Kommutatsiya yullari orqali IP bog`lanishda foydalanuvchi modemi provayder kompьyuteriga
bog`lanadi (telefon orkali). Bunday bog`lanishning mohiyati shundan iboratki, bu xolda TCPFIP qaydnomasi formatida maxsus qaydnoma asosida ma’lumotlar almashishni ta’minlovchi dasturiy ta’minotidan foydalanadi. Uzoqlashgan kompьyuter javob bergandan keyin bu dasturiy ta’minot foydalanuvchi xaqidagi ma’lumotlarni unga jo`natadi. Ro`yxatdan o`tish muvaffaqiyatli kechsa, unda bemalol ish boshlash mumkin.
Texnika xavfsizligi qoidalari va sanitariya-gigiena talablari Informatika sinfida inson hayoti va sog'lig'i uchun xavf tug'diruvchi omillarga
A) elektr toki urishi;
B) yong'in chiqish xavfi;
V) yuqori chastotali va lazer nurlanish manbalari mavjudligi;
G) o'ta zaharli moddalardan zaharlanishlar kiradi.
Elektr tokidan foydalanish qoidalari Elektr toki elektr zaryadlarining harakati bo'lib, elektr zaryadlarining bir turdagi manbasidan ikkinchi tur manbasi tomon harakatlanishidan vujudga keladi, deb qabul qilingan. Tabiatdagi barcha narsalarda, xususan inson organizmida ham elektr zaryadlari mavjud bo'lib, ular o'zaro muvozanatda turadi va hayot uchun hech qanday xavf tug'dirmaydi. Bundan tashqari, inson tanasi a'zolarining faoliyati o'ta kuchsiz elektr signallari yordamida amalga oshiriladi va boshqariladi.
Lekin inson organizmidan elektr toki oqib o'ta boshlaganda, bu muvozanat va zaryadlarning joylashish tartibi o'zgaradi va juda qisqa vaqtda insonning yurak, miya kabi o'ta muhim a'zolarining tiklab bo'lmaydigan darajada ishdan chiqishiga, ya'ni inson o'limiga olib keladi. Inson hayoti uchun butun tana bo'ylab, masalan bir qo'ldan ikkinchisi tomon yoki qo'ldan oyoqqa qarab o'tadigan elektr toki eng xavfli hisoblanadi. Odatda, tok urganda elektr toki inson tanasi orqali erga o'tib ketadi. Shu sababli informatika xonasini beton polli xonalarga yoki binoning erto'lalariga joylashtirish qat'iyan ta'qiqlanadi va sinf xonasining poli elektr tokini o'tkazmaydigan qilib (masalan taxtadan) yasalishi va barcha kompyuterlarning korpuslari yerga ulanishi (yoki elektr ta'minotining yevroandozalarga moslab ulanishi) talab qilinadi.
Inson tanasidan bor-yo'g'i 10 milliamper elektr toki oqib o'tishi ayanchli voqealarga olib keladi, bu esa uyali telefondagi elektr tokidan bir necha marta, cho'ntak fonaridagidan bir necha o'n marta kamdir. Uyali telefon va cho'ntak fonarining inson hayoti uchun xavfsizligiga sabab, ulardagi elektr toki kuchlanishining kichikligidir (3-12 Volt). Inson tanasi orqali yuqori kuchlanishdagi elektr tokining o'tishi va inson tanasining elektr tokiga qarshiligining kamayib ketishi hayot uchun eng xavfli omillardir.
Yuqori kuchlanish (220 Volt) yuradigan simlarning barchasi, shu jumladan uzaytirgichlarning, kompyuter va boshqa elektr qurilmalarining elektr ta'minotiga ulanish simlarining ikki marta izolyasiya qilinganligi talab qilinadi. Kompyuter xonasida faqat ovoz kuchaytirish qurilmalari, skanerlar kabi elektr quvvatini kam iste'mol qiluvchi qurilmalar bitta izolyasiyali simlar bilan elektr tarmog'iga ulanadi. Shu sababli, ular boshqa elektr qurilmalaridan alohida turishlari va ularning oldiga o'quvchilar kela olmasligi lozim.
Zamonaviy kompyuter texnikasida sistema blokining old tomonidagi tugma kompyuterni elektr tarmog'idan butunlay uzmaydi. Buning uchun kompyuter korpusining orqa tomonidagi tugmadan foydalanish kerak. Agar kompyuter korpusida bunday tugma bo'lmasa, bunday tugmasi bor maxsus uzaytirgichlar orqali kompyuterni elektr tarmog'iga ulash lozim. Bundan tashqari, sinfdagi barcha kompyuterlarni elektr tarmog'idan uzuvchi yagona uzgich ham bo'lishi kerak.