112
paytida rad qilinishini ko‘rsatish mumkin. Shu sababli
kadrlar va xodimlarni
boshqarish masalasi doimo korxona rahbariyati nigohi ostida bo‘lishi hamda ishlab
chiqarishni rejalashtirish va boshqarishda muntazam hisobga olib borilishi lozim.
Kadrlar salohiyati
bu
korxona xodimlarining korxona oldida turgan ishlab
chiqarish, fan-texnika va ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni o‘z
vaqtida va samarali
bajarish imkoniyati va bir vaqtning o‘zida qobiliyati hamdir.
Korxonada kadrlar salohiyatidan samarali foydalanish uchun kadrlar bilan
ishlash bo‘yicha bir qator tadbirlarni amalga oshirishni talab qilinadi, xususan:
kadrlarni tanlash va joylashtirish mezon va usullarini takomillashtirish;
xodimlar malakasini oshirish maqsadida kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish;
xodimlarni korxonada ushlab qolish maqsadida
ish haqi tuzilmasini
yaxshilash hamda rag‘batlantirish va imtiyozlar tizimini rivojlantirish;
mehnat faoliyatini baholash mezonlarini ishlab chiqish va ularni xodimlarga
etkazish;
mehnat sharoitlari va tashkil etilishini takomillashtirish, ya‘ni
mehnat
sifatini oshirish;
boshqa lavozimga yoki ish joyiga o‘tkazish yo‘li bilan xodimlar tajribasini
oshirish;
jamoadagi ijtimoiy-psixologik muhitni takomillashtirish.
Dostları ilə paylaş: