Ызбекистон республикаси


§ 1. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASDA KASBGA YO’NALTIRISH



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/39
tarix31.03.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#91902
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
касбга йўллаш ўкув кўлланма

 
§ 1. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASDA KASBGA YO’NALTIRISH 
ISHLARINING TIZIMI VA BOSQICHLARI 
 
Amaliy va ijtimoiy sheriklik tomonlari sifatida, fan va ishlab chiqarishning 
ishtiroki bilan kasb-hunar ta`limi hamda kadrlar tayyorlashni rivojlantirish 
strategiyasining asosiy yo’nalishlari kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan. 



Biroq, kasb-hunar ta`limiga ijtimoiy sheriklarni jalb qilishning real mexanizmi hali 
ishlab chiqilmagan. Ish beruvchilar bilan hunar ta`limi tizimi boshqaruv organlari 
o’rtasidagi o’zaro munosabat davlat darajasida qonun yo’li bilan mustahkamlangan. 
Tadbirkorlar, ayniqsa kichik korxonalar avvalo bozorda o’zlarining tovarlarini 
raqobatbardoshligini oshirishga intilmoqdalar. Ular kadrlar tayyorlashda ishtirok 
etishdan manfaatdor emaslar, sababi ular asosan davlat ta`lim tizimidan tayyor 
xodimlarni oladilar. 
Bundan tashqari ko’pchilik korxonalar o’zlarining xodimlarini tayyorlash va 
ularning malakasini oshirish uchun etarli mablag`ga ega emaslar. 
To’lov asosida, ya`ni buyurtmachi kadrlar tayyorlashga to’la yoki qisman pul 
to’lashi ko’zda tutiladigan shartnomalar tuzish hali keng tarqalmagan. 
SHunday qilib, ishlab chiqaruvchilarni kadrlar tayyorlash ishiga jalb qilishni 
sekinlatadigan sabablardan biri, bu masala bo’yicha me`yoriy-qonuniy bazaning 
mavjud emasligi hisoblanadi. Kadrlar tayyorlashga mablag` sarflaydigan korxonalar 
uchun soliq to’lashdagi mavjud imtiyozlar kam samaralidir.
Kadrlar tayyorlashning tashkiliy jihatdan ta`minlanishi quyidagi asosiy 
yo’nalishlarni qamrab oladi: 
- me`yoriy-qonuniy; 
- moddiy-texnik; 
- o’quv-metodik; 
- kadrlar. 
Me`yoriy-qonuniy ta`minlash kasb-hunar ta`limi faoliyat ko’rsatishining asosiy 
negizi hisoblanadi. Islohot davrida bu yo’nalish hammasidan ko’ra ko’proq qayta 
ko’rib chiqishga va o’zgartirishlarga duchor bo’lgan. SHu bilan birga, davr talabiga 
mos keladigan, muvaffaqiyatli qonunlar islohotlari nisbatan bazalar va muvaffaqiyatli 
amalga oshirishga imkon beradi. O’zbekistonda kasb-hunar ta`limini tashkil etishning 
tartibga soluvchi asosiy qonuniy hujjatlar ishlab chiqilgan. 
O’quv-moddiy baza. Kasb-hunar ta`limining o’quv-moddiy bazasi avvalo ta`lim 
muassasalari tarmoqlarini o’z ichiga oladi. 1997 yilning oxirida respublikada xalq 
ta`limi Vazirligiga qarashli 442 ta hunar-texnika o’quv yurtlari faoliyat ko’rsatgan. 



1998 yil mart oyidan ushbu o’quv yurtlari o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi Markazi 
boshqaruviga berildi. Bugungi kunga kelib, mavjud o’quv yurtlari negizida 35 ta yangi 
turdagi o’quv yurtlari tashkil etildi, shu jumladan 22 ta kasb-hunar kollejlari va 13 
akademik litseylar. Respublikada 2005-2006 o’quv yili boshlanishiga 1800 akademik 
litseylar va kasb-hunar kollejlarini o’z ichiga olgan yangi ta`lim muassasalari 
tarmog`ini yaratish vazifasi qo’yilgan. Ularda 618200 o’quvchi o’rniga ega bo’lgan 
925 ob`ektlar yangi qurilish yo’li bilan barpo etiladi. 
O’quv-metodik ta`minlanishi. Respublika mustaqillikka erishgandan so’ng shu 
bugungacha ta`lim tizimining barcha zvenolarida o’quv dasturlari va darslarni isloh 
qilish bo’yicha katta ishlar amalga oshirildi. Ko’pgina gumanitar fanlar va iqtisodiy 
fanlarning ta`lim mazmuni qayta ko’rib chiqildi.
Kasb-hunar kollejlarida o’quvchilarga tadbirkorlik sohasidagi bilimlarni 
singdirish maqsadida 90 soatlik dastur bo’yicha ―Bozor iqtisodiyoti asoslari va ishlab 
chiqarishni tashkil etish‖ nomli yangi o’quv predmeti kiritildi. SHuningdek, o’quv 
rejalari va dasturlar ishlab chiqildi, nashr etildi va ular asosida ―menejer yordamchisi‖, 
―referent‖, ―kichik va xususiy biznes uchun xisobchi‖ va shu kabi yangi ixtisosliklar 
bo’yicha mutaxassislar tayyorlash boshlandi. 
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturiga ko’ra, kasb-hunar kollejlarida o’qish muddati 
3 yil. Buni hisobga olgan holda o’quv vaqtining taqsimoti bilan namunali o’quv 
rejasining modeli ishlab chiqildi. Bu tuzilmada umumiy ta`lim fanlariga 34,5% vaqt 
ajratildi, qolgan vaqt umumkasbiy va maxsus fanlar o’rtasida taqsimlanadi, ularning 
hajmi va miqdori mutaxassisliklar murakkabligiga ko’ra belgilanadi. O’rta maxsus, 
kasb-hunar ta`limini rivojlantirish institutida yangi talablarga mos ravishda o’quv 
rejalar va dasturlar ishlab chiqish boshlandi. 
Kadrlar bilan ta`minlash. Bugungi kunda kasb-hunar ta`limi muassasalarida 22 
ming nafar muhandis-pedagoglar yoshlarga ta`lim va tarbiya berish bilan 
mashg`uldirlar, shundan 5 ming nafarga yaqini umumta`lim fanlari o’qituvchilari, 3 
mingga yaqini umumtexnika va maxsus fanlar o’qituvchilari va 10 mingdan ko’prog`i 
ishlab chiqarish ta`limi ustalaridir, qishloq joylarida va shahar tipidagi posyolkalarda 



istiqomat qiladigan davlat ta`lim muassasalari xodimlari o’zlari yashaydigan davlat va 
idoralarga qarashli uylarni bepul xususiylashtirish kabi imtiyozlarga ega. 
O’zbekistonda ta`limni boshqarish va nazorat qilish tizimi davlat xarakteriga ega. 
Bu jarayonga hamma bab-baravar, shuningdek hukumatning mahalliy organlari 
vakillari ham jalb etiladi. Ishbilarmon doiralar, jamoat tashkilotlari va fondlar ta`limni 
boshqarishda ishtirok etmaydilar. Ularning ishtiroki ta`limni moliyaviy va moddiy 
jihatdan ta`minlashga ma`lum darajada imkoniyat tug`diradigan bo’lar edi. 
O’rta maxsus, kasb-hunar ta`limini boshqarish va nazorati respublika qonunlari 
belgilangan vakolat doirasida faoliyat ko’rsatuvchi davlat organlari tomonidan amalga 
oshiriladi. 
Bunday organlarga quyidagilar kiradi: 
- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi; 
- Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar mahkamasi; 
- O’zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi; 
- O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi; 
- Qoraqalpog`iston Respublikasi xalq ta`limi vazirligi; 
- Mahalliy davlat hokimiyati organlari; 
- Xalq ta`limi hududiy boshqarmalari; 
- O’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi xududiy boshqarmalari. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta`lim sohasidagi 
vakolatlariga quyidagilar kiradi: 
- ta`lim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish; 
- ta`lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlariga rahbarlik qilish; 
- ta`limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; 
- ta`lim muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibini 
belgilash; 
- ta`lim 
muassasalarini 
akkreditatsiyadan, 
pedagog, 
ilmiy 
kadrlarni 
attestatsiyadan o’tkazish tartibini belgilash; 
- boshqa davlatning ta`lim muassasalariga O’zbekiston Respublikasining 
hududida ta`lim faoliyati bilan shug`ullanish huquqini beruvchi ruxsatnomalar berish; 



- qonun xujjatlariga muvofiq xorijiy davlatlarning ta`lim to’g`risidagi 
hujjatlarini tan olish va bu hujjatlarning ekvivalent ekanligini qayd etish tartibini 
belgilash; 
- davlat ta`lim standartlarini tasdiqlash; 
- davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma`lumot to’g`risidagi hujjatlarni 
tasdiqlash va ularni berish tartibini belgilash; 
- davlat grantlari miqdorini va ta`lim muassasalariga qabul qilish tartibini 
belgilash; 
- davlat oliy ta`lim muassasalari rektorlarini tayinlash; 
- ta`lim oluvchilarni akkreditatsiya qilingan bir ta`lim muassasasidan 
boshqasiga o’tkazish tartibini belgilash; 
- qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar. 
O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotini ta`minlovchi, 
shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy – texnikaviy va madaniy 
ehtiyojlarini qondiruvchi ustivor soha – bu uzluksiz ta`lim bo’lib, u kadrlar tayyorlash 
tizimining asosi hisoblanadi. 
Uzluksiz ta`lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma`naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori 
malakali raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlar 
yaratadi.
Uzluksiz ta`lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta`lim standartlari asosida 
turli darajalardagi ta`lim dasturlarining izchilligi asosida ta`minlanadi va quyidagi 
ta`lim turlarini o’z ichiga oladi: 

maktabgacha ta`lim; 

umumiy o’rta ta`lim; 

o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi; 

oliy ta`lim; 

oliy o’quv yurtidan keyingi ta`lim; 

kadrlar malkasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; 

maktabdan tashqari ta`lim. 



Bu borada magistrantlar mazkur mavzu yuzasidan mavjud boshqa manbalardan
foydalanib O’zbekiston Respublikasida kasbga yo’naltirish ishlarining tizimi va 
bosqichlariga xos qo’shimcha ma`lumotlar bilan boyitib, chuqurlashtirib va 
kengaytirilgan holatda, ―Kasbiy yo’naltirishda mehnat resurslarini ishlatish ta`sirini 
kengaytirish omillari‖ni ilmiy-pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi nuqtai nazaridan 
batafsil yoritishlari kerak. Keyin 8-9 sinflarga taaluqli materiallarda ta`riflangan 
mehnat resurslarini ishlatish texnologiyasi hamda ularni kasbiy yo’naltirishdagi 
ta`sirini kuchaytirish holatlarini tahliliy izohlash maqsadga muvofiqdir. Pedagogik 
mahoratni kasbga yo’naltirish ishlariga tadbiq qilishni ishlab chiqishlari lozim. 
Tabiat va jamiyat hodisalari, ishlab chiqarish jarayonlari ko’pincha shu qadar 
murakkabki, bularni bir ilm-fan doirasida tavsiflash mumkin emas. Maktabda 
o’rganilayotgan ko’pgina fakt va qonunlar o’zaro bog`liq holda aniq ro’yobga 
chiqarilgan taqdirdagina o’zlashtirishi mumkin. Misol uchun kasbga yo’naltirish 
masalasini olib ko’raylik. 
Muammoning muhimligi, yoshlarni kasbga yo’naltirishga oid bir qancha amaliy 
masalalarni shoshilinch ravishda hal qilishning zarurligi hozirgi vaqtda ko’plab 
mutaxassislar: pedagoglar, psixologlar, vrachlar, iqtisodchilar, sotsiologlar va g`oyat 
xilma-xil sohalarida ishlovchi amaliyotchi xodimlarning e`tiborini o’ziga jalb etdi. Bu 
borada ko’plab mutaxassislarning ishtirok etishi va ish olib borishi muammoni to’g`ri 
va komleks tarzda hal etish uchun zamin va sharoitlar yaratib beradi, albatta. 
SHu bilan birga bu mutaxassislarning har biri to’la aniq ma`lumot olgan, 
muayyan ish tajribasiga ega xodimlardir. SHu boisdan ular kasbga yo’naltirish 
sohasidagi o’z faoliyatida o’zlariga ma`lum bo’lgan metodlarga, muammoga 
yondashuv usullariga hamda idrok qilish uslubi va shu kabilarga tayanadilar. Bu esa 
ba`zan ularda tushunchalarning ayrim atamalaridan foydalanishda ziddiyatlar 
tug`diribgina qolmay, kasbga yo’naltirish maqsad va vazifalarining qo’yilishida bir 
qancha amaliy masalalarini tushunib olishda bu borada yakdillikning buzilishiga ham 
olib kelmoqda. SHu sababdan ham kasbga yo’naltirishga oid bilimlar mazmunining 
yagona tizimini hamda kasbga yo’naltirish metodologiyasini ishlab chiqish kasbga 



yo’naltirish sohasida bundan buyon muvaffaqiyatli ish olib borishning muhim 
shartidir. 
Maktab o’quvchilarini kasbga yo’naltirish muammosiga oid e`lon qilingan 
asarlarning tanqidiy tahlili va ommaviy maktablar tajribasini umumlashtirish asosida 
o’quvchilarning e`tiborini yosh avlodga mehnat tarbiyasi berish va ularni kasbga 
yo’naltirishga doir etarli darajada yaxshi ishlab chiqilmagan bir qancha muammolarga 
alohida qaratish lozim. Jumladan, mintaqa sharoitlarini, milliy an`analarini hisobga 
olib o’quvchilarni kasblarga uchun ta`lim muassassining kasbga yo’naltirish bo’yicha 
kompleks tadbirlarini ishlab chiqish, kasbga yo’naltirish vazifalarini amalga oshirish 
bilan o’quvchilarning umummehnat va kasbiy tayyorgarligi o’rtasida uzviy 
aloqadorlikni ta`minlash alohida dolzarblik kasb etadi . 
Respublikamizda etarli darajada nazariy va amaliy jihatdan ishlab chiqilmagan bu 
kabi muammolarni hal qilishda mamlakatimiz mintaqa xususiyatlarini, milliy 
an`analarini va tarixiy tajribasini hisobga olish lozim bo’ladi. Ikkinchi tomondan esa 
fan-texnika taraqqiyotining hozirgi talabalari asosida maktab yoshlariga mehnat 
tarbiyasi berish va ularni ishchi kasblarini egallashga yo’naltirish shakl va metodlarini 
takomillashtirishning yangi yo’llarini qidirishga to’g`ri keladi. 
Kasbga yo’naltirish ishida iqtisodiy muammolar muhim o’rin tutadi. Bular 
orasida xalq xo’jaligini rivojlantirish va kad muammolari alohida ahamiyat kasb etadi. 
Bu masalalarni kasbga yo’naltirish jihatlari bilan o’zaro bog`liq tarzda talabalarning 
mustaqil mashg`ulotlarida ko’rib chiqishi tavsiya etiladi. 
Hozirgi fan-texnika va ijtimoiy taraqqiyot sharoitida yosh avlodni jamiyat barpo 
etishda faol qatnashishga tayyorlashi lozim bo’lgan maktabning roli har qachongidan 
ko’ra o’sdi. 
SHu munosabat bilan o’quvchilarga ilm-fan asoslarining mustahkam bilimlarini 
singdirish, ularda yuksak onglilikni tarbiyalash, umuminsoniy axloqiylikni 
shakllantirish, yosh avlodni turmushga va mehnatga, ijtimoiy zarur kasblarni ongli 
ravishda tanlashga tayyorlash ta`lim va tarbiyaning hamma bosqichlarida hozirgi 
maktabning vazifalaridir.


10 
Kasbni to’g`ri tanlash – inson turmushida muhim qadamdir, yosh avlodning 
butun hayotidagi muvaffaqiyat ko’p jihatdan kasbning qanchalik to’g`ri tanlanishiga 
bog`liq. 
Kasbni to’g`ri tanlash har bir maktab o’quvchisining qiziqishiga, mayliga, 
qobiliyatiga va imkoniyatlariga mos bo’lishi uchun uning sog`lig`ini, o’zlashtirishini 
va hissiyotlarini hisobga olish lozim, bular ijtimoiy foydali va unumli mehnatda 
hammadan ko’ra ko’proq qaror topadi va namoyon bo’ladi. 
Odam bajarayotgan ishlariga ijodiy munosabatda bo’lib, mehnat unumdorligini 
doimo oshirib borsa, tanlagan kasbiga zo’r qiziqish bilan qarasa, o’z ishining ijtimoiy 
ahamiyatini tushunsa, uning qobiliyatlari mehnatda takomillashib borsa, o’shandagina 
u mehnatdan qoniqish hosil qiladi va xursand bo’ladi, bunday hoolda har bir shaxs 
jamiyatga eng ko’p naf keltiradi. 
Mana shu aytgan gaplardan kasb tanlashning g`oyat muhim ijtimoiy ahamiyati 
kelib chiqadi. Kasb-korni erkin tanlash juda katta ahamiyatga ega. Odam 
shug`ullanayotgan ishini yaxshi ko’rsa, bundan u xursand bo’ladi, qoniqish hosil qiladi, 
zo’r tashabbus ko’rsatadi, toliqmay mehnat unumini oshiradi. 
Maktab o’quvchilarining kasb tanlashi ongli zaruriyat bo’lishi va ayni vaqtda 
jamiyat manfaatlariga mos bo’lib tushishi, yigit va qizlarning kamolot yo’lida shaxsiy 
mudaolarini qondirishi lozim. Buning uchun yuksak darajada ma`lumotli bo’lish zarur, 
hozirgi asrimizda bunday ma`lumotsiz fan-texnika ildam taraqqiy etishi mumkin emas. 
Umummehnat va maxsus malakalarni, kasbga bo’lgan qiziqishlarini 
shakllantirishning bunday imkoniyatlari ob`ektiv zaminga ega bo’lib, voqelikda har 
kuni amalda oshirilmoqda. 
Sanoat 
tez 
rivojlanganligi, 
qishloq 
xo’jaligini mexanizatsiyalash va 
elektrlashtirish borasida katta qadamlar qo’yilganligi, ilm-fan, texnikani va 
madaniyatni yuksaltirish sohasidagi muvaffaqiyatlar bir tomondan, yoshlarning 
qiziqishlariga va qobiliyatlariga muvofiq, ikkinchi tomondan xalq xo’jaligi 
talab-ehtiyojlariga asosan kasb tanlashlari uchun amaliy jihatdan cheklanmagan 
imkoniyatlar yaratdi; umumiy ta`lim maktabida mehnat poletexnika ta`limi sharoitida 


11 
kasbga yo’naltirish muammosini ijobiy hal qilish uchun barcha shart-sharoitlar 
vujudga keltirildi. 
Kasbga yo’naltirish o’quvchilarga politexnik ma`lumot berish masalalari bilan, 
kasb tanlash esa muayyan bilim darajasi bilan chambarchas bog`liqdir. 
YOsh avlodga mehnatga ijodiy munosabatda bo’lishni tarbiyalash muhimdir. 
Ijodkorlik inson faoliyatiga umuman xos narsadir, qobiliyatlarini har tomonlama 
kamol toptirish uchun imkoniyat mavjud bo’ladi, chunki bolalar yoshligidanoq 
mehnatga qiziqib qoladilar: ular o’z o’yinlarida ota-onalariga, atrof-tevarakdagi 
kishilarga taqlid qiladilar, ularning mehnat harakatlarini takrorlaydilar. Faoliyatga ana 
shunda intilish, kattalarning mehnatiga taqlid qilish bolalarga maktabgacha yoshdayoq 
hammabop mehnat malakalarini singdirish uchun qulay omil bo’lib xizmat qiladi. 
Tabiiyki, bularning hammasini tushunarli va obrazli shaklda bolalar ongiga 
etkazish, bolalarni o’rab turgan va ularga xizmat qilayotgan hamma narsalar 
odamlarning mehnati bilan vujudga keltirilgan, qo’llar faqat mehnatdagina ―mohir 
qo’llar‖ga aylanadi, mehnatsiz hech narsani o’rganib bo’lmaydi, degan fikrni 
singdirishga intilish zarur. 
Umumiy ta`lim maktablarida, zavod va fabrikalarda, o’quv yurtlarida kasbga 
yo’naltirish ishlarini o’tkazish zaruriyatini turmushning o’zi taqozo etmoqda. Bu narsa 
qayta qurish yangi marralari yil sayin tobora keng avj oldirilayotgandir. Bundan 
shunday xulosa kelib chiqadi: o’quvchi tanlagan kasb og`zaki tushunchagina bo’lib 
qolmasligi, o’quvchi o’z qobiliyatlarini yangi kasbda sinab ko’rishi, ushbu kasb 
to’g`risidagi tushunchasi qanchalik to’g`ri ekanini xolisona tekshirib ko’rishi lozim. 
O’z-o’zidan ma`lumki, bunga o’qitishning to’g`ri yo’lga qo’yilishi, bilimlarni
ilm-fan asoslarini, ayniqsa ijtimoiy foydali va unumli mehnat bilan chambarchas 
bog`langan mehnat politexnik bilimni chuqur va mustahkam egallash natijasidagina 
erishish mumkin. 
Har qanday kasbda eng muhimi - uning mehnat mazmuniga ega bo’lishidir. SHu 
boisdan mehnatsevarlikni, yaxshi urf-odatlarni tarbiyalash va ularni mehnat 
jo’shqinligiga ko’chirish bolalarni kasb tanlashga tayyorlashning bosh negizidir. 
Oilada bolani mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash odatda maktabgacha bo’lgan yoshdan 


12 
boshlanadi. Ana shu paytdan e`tiboran bolalarni bo’lg`usi kasbni tanlashga tayyorlash 
amalga oshirilishi lozim. Bunda bolalarning qiziqishlari, mayllari, qobiliyatlari va 
imkoniyatlarini muntazam ravishda o’rganish zarur. Kasb tanlashda xato qilmaslik 
uchun bolalarga avvalo maktab va oila yordam berishi kerak. 
Har bir shaxs har tomonlama kamol topishi lozim, buning uchun maktablarda 
barcha imkoniyatlar mavjud. Bolalar yaxshi, aqliy, jismoniy, axloqiy, mehnat va 
estetik tarbiyani va shu bilan birga politexnik ma`lumotni ola turib, shu asosda 
o’zlarini kasbiy faoliyatga tayyorlashlari mumkin. ―Kim bo’lsam, ekan?‖ muammosi 
―Qanday odam bo’lish kerak‖ muammosi bilan birgalikda hal qilinishi lozim. Maktab 
o’quvchilarini kasbga yo’naltirishga oid ishlarni ta`lim yo’llari oraqil mutassil va 
izchillik bilan olib borish kerak. 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin