Ызбекистон Республикаси Олий ваг орта мащсус таълим вазирлиги


Mavzuga oid tayanch tushunchalar va iboralar



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə10/15
tarix25.01.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#80850
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
portal.guldu.uz-Олий математика

Mavzuga oid tayanch tushunchalar va iboralar.
Matritsa haqida tushuncha va ular ustida chiziqli amallar, teskari matritsani topish, chiziqli tenglamalarning matritsaviy yozuvi va uni echish usuli.
Mavzuga oid muammoli savollar.
1. Kvadrat matritsalar.
2. Xosmas matritsa.
3. Transponirlangan matritsa.
4. Matritsalar ustida amallar.
1-asosiy savol.
Matritsa va ular ustida amallar.
O’qituvchining maqsadi:
Talabalarga matritsa haqida tushuncha berish, matritsalar ustida bajariladigan amallarning xossalari bilan tanishtirishdan iborat.
Identiv – o’quv maqsadlari:
1. Kvadrat matritsa va to’g’riburchakli matritsalarning o’zaro farqini
ajrata oladilar.
2. Matritsalarni qo’shish, matritsalarni songa ko’paytirish,
matritsalarni o’zaro ko’paytirish amallarini bajara oladi.
1-asosiy savolga oid muammoli savollar.
1. Kvadrat matritsa. Xos va xosmas matritsalar.
2. Transponerlangan matritsaning xossalari.
3. Diogonal matritsa.
4. Skalyar matritsa.
5. Matritsalarning tengligi.
6. Matritsalarni qo’shish va ko’paytirish.
7. Ko’paytma matritsa.
1-asosiy savolning bayoni.
Determinantlar va chiziqli bir nechta noma’lumli tenglamalar sistemalarini o’rganishda biz sonlardan tuzilgan quyidagi jadvallarni qaragan edik:

Bu jadvallarga matritsa deb ataladi. Matritsani tashkil etuvchi sonlar matritsaning elementlari deyiladi.
Agar matritsaning satrlari soni ustunlari soniga teng bo’lsa, bunday matritsa kvadrat matritsa deb ataladi. Satrlari soni ustunlari soniga teng bo’lmagan matritsa to’g’riburchakli matritsa deb ataladi. Bundan tashqari matritsa ba’zan sonlar to’plami ko’rinishida ham berilishi mumkin. Bunday ko’rinishdagi matritsa satr-matritsa, ko’rinishda bo’lsa, bunday matritsa ustun-matritsa deb ataladi.
Kvadrat matritsaning elementlaridan tuzilgan determinant bu matritsaning determinanti deb ataladi.
Matritsani A,B,C… harflar bilan, uning elementlari bilan kichik xarflar bilan belgilanadi. Masalan,


A va B-kvadrat matritsa, C va D-to’g’ri burchakli matritsa, P-ustun matritsa, E-satr matritsalar deyiladi. Bu matritsalarning o’lchami quyidagicha aniqlanadi: A 2x2 o’lchamli (ikki satrli va ikki o’lchamli), B 3x3 o’lchamli kvadrat matritsalar, C 3X4 o’lchamli, P 4x1, E 1x5 o’lchamli matritsalardir. Bumatritsalarning determinanti esa quyidagicha yoziladi:

Agar kvadrat matritsaning determinanti noldan farqli bo’lsa, bunday matritsa xosmas matritsa deb ataladi. Agar matritsaning determinanti nolga teng bo’lsa, bunday matritsa xos matritsa deb ataladi.
Masalan, matritsa xos matritsadir, chunki

matritsa xosmas matritsadir,chunki

Agar mxn o’lchamli A maritsaning sair va ustun elementlarining o’rinlarini almashtirilsa, hosil bo’lgan matritsa A ga nisbatan transpoterlangan matritsa deyiladi va yoki bilan belgilanadi. Transporterlangan matritsaning tartibi mxn o’lchamli bo’ladi.
A kvadrat matritsa bo’lsa, u holda A va matritsalarning tartiblari bir xil bo’ladi. Transponerlangan matritsa uchun quyidagi xossalar o’rinli:
1. Ikki marta transponerlangan matritsa dastlabki matritsaning o’ziga teng, ya’ni .
2. Transponerlangan ko’paytma matritsa uchun quyidagi tenglik o’rinli:

Agar tenglik o’rinli bo’lsa, u holda A kvadrat matritsa simmetrik matritsa deyiladi.
Masalan:

Simmetirik matritsa, chunki bosh dioganaliga nisbatan simmetrik joylashgan elementlari jufti-jufti bilan o’zaro teng.
Agar kvadrat matritsaning hamma bo’lgan elementlari nolga teng, elementlari esa noldan farqli bo’lsa, bunday matritsa diogonal matritsa deyiladi. Masalan:

matritsa diogonal matritsadir.
Agar diogonal matritsa A da bo’lsa, A matritsa skalyar matritsa deyiladi.
1. Matritsalarning tengligi.
Agar A va V matritsalarning satirlari va ustunlari soni bir xil hamda ularning mos elamentlari teng bo’lsa, bo’nday matritsalar teng (AqV) matritsalar deb ataladi. Masalan, agar
va bo’lib, , bo’lsa,
u holda AqV dir.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin