Ызбекистон Республикаси Олий ваг орта мащсус таълим вазирлиги



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə15/15
tarix25.01.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#80850
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
portal.guldu.uz-Олий математика

Matritsaning rangi. Ushbu mxn o’lchamli A matritsa berilgan bo’lsin:
(8)
(8) matritsada ixtiyoriy k ta ustun va k ta satirni ajratamiz. Ajratilgan satrlar va ustunlar kesishgan joyida turgan elementlar k- tartibli kvadrat matritsa hosil qiladi. Shu hosil qilingan k-tartibli kvadrat matritsaning determinanti A matritsaning k-tartibli minori deb ataladi.
Masalan, uchta satr va beshta ustunga ega bo’lgan

maritsa uchun 3-tartibli minorlardan biri

determinant bo’lib, u matritsaning 1-chi, 2-chi, 3-chi satirlarini va 1-chi, 2-chi, 3-chi ustunlarini ajratishdan hosil bo’ladi. 2-chi tartibli minorlardan biri, masalan determinant bo’ladi.
Ta’rif. Matritsaning rangi deb, uning noldan farqli minorlari tartiblarining eng kattasiga aytiladi.
Agar matritsaning rangi r teng bo’lsa, Buning ma’nosi A matritsada xech bo’lmaganda bitta noldan farqli r-tartibli minor borligini, biroq r dan katta tartibli har qanday minor nolga tengligini bildiradi. A matritsaning rangi A yoki r(A) ko’rinishida belgilanadi.
Misol. Ushbu matritsaning rangini aniqlayliq:

Uning istalgan 4-chi minori nolga teng:
(bitta satrining elementlari nolga teng bo’lgan determinant bo’lgani uchun )
Uchinchi tartibli minorlaridan biri esa noldan farqli,

Demak, berilgan matritsaning rangi 3ga teng, ya’ni r(A)q3. Matritsaning rangini aniqlashda, odatda, ko’p sondagi determinant-larni hisoblashga to’g’ri keladi. Bu ishni osonlashtirish uchun maxsus usullardan foydalaniladi. Bu usullarni bayon qilishdan oldin matritsani elementlar almashtirishlar haqida tushuncha kiritamiz. Quyidagi almashtirishlar elementar almashtirishlar hisoblanadi:

  1. matritsani transponirlanganda uning rangi o’zgarmaydi;

  2. matritsa satr (ustun)larning o’rnini almashtirish uning rangini

o’zgartirmadi;

  1. matritsa satri(ustun)ning barcha elementlarini noldan farqli songa ko’paytirilsa, uning rangi o’zgarmaydi;

  2. matritsaning biror satri(yoki ustuni)ni ixtiyoriy songa ko’paytirib, uning boshqa satri(yoki ustuni)ga qo’shilsa, uning rangi o’zgarmaydi;

  3. matritsada nolli satr(yoki ustun)ni chiqarib tashlansa, uning rangi o’zgarmaydi;

  4. matritsada biror satrlar(yoki ustunlar) elementlarining chiziqli kombinatsiyasidan iborat bo’lgan satr(yoki ustun)ni chiqarib tashlansa, matritsaning rangi o’zgarmaydi.

Bir-biridan elementlar almashtirishlar natijasida hosil
qilingan matritsalar ekvivalent matritsalar deb ataladi. Ekvivalent matritsalar bir-biriga teng emas, ammo ularning ranglari iyeng bo’lishini isbotlash mumkin.
Misol. Matritsaning rangini hisoblang.

Echish. Berilgan matritsaning birinchi satri elementlarini 2 ga bo’lib, ushbu ekvivalent matritsani hosil qilamiz:

Matritsaning birinchi satrini 3 ga va 5 ga ko’paytirib mos ravishda 2-chi va 3-chi satrlaridan ayirib, ushbu matritsani hosil qilamiz:

matritsaning 3-chi satrini –3ga bo’lib, 2-chi satrga qo’shamiz:

matritsada nollardan iborat satrini tashlab,

matritsani hosil qilamiz. matritsaning rangi ikkiga tengligi ravshan. Demak, berilgan matritsaning rangi ham ikkiga teng, ya’ni r(A)q2.

Nazorat topshiriQlari.





  1. Quyidagi tenglamalar sistemalarini matritsalardan foydalanib

eching:
a) b) v)



  1. Ushbu matritsalarning rangini ikki xil usul bilan(elementlar

almashtirishlar va minorlar orqali) topib, natija bir xil bo’lishini
ko’rsating:
a) b) v)
Foydalanilgan adabiyotlar.



  1. Yo.U.Soatov. Oliy matematika 1-qism. Toshkent, 1992 y.

  2. V.P.Minorskiy. Oliy matematikadan masalalar to’plami.T.,O’qituvchi, 1984y.

  3. F.Rajabov, A.Nurmetov. Analitik geometriya va chiziqli algebra. Toshkent.,1990 y.

  4. I.Ya.Bakelman. Analitik geometriya va chiziqli algebra. Toshkent

.,1978 y.

  1. X.Latipov, Sh.Tojiyev. Analitik geometriya va chiziqli algebra.

Toshkent.,1995 y.
Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin