Kasbga yo’naltirishning tizimliligi va uzviyligi printsipi umumiy o’rta
ta`limda I sinfdan to IX sinfgacha kasb-hunarga yo’naltirish ishlarining uzviyligini
ta`minlaydi:
- kasb-hunarga yo’naltirishda maktab, oila, homiy tashkilot, kasb-hunar kolleji va
jamoatchilikning o’zaro aloqadorligi printsipi yoshlarning kasb tanlashlariga yordam
berishni ko’zda tutadi. U maqsadli va muvofiqlashtiruvchi faoliyatni hamkorlikda
amalga oshirish imkonini beradi;
- kasb-hunarga yo’naltirishning tarbiyaviy xarakteri shundaki, u uyg`un
rivojlangan shaxsni shakllantirishda mafkuraviy, mehnat, iqtisodiy, axloqiy, estetik,
huquqiy va jismoniy tarbiyani birgalikda olib borishni taqozo qiladi;
- kasb-hunarga yo’naltirish ishlarini amalga oshirishda tashhis va tarbiyaviy
yondoshishning o’zaro aloqadorligi. Bu tamoyil bir yondoshuvning ikkinchi
yondoshuvga qarama-qarshi qo’yilishini bartaraf etadi;
- o’quvchilarga individual va tabaqalashtirilgan yondoshuv ularning o’zlashtirish
darajasi, yoshi, kasbiy qiziqishi, shakllanganlik darajalari, hayotiy rejalariga bog`liq
ravishda amalga oshiriladi. Bir guruhda samarali bo’lgan vosita ikkinchi guruh uchun
samarasiz bo’lishi mumkin. O’quvchilarni tabaqalashtirib, guruhlarga ajratish ta`sir
etish vositalarini tartibga soladi. Tabaqalashtirish, o’z navbatida, individual
yondoshishga sharoit yaratib beradi;
- kasb-hunarga yo’naltirish ishlarini ommaviy, guruhli va yakka tartibdagi
shakllari o’quvchilarning ota-onalar bilan hamkorlikda ish olib borishini, an`anaviy,
ommaviy shakldan iloji boricha qochib, ish olib borishning hamma shakllaridan
foydalanishni ko’zda tutadi;
- kasb-hunarga yo’naltirish ishlarining mazmuni, shakl va metodlari shaxsning
kasbiy rivoji va, ayni bir paytda, mahalliy hududning kadrlarlarga bo’lgan ehtiyojiga