108
qoidaga, deyarli zaruratga aylanib bormoqda.
Biroq, korxona muvaffaqiyati yo‘lidagi
butun jamoaning, kollektivning
harakatlari ilmiy menejment tamoyillari va talablariga zid kelmasligi kerak.
Birinchidan, jamoaning har bir a‘zosi – oddiy ishchidan to birinchi rahbargacha
korxonada belgilangan qonun-qoidalarga asosan o‘z vazifa va majburiyatlarini
bajarishi, ikkinchidan, mansabdor shaxslar, bo‘linma va xizmatlar o‘rtasidagi o‘zaro
bo‘ysinishning ta‘minlanishi, uchinchidan esa, boshqaruvni
tashkil qilishda chuqur
bilimga ega xodimlarni tanlash va samaradorlik ta‘minlanishi lozim.
Ma‘lumki, har bir shaxs o‘ziga yarasha alohida hususiyatlarga ega bo‘ladi.
Agar rahbar xodim, mutaxassis o‘z salohiyatini to‘liq ochib berishini istasa
boshqaruv jarayonida har bir shaxsga o‘ziga xos yondashishi zarur. Inson tabiatini
yaxshi bilmagan rahbar muvaffaqiyatga umid qilishi qiyin, tashkiliy reja esa
qog‘ozda qolib ketadi. Tajribalarning ko‘rsatishicha, ko‘plab qo‘l
ostidagi xodimlar
faoliyati ko‘p jihatdan rahbariyat bilan munosabatlar xarakteriga bog‘liq bo‘ladi.
Aynan rahbariyat kimning nima ish qilishi va kim nima uchun javobgar bo‘lishini
belgilab beradi.
Boshqaruv san‘atidan yaxshi xabardor bo‘lish rahbariyatning turli xil ichki va
tashqi vaziyat omillarini oldindan ko‘ra bilish qobiliyatini anglatadi. Bu jarayonning
asosini rejada kutilayotgan natijalarni beradigan darajada odamlar faoliyati va ishni
tashkil qilish hisoblanadi. Bu esa ko‘p jihatdan to‘plangan ish tajribasidan tashqari,
boshqaruv usullariga, asosiy vazifalarni ikkinchi darajali vazifalardan ajrata olish,
jamoaning va har bir shaxsning hatti-harakatlarini baholash va rag‘batlantirish
qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi.
Ko‘rinib turganidek, boshqaruvni tashkil qilish ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, o‘z
mazmuniga ko‘ra oddiy boshqaruvdan ko‘proq ma‘noni anglatadi. U odatda, avvalo,
korxona rahbariyati tomonidan boshqaruv tuzilmasi va kommunikatsiya tizimini
shakllantirish, ishlab chiqarishning borishini nazorat qilish bo‘yicha
belgilangan
boshqaruv qarorlarining qabul qilinishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Boshqacha qilib
aytganda, boshqaruvni tashkil qilish ikki xil jihatga ega: ishlab chiqarishni tashkil
qilish va ishlab chiqarishni boshqarishni tashkil qilish (10.1-rasm).
Tashkil qilish jarayonida korxonaning tanlangan rivojlanish strategiyasi bilan
uning boshqaruvi tashkiliy tuzilmasi o‘rtasidagi munosabat muhim ahamiyat kasb
etadi. Ko‘plab olim va mutaxassislar fikriga ko‘ra boshqaruv tuzilmasining
rivojlanish strategiyasiga mos kelishi eng yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishishdan
tashqari, ortiqcha boshqaruv
xarajatlarini kamaytirish, boshqaruvning tizim sifatida
moslashuvchanligi hamda korxonaning raqobatli muhitda yashovchanligi va uning
o‘sishida ham katta ahamiyatga ega. Bunday mutanosiblikka erishi korxonada
boshqaruvni tashkil qilishning asosiy vazifalaridan biridir.
Biroq bu erda ko‘p narsa korxona hajmi, mulkchilik shakli,
ish faoliyati va
boshqa belgilariga ham bog‘liq bo‘ladi. Masalan, korxona hajmi o‘sishi bilan uning
tuzilmasi ham o‘zgaradi, u yanada standartlashgan va formallashgan bo‘ladi.
Korxona hajmining kengayishi yoki kichrayishi mos ravishda boshqaruv bo‘g‘inlari
soniga ta‘sir ko‘rsatadi, boshqaruv faoliyati bilan mashg‘ul bo‘lgan xodimlar soniga
o‘zgartirish kiritadi, boshqaruv xarajatlarining o‘sishi yoki kamayishiga olib keladi.
Ayrim korxonalar o‘z tuzilmasini maxsus tashkiliy axborotnomalar chiqarish
109
yo‘li bilan formallashtiradi. Bu axborotnomalarda odatda korxonaning tarixi va uning
tashkiliy tuzilmasi, ishlab chiqarish maqsadi va turlari, rahbariyat faoliyatining
yoritilishi, kadrlar siyosati,
bandlik sharoitlari, eng kam va eng yuqori ish haqi kabi
ma‘lumotlar o‘rin oladi. Bunday axborotlar shuningdek, ko‘p hollarda korxona
faoliyatini reklama qilish va bozordagi imidjini oshirishga xizmat qiladi.