Ызбекистон республикаси


VI. Kasb-hunarga yo’naltirish tizimini boshqarish



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/39
tarix31.03.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#91902
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
касбга йўллаш ўкув кўлланма

VI. Kasb-hunarga yo’naltirish tizimini boshqarish 
Kasb-hunarga yo’naltirish tizimining tashkiliy tuzilmasi aholining barcha 
qatlamlari tomonidan ongli ravishda kasb tanlashlarini ta`minlashga qaratiladi.
Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalar, o’smirlar va o’quvchi yoshlarni kasbiy 
o’zligini anglashga ko’maklashishga yo’naltirilgan asosiy ishni ta`lim tizimining 
ijtimoiy – psixologik xizmati amalga oshirishi lozim. 
Umumiy o’rta ta`lim maktablari, maktablararo o’quv ishlab chiqarish 
muassasalari, o’rta maxsus, kasb – hunar va oliy ta`lim muassasalarining shtatlariga 
kasb tanlash bo’yicha maslahatchi lavozimi kiritilmog`i lozim.
CHaqiriqqacha bo’lgan yoshlarni kasb – hunarga yo’naltirish ishlarini mudofaa 
vazirligi bo’limlari, «Vatanparvar» tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishi lozim.
Ma`lum bir kasbiy tajriba va bilimga ega bo’lgan yoshlarning kasbiy shakllanishi 
yoshlar tashkilotlarining ijtimoiy xizmatlari va tegishli jamg`armalar tomonidan 
qo’llab-quvvatlaniladi.
YOsh avlodni, xususan o’smirlarni kasb-hunarga yo’naltirishning tibbiy jihatlari 
tuman, shahar tibbiy muassasalarining vrachlari tomonidan hal etiladi.


126 
Sog`liqni saqlash vazirligi na uning hududiy boshqaruv organlarida mazkur soha 
ishlari uchun mas`ul xodimlar belgilanmog`i zarur.
Iqtisodiyotning tarkibiy o’zgarishlari natijasida ishdan bo’shagan na aholining 
band bo’lmagan qismini kasb-hunarga yo’naltirish tegishli maslahat punktlari (byuro) 
va mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Har xil mulkchilik shaklidagi korxonalarda ish bilan band bo’lgan aholini 
kasb-hunarga yo’naltirish (ishlab chiqarishda kasbiy va ijtimoiy moslashish nuqtai 
nazaridan) mazkur korxonalarning ijtimoiy rivojlantirish va kadrlar xizmati xodimlari 
tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat kasb-hunarga yo’naltirish tizimi bilan bir qatorda fuqarolar va 
korxonalarga kasb-hunarga yo’naltirish masalalari bo’yicha pullik xizmat ko’rsata 
oladigan, jumladan tijorat yo’nalishidagi byuro, agentliklar tuzilishi mumkin.
CHeklangan mehnat qobiliyatiga ega bo’lgan shaxslarni kasb-hunarga 
yo’naltirish Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, Sog`liqni saqlash vazirliklari 
zimmasiga yuklatiladi. Tizimning barcha boshqaruv bosqichlarida mazkur vazirliklar 
shu ish uchun mas`ul xodimlar ajratadi.
Oliy va O’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarida turli patologiyalarga 
mansub nogironlarni kasbiy tayyorgarlik olishlari uchun maxsuslashtirilgan 
bo’linmalar tarmog`i yaratilishi lozim.
Kasb-hunarga yo’naltirish ishlarini umumiy ilmiy-metodik ta`minoti, tegishli 
toifali xodimlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy, 
psixologik-pedagogik va tibbiy-fiziologik muammolari bo’yicha ilmiy tekshirishlarni 
muvofiqlashtirish ishlarini O’zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining 
kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik respublika Tashxis markazi 
amalga oshiradi.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin