Ызбекистон республикаси


BlueTooth –kabelsiz tarmoq



Yüklə 179,23 Kb.
səhifə6/13
tarix28.11.2023
ölçüsü179,23 Kb.
#169122
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
KOMPYUTER TARMOQLARI

BlueTooth –kabelsiz tarmoq.

BlueTooth - kabelsiz tarmoq standartidir. Ishlash radiusi 10- 100 metr oralig’i bo’lib, 2.5 GGts chastotada ishlaydi. O’tkazish tezligi 1Mbit/sek. Albatta qurilmalar ham bu standart uchun mo’ljallangan bo’lishi shart. Shuningdek, qo’l (mobilniy) telefoni bilan aloqa bog’lash mumkin. Agar telefon operatori (masalan, Uzdunrobita) Internetga bog’lash imkonini bersa, u holda kompyuterdan va qo’l telefonidan foydalangan holda simsiz Internetga bog’lanish mumkin (noutbuklar uchun juda qulay).

Lokal va mahalliy kompyuter tarmog`i vazifalari.

Lokal tarmoq yaratishdan maqsad-tashkilotlar, oliy o`quv yurtlarida mavjud kompyuter parki va uning resurslari (printer, skaner, katalog, fayllari) dan unumli, tejamli foydalanishdir.


EHM ning lokal tarmoqlari bir korxona, muassasaning bir yoki bir qancha yaqin binolaridagi abonentlarni bog`laydi. Masalan kollejda kompьyuter xonalari lokal tarmog`i orqali ulangan. Lokal tarmoqlar juda keng tarqalgan. CHunki 80-90% axborot o`sha tarmoq atrofida aylanib yuradi. Lokal tarmoqlari xar qanday tuzilmaga ega bo`lishi mumkin. Lekin lokal tarmoqdagi kompьyuterlar yuqori tezlikka ega yagona axborot uzatish kanali bilan bog`langan bo`ladi. Lokal tarmoqda EHM lar orasidagi masofa uncha katta emas-10 km gacha, radiokanal aloqasidan foydalanilsa-20 km. Ko`p hollarda o`zining lokal ma’lumotli tizimiga xizmat ko`rsatayotgan Lokal kompьyuter tarmog`i boshqa hisoblash tarmoqlari, ichki va tashqi, xatto xududiy va global tarmoqlar bilan bog`langandir. Xar qanday xisoblash tarmog`ining asosiy vazifasi unga ulangan foydalanuvchilarga ma’lumotli va hisoblash resurslarini taqdim etishdir.

2. Lokal tarmok turlari va ularning o`ziga xos xususiyatlari.


Lokal hisoblash tarmog`ini uchta sxema orqali ulashimiz mumkin.



Ишчи станция



Ишчи станция

Ишчи станция









Ишчи станция

Ишчи станция




Shinali ulanish-chiziqli ma’lumotlarni ishlatish kanalini ishlatadi, unga nisbatan qisqa biriktiruvchi liniyalar vositasi bilan interfeys plata orqali barcha uzellar ulangandir. Tarmoqning uzatish uzelidan ma’lumotlar shina bo`yicha ikkita tomonga tarqatiladi. Oraliqdagi uzellar kelayotgan axborotlarni translyatsiya(olib ko`rsatish) qilmaydi. Ma’lumot hamma uzellarga keladi, lekin axborotni kimga yuborilgan bo`lsa, o`sha qabul qiladi.
Shinali ulanish eng oddiy tarmoqlardan biridir. Bunday tarmoqni engil kuchaytiriladi va konfiguratsiyalanadi hamda turli xil tizimlarga moslashtiriladi; u alohida uzellarning mumkin bo`lgan nozozliklariga nisbatan turg`indir. SHinali tarmoqkeng ma’lum bo`lgan Ethernet tarmog`i va uning bazasida tashkil etilgan, ofislarda ishlatiladigan, masalan, Net Ware Novell tarmog`i ham ishlatiladi.

Halqali tarmog`ida (aylanma ulanish) hamma uzellar aloqa kanallari bilan umumiy yopiq halqaga ulangan. Tarmoq bir uzelining chiqishi keyingisining kirishi bilan ulanadi. Halqa bo`yicha ma’lumot uzeldan uzelga uzatiladi va har bir uzel yuborilgan axborotni retranslyatsiya qiladi. Buning uchun har bir uzelda tarmoqda ma’lumotlarning o`tishini boshqarish imkonini beradigan o`zining interfeysli va uzatuvchi-qabul qiluvchi apparaturasi bor. Uzatuvchi-qabul qiluvchi apparaturani soddalashtirish maqsadida halqa bo`yicha qiymatlarni uzatish, ko`pincha, faqat bir yo`nalishda bajariladi. +abul qiluvchi uzel faqat unga yuborilgan axborotni qabul qiladi va anglab oladi.


O`zining moslashuvchanligi va ishonchliligi bilan amaliyotda keng tarqalgandir.


Yüklə 179,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin