Ызбекистон республикаси


Lokal tarmoqning fayl-serveri va ishchi stantsiyalariga qo`yiladigan talablar



Yüklə 179,23 Kb.
səhifə8/13
tarix28.11.2023
ölçüsü179,23 Kb.
#169122
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
KOMPYUTER TARMOQLARI

4. Lokal tarmoqning fayl-serveri va ishchi stantsiyalariga qo`yiladigan talablar.

Lokal tarmoqning fayl-serveriga qo`yiladigan talablar. Novell Net Ware LHT ning asosiy bo`g`ini faylli server hisoblanadi. Unda tarmoq operatsion tizimi, ma’lumotlar bazasi va foydalanuvchilarning amaliy dasturlari joylashtiriladi. SHuning uchun fayl-server tarmoqdagi eng kuchli kompьyuter bo`lishi kerak, chunki butun tarmoqning unumdorligi va funktsional imkoniyatlari unga bog`liqdir.


Fayl- server sifatida tezkor xotirasining sig`imi 16-32 Mbaytdan kam bo`lmagan kompьyuter bo`lishi kerak. Fayl-server vinchesterining sig`imi 1200-3000 Mbaytni tashkil etishi lozim.
Fayl-server ishining ishonchliligi tarmoq ishining ishonchliligini aniq belgilagani uchun qattiq diskdagi ma’lumotlarni adashtirish va yo`qotishdan himoya qilish uchun maxsus choralarni ko`rish kerak.
Lokal tarmoq ishchi stantsiyalariga qo`yiladigan talablar. Ishchi stantsiya vazifasini bajaruvchi kompьyuter foydalanuvchiga uning hamma amaliy masalalarini echish imkoniyatini ta’minlashi kerak. Ishchi stantsiyalarga talab fayl-servernikiga qaraganda oddiyroqdir. Foydalanuvchilarning ko`pchilik qismini 8-16 Mbayt sig`imli tezkor xotira va 650 Mbayt sig`imli vinchester to`la qondiradi.

Agar ishchi stantsiya faqat tarmoqli ishlash rejimiga mo`ljallangan bo`lsa, u holda unga, aslini olganda, vinchester ham, egiluvchan disklar ham kerak emas. Ishchi stantsiyalarni disklarsiz ishlatish imkoniyati paydo bo`ladi. Bunday stantsiyalardagi operatsion tizim ishchi tizim stantsiyadagi tarmoqli plataga o`rnatilgan doimiy eslab qoluvchi qurilmadan fayl-server boshqaruvi asosida masofadan turib yuklanadi. SHu bilan bir vaqtda disklarsiz ishchi stantsiyalar asosida qurilgan LHT da fayl-serverga yuklama keskin oshib ketadi va stantsiyada avtonom rejimda ishlash imkoniyati inkor qilinadi.

Global tarmoq turlari va ularning o`ziga xos xususiyatlari.


  1. Global tarmoq(Internet) haqida tushuncha.

  2. Internetning paydo bo`lishi.

  3. Internetga bog`lanish turlari.

1. Global tarmoqlar.
Global kompyuter tarmoqlari turli mamlakatlarda turli kit’alarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Obonentlar orasida aloqa bunday tarmoqlarda telefon liniyalarida, radio aloqa, sputnik aloqa tizimlari asosida amalga oshiriladi.
Global tarmoq – dunyoning ixtiyoriy davlatidagi kompyuterlarni o`zida birlashtirish imkoniga ega bo`lgan tarmoq bu tarmoq Internet deb ham yuritiladi.




Yüklə 179,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin