoplash manbalarini aniqlash kabi masalalar hal etilishi lozim.
Korxona bozor subyekti sifatida hozirgi sharoitlarda istasa-istamasa biznes va
tadbirkorlik bilan bog‘liq bo‘ladi. Bozor talabi korxona faoliyatini o‘lchab turuvchi
o‘ziga xos «barometr» vazifasini bajaradi. Bu esa korxonani o‘z biznesini sug‘urtalash,
ayniqsa, tijorat, moliyaviy va boshqa bir qator tavakkalchiliklarning oldini olishni talab
qiladi.
Dostları ilə paylaş: