Ызбекистон республикаси



Yüklə 179,23 Kb.
səhifə7/13
tarix28.11.2023
ölçüsü179,23 Kb.
#169122
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
KOMPYUTER TARMOQLARI

Ишчи станция





Ишчи станция



Ишчи станция







Ишчи станция


Yulduzsimon tarmog`i tarmoqning asosini server tashkil qiladi, unga ishchi stantsiyalarning har biri o`zining aloqa liniyasi bo`yicha ulanadi. Barcha ma’lumot markaziy uzel orqali uzatiladi, u tarmoqdagi ma’lumot oqimlarini retranslyatsiya qiladi, qayta ulaydi va marshrutlaydi.

Bunday tarmoq o`zining tuzilishi bo`yicha, aslini olganda, teleqayta ishlash tizimiga o`xshash bo`ladi, unda hamma abonent punktlari intelektual bo`ladi(o`zining tarkibiga EHM ni oladi).

Kamchiliklari:


  • Markaziy apparaturaning yuqori yuklanganligi;

  • Markaziy apparatura ishdan chiqqanda tarmoq ishga yaroqligini butunlay yo`qotishi;

  • Aloqa liniyasining juda cho`zilib ketganligi;

  • Ma’lumotni uzatish yo`lini tanlashda moslashuvchanlikning yo`qligi.

Yulduzsimon tarmoqlar ochiqdan ochiq ifodalangan markaziy boshqariladigan ofislarda ishlatiladi
Lokal tarmoqda kompьyuterlar orasidagi masofa yaqin bo`lganligi bois, telefon kanallaridan foydalanmasdan axborotni uzatish tezligini oshirish mumkin. Lokal kompьyuter tarmoqlarida foydalanuvchilar uchun ikkita struktur-funktsional bo`g`in: ishchi stantsiyalari va serverlar juda muhim hisoblanadi.
Ishchi stantsiyalar - Bu tarmoqqa ulangan kompьyuter bo`lib, u orkali foydalanuvchi tarmoq resurslariga murojaat qila oladi. Tarmoqning ishchi stantsiyasi, ham tarmoqli xam lokal rejimlarda ishlay oladi.
Server - Bu tarmoqning barcha ishchi stantsiyalar so`rovlarini qayta ishlash uchun ajratilgan ko`p foydalanuvchili kompьyuter bo`lib, u bu stantsiyalarga umumiy tizim resurslariga murojaat qilish imkonini beradi va bu resurslarni taqsimlaydi.
3. Tarmoqning texnik vositalari.
Firmaning turli bo`limlarida va filiallarida turli vaqtlarda paydo bo`lgan turli xil LHT larini firma ichida birlashtirish zarurati paydo bo`lishi mumkin. Bunday birlashtirish xech bo`lmaganda boshqa tizimlar bilan qiymatlar almashishni tashkil etish uchun ba’zida keraklidir.
Kerakli ma’lumot resurslariga chiqishga bo`lgan intilish LHT ni yuqoriroq darajadagi tarmoqlarga ulashni talab etishi mumkin.
Tarmoqlarni bir biri bilan o`zaro ulash uchun tarmoqlararo interfeys sifatidan takrorlagichlar, ko`priklar, marshrutlovchi va shlyuzlar ishlatiladi.
Takrorlagichlar (repitor) elektr signallarni kuchaytiruvchi va signalni uzoq masofaga uzatishda uni shaklini amplitudasini saqlashni ta’minlaydigan qurilmadir.
Ko`priklar (bridge) OSI tarmoqli daraja bayonnomalari bilan tasvirlanadi, oluvchilarning adreslariga mos ravishda paketlarni filьtrlashni bajarib, tarmoqli va undan yuqori darajalarda ma’lumotlarni uzatishning bir xil bayonnomalarini ishlatuvchi tarmoklar urtasidagi grafikni rostlaydi.
Marshrutlovchilar (router) OSI bayonnomalarni transportli darajasida tavsiflanadi va o`zining funktsiyalarini bajaradi va mantiqiy bog`lanmagan tarmoqlarning ulanishini ta’minlaydi; ular axborotni tahlil qiladi, uning keyingi eng yaxshi yo`lini aniqlaydi, uni boshqa tarmoqda moslashtirish va uzatish uchun ba’zi bir bayonnomali o`zgartirishlarni bajaradi, kerakli mantiqiy kanal yaratadi va vazifasi bo`yicha axborotni uzatadi.
Shlyuzlar (gateway) OSI ning turli bayonnomalarini uning hamma darajalarida ishlatuvchi hisoblash tarmoqlarini birlashtirish imkonini beruvchi qurilmadir; ular OSI madelining barcha ettita boshqarish natijasi uchun bayonnomali o`zgartirishlarni bajaradi.
Ko`priklar, marshrutlovchilar va shlyuzlar lokal hisoblash tarmog`ida bu, odatta, dastur ta’minotli va qo`shimcha apparaturali maxsus ajratilgan EHM dir.

Yüklə 179,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin