Ызбекистон республикаси олий ва ырта



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/147
tarix24.09.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#147906
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   147
biznes - rejalashtirish (2)

 
Xarajatlar bashorati. 
Bo‘lim ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini 
hisoblash bilan tugallanadi. Bo‘limga ishlab chiqariladigan mahsulot kalkulyatsiyasi va 
ishlab chiqarish xarajatlari smetasining barcha muddatlari bo‘yicha hisoblar ilova qi-
linadi. Moddiy resurslarga bo‘lgan talabni jadval shaklida berish mumkin
Biznes-rejada material-xom ashyo va yoqilg‘i-energetika resurslarini sotib olish 
shartlari, etkazib beriladigan resurslarning nomenklaturasi, muddatlari va bahosi nuqtai 
nazaridan ta‘minotchilarning ishonchliligini ko‘rsatib o‘tiladi.
Mahsulotni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari smetasi 9.4-jadval shaklida 
rasmiylashtirilishi mumkin. 
9.4-jadval. 
Ishlab chiqarish xarajatlari smetasi. 
Davrlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar miqdori 
200___y. 
200___y. 
200_y. 
I
chorak 
II
chorak 
III 
chorak 
IV 
chorak 

yarim 
yil 
II 
Yarim 
yil 
Moddiy xarajatlar 
Ish haqi bo‘yicha xarajatlar 
Ijtimoiy maqsadlarga to‘lovlar 
Asosiy vositalar amortizatsiyasi 
Boshqa xarajatlar 
Xarajatlar elementlari bo‘yicha 
ja‘mi 
Doimiy xarajatlar 
O‘zgaruvchan xarajatlar 
Izoh:
1. Doimiy xarajatlaga quyidagilar kiradi: amortizatsiya, bino ijarasi, kreditlarbo‘yicha foizlar, 
vaqtbay ish haqi va sug‘urta to‘lovlari, ma‘muriy xarajatlar va x.k. 
2. O‘zgaruvchan xarajatlar - bu xom ashyo, materiallar, texnologik yoqilg‘i, elektr energiyasi, ishbay 
ish haqi va x.k. 
Qisqa xulosalar 
Biznes-rejaning «Ishlab chiqarish rejasi» bo‘limi vazifasi korxonaning 
belgilangan muddatda kerakli mahsulotni kerakli miqdorda ishlab chiqarish 
imkoniyatlarini asoslab berishdan iborat.
Ishlab chiqarish rejasi ishlab chiqarish jarayonini bayon qilish, korxonaning ishlab 
chiqarish quvvatlari va resurslar ta‘minotini asoslab berish, ishlab chiqarish rejasi 
ko‘rsatkichlarini hisob-kitob qilishni qamrab olishi lozim. 
Ishlab chiqarish rejasini ishlab chiqarish quvvatlari bilan ta‘minlanganligini 
asoslab berish, ishlab chiqarish muddatining davomiyligi, ishlov beriluvchi detallar 
hajmi va operatsiyalar yig‘indisi kabi hisob-kitoblarni nazarda tutadi. 
Ishlab chiqarish dasturining asoslanganligi moddiy va xom ashyo resurslariga 
ehtiyojlar bilan mustahkamlanadi. Bunday hisob-kitoblarni ulardan foydalanish 
samaradorligini, shuningdek, xarid qilish va moliyalashtirish manbalarini hisobga olgan 
holda amalga oshirish zarur. 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin