Mavzu yuzasidan test savollari:
1. Umumiy o’rta ta`lim davlat standartlariga asosan maktabda kasbga
yo’naltirish bo’yicha mashg`ulotlar nechanchi sinflarda amalga oshiriladi?
A) 5-6 sinflarda
B) 7-8 sinflarda
C) 8-9 sinflarda
D) 5-7 sinflarda
2.
Kasb-hunarga
yo’naltirish ishlari qaysi muassasa tomonidan
bosqichma-bosqich va muntazam ravishda amalga oshiriladi?
A) Umumiy o’rta ta`lim maktablarida
B) Kasb-hunar kollejlarida
C) Kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashxis Markazida
D) Akademik litseylarda
3. Kasb-hunarni tanlash, egallash va ulardan foydalanish haqida O’zbekiston
Respublikasining qaysi bob va moddasida bayon qilingan?
A) IX bob, 38-moddasida
B) IX bob, 37-moddasida
C) X bob, 38-moddasida
D) X bob, 37-moddasida
31
§ 3. TA`LIM JARAYONI KASBIY YO’NALGANLIGINI TA`MINLASH
Ta`lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilimdon, mustaqil fikrlovchi,
ijodiy izlanuvchi, yuqori malakali, madaniyatli, turli sohalar bo’yicha etuk mutaxassis
kadrlarni
tayyorlashga
qaratilgan.
O’zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
I.A.Karimovning qator asarlarida va Vazirlar Mahkamasi qarorlarida mutaxassis
kadrlar tayyorlash masalasiga katta e`tibor berilgani bejiz emas.
Bu vazifani hal qilishda yoshlarni to’g`ri kasb tanlashga yo’llash, ularga to’g`ri
maslahatlar ko’rsatish va o’z ijodiy qobiliyatlari darajasidagi kasbni egallashlari uchun
shart-sharoit yaratish lozim.
Kasb tanlash faoliyatini oqilona tashkil etish uchun kasb tanlashga ta`sir etuvchi
omillar mohiyatini bilmoq lozim. Bular quyidagilardan iborat:
1.
Ta`lim — tarbiya tizimida kasbga yullash faoliyatining mazmuni
metodikalari majmuasini mukammal ravishda mujassamlashganligi.
Maktab ma`muriyati, sinf rahbariyatlari, amaliy psixolog va kasbga yo’llovchi
fan o’qituvchilarining ish rejasida mazkur masala joy olganligi. SHuningdek, bu
muammoga taalluqli ishlar, tadbirlar izchil amalga oshirilib turilishi, ularning
32
ta`sirchanligiga e`tiborning ortishi tufayli o’quvchi yoshlar orasida bu sohada tasavvur
ko’lamining kengayishi. Rasmiyatchilikdan chekinib, umumiy va zaruriy masala
2.
O’quvchilarning kasb tanlashga o’rgatishda o’qituvchilar jamoasi
faoliyati hamkorligi va samaradorligi.
Alohida olingan fan o’qituvchilari va turdosh fanlarning namoyondalari
jamlanmasi hamkorlik ish rejasyda kasbga yo’llash masalasining izchil ravishda
qo’yilishi, har bir mavzu bo’yicha muloha almashishda, qaysi fan bo’lishidan qat`iy
nazar ixtisosga oid bilimlarga e`tibor berilishi kasbiy tasavvurni vujudga keltiradi.
Kasb - hunar mohiyati bilan tanishish unga nisbatan qiziqishni uyg`otadi, mustaqil
bilim olishga ishtiyoq paydo bo’ladi va odat maromiga aylana boradi. Maxsus tadbirlar
o’tkazilishi, kasb nufuzi bilan tanishtirilishi kasbiy motivlar va motivatsiyalarni
takomillashtirada, moyillik tuyg`usini uyg`otadi.
3.
Sinf rahbarining ota - onalar bilan xamkorligini ongli kasb tanlash negizi
ekanligi.
Sinf rahbari ota - onalar bilan individual va guruxlik hamkorlikni amalga
oshirishda quyidagilarga e`tibor qilsa, yuqori ko’rsatgichga erishishi mumkin: o’kuv
faninig kasb tanlash bilan bog`liqligi, kasbning nufuzi, kasb tanlashning psixologik
asoslari, kasbga nisbatan qiziqish, havas, qobiliyat, iste`dod kasbga yo’llashning
asosiy maqsadi va vazifalari, proffessiogramma mohiyati, kadrlarga va
mutaxassislarga nisbatan extiyoj darajalari, kasbning ijtimoiy ahamiyati, layoqatining
umumiy va xususiy ko’rinishlari, o’quvchilar individual xususiyatlari, ilmiy manbalari,
maktab psixologining bu sohadagi funktsiyasi va boshqalar.
4. Kasb tanlashda yoshlar tashkilotining ishtiroki.
YOshlar tashkiloti faoliyatida kasb tanlash masalasining ustivorligi,
o’quvchilarning turli fondlarga jalb qilinishi, iste`dodlarning saralanishi, mukofotga
tortilishi, moddiy va ma`naviy taqdirlanishi kabilar.
5. Sinfdan va maktabdan tashqari olib boriladigan ishlar mazmunida kasb
tanlashning alohida ajratilib ko’rsatilishi.
6. Maktablarda ishlab chiqarish kombinatlarida ommaviy va keng ko’lamda ishlar
yo’lga qo’yilishi.
33
7. Maxsus muassasalar faoliyati.
8. Kasbga oid ko’rgazmalar, sayohatlar uyushtirilishi.
9. Ijodkor, nufuzli, mahoratli kishilar bilan uchrashuvlar o’tkazilishi.
10. Kasb tanlashda mahalliy matbuot, radio va televideniening ishtiroki.
Kasbga yo’llash umumdavlat ahamiyatiga ega muammo hisoblanib, uni
bosqichma bosqich amalga oshirish ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖da alohida o’rin
egallaydi.
YUqorida kasb tanlashga yo’llash omillari faoliyatini hamkorlikka aylantirish
yuksak samaralar sari etaklaydi.
Bu borada ta`kidlash zarurki, magistrantlar o’zining ilmiy izlanishi va
ilmiy-pedagogik faoliyatlarida O’zbekiston mustaqillik davrining dastlabki paytidan
qabul qilingan ―Ta`lim to’g`risida‖gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida
hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13 may, 203-sonli qarori
bilan tasdiqlangan ―Umumiy o’rta ta`lim dasturlarini tayyorlash, sinab ko’rish va joriy
etish bo’yicha Respublika komissiyasi‖ning 1998 yil 26 maydagi yig`ilishi Bayon
qaroriga ko’ra hamda ta`lim standartlari va uning asosida ishlab chiqilgan tajriba o’quv
dasturlarini ta`lim jarayonida sinab ko’rish mustaqil O’zbekiston Respublikasida
ta`limni isloh qilish yuzasidan tashkil etilgan tadbirdir.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta`lim islohotiga taaluqli
bo’lgan qarorlari ijrosi yuzasidan ilmiy metodik tavsiyalar ishlab chiqish va ularni
pedagogik amaliyotga joriy etish yo’llarini belgilashda:
1.
O’zbekiston Respublikasining mintaqaviy, ijtimoiy, iqtisodiy va
milliy-madaniy xususiyatlarini hisobga olib, umumiy o’rta ta`limda tajriba-sinov
ishlarining yangicha pedagogik texnologiyalarni amalda joriy etish maqsadga muvofiq
deb hisoblanadi;
2.
Umumiy o’rta ta`limda o’quvchilarning fanlar asoslari bo’yicha muntazam
bilimlarini oshirib borishlari, asosiy o’quv ilmiy va umummadaniy bilimlarini, milliy
va
umumbashariy
qadriyatlarga
asoslangan
ma`naviy-axloqiy
fazilatlarni
shakllantirish zaminida har bir fanning tajriba-tekshiruv faoliyatini tashkillashtirish
lozimligini ta`kidlanadi.
34
3.
Tajriba-sinov materiallaridan amaliyotda foydalanish haqida ob`ektiv
baholash va xulosa chiqarish talab etiladi.
4.
Tajriba-sinov ishlarini olib borish jarayonida bolalarda ro’y beradigan
hamma o’zgarishlarni yozma qayd qilib borish tavsiya etiladi.
5.
Bolalar faoliyatini faollashtirib ularning erkin fikrlashlarini va har
tomonlama kamol topishlarini ta`minlash, o’quv tarbiya jarayonining asosiy negizi
deb hisoblanadi.
6.
Bolalarning imkoniyatlarini, iqtidorlarini hisobga olib, ularda o’qishga
hoxish-istaklarini uyg`otish, ma`naviy yuksalish darajasiga ko’tarishni ta`kidlaydi.
7.
Umumta`lim maktablari o’quvchilarida bilim berish jarayonida fanlar
majmuasida mehnat ta`limi va kasb tanlash negizidagi bilimlarni, malaka va
tushunchalar tizimini, ijodiy faoliyat tajribasini, shaxsning muhim sifatlarini
shakllantirish zarurligini ta`kidlanadi.
8.
Tajriba-sinov jarayonida sodir bo’ladigan har bir tasodif va o’zgarishlarni
qayd qilib borishni talab etiladi.
SHu asoslarga tayangan holda magistrantlar o’qish jarayonini kasbiy
yo’nalganligini ta`minlashga qaratishlari maqsadga muvofiqdir. Bu borada barcha
umumta`lim fanlari, ayniqsa mehnat ta`limi negizidagi o’quvchilarni kasb-hunarga
yo’naltirish imkoniyatlaridan to’la va unumli holatda foydalanish muhimdir.
Bu borada ta`kidlash zarurki, magistrantlar qayd etilgan 1-9 sinflar bo’yicha
mehnat ta`limi, kasbga yo’llash hamda kasbkorlikka xos materiallarni, o’zlarining
ilmiy izlanish va ilmiy-pedagogik faoliyatlari nuqtai nazaridan ―Ilmiy-pedagogik
tadqiqotlar metodologiyasi‖ faniga xos: pedagogik fanlar tuzilmasi, undagi mantiqiy
hamda tarixiy-pedagogik tadqiqotlarni amalga oshirishning shakl va metodlari;
tadqiqotlarni amalga oshirishda tizimli yondoshuv va majmuaviy tadqiqotlarni amalga
oshirish texnologiyaga binoan yakunlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Mazkur
izlanishda o’quvchilar kasb tanlash, kasbga yo’naltirish, tanlagan kasbiga
moslashtirish kontseptsiyalarini modellashtirish ishlarini bajarishiga alohida e`tiborni
kuchaytirishlari lozim. Ularning diqqati kasbiy-pedagogik bilimdonlikka yo’nalgan
bo’lishi lozim.
35
Kasbiy- pedagogik bilimdonlik pedagogik voqelikni izchil idrok eta bilish va
unda izchil harakat qila olish malakasini qamrab oladi. Bu xislat pedagogik jarayon
mantig`ining yaxlitligiga va butun tuzilmasi bilan birgalikda ko’ra olish, pedagogik
tizimning rivojlanish qonunityalari va yo’nalishlarini tushunish imkoniyatini
ta`minlaydi, maqsadga muvofiq faoliyatini konstruktsiyalashni osonlashtiradi.
Kasbiy-pedagogik bilimdonlik asosan to’rtta komponenti bilan tavsiflanadi:
SHaxsga, insonga yo’nalganlik;
Pedagogik voqeolikni izchil idrok etashi;
Fan sohasiga yo’nalganlik;
Pedagogik texnologiyalarni egallash.
Kasb tanlash (kasbga yaroqlilik) - kasbiy ishning butun tizimida yakunlovchi
bosqichdir. Ayni shu bosqichda xodimning tanlagan kasbga uzil-kesil muvofiqligi
yoki nomuvofiqligi aniqlanadi. Lekin kasb tanlash (kasbga yaroqlilik) metodlaridan
kasbga yo’naltirishning faqat yakunlovchi bosqichida foydalanish mumkin, deb
hisoblash noto’g`ri bo’lur edi. U yoki bu kasbning egallagani holda dastlabki
tibbiy-fiziologik va psixologik ko’rikdan o’tmagan yigit yoxud qizga tanlagan kasbi
zid bo’lishi ham mumkin. SHu boisdan kasb tanlash boshlang`ich bosqichda ham,
shuningdek yakunlovchi bosqichda ham o’tkazilishi lozim.
Kasbga yaroqlilik - mazkur kishining ushbu kasb bo’yicha mehnat vazifalarini
bajarishi uchun yaroqli yoki yaroqsizligini qayot qilishdangina iborat emas, albatta.
Kasbga yaroqlilikni boshqa jihatdan ham:
1) odam o’zi tanlagan kasbga yaroqlimi yoki yo’qligi;
2) hayot yo’lini tanlagan chog`da u nimalarga amal qilishi lozimligi;
3) uni o’qitish masalasiga qanday qilib bir muncha oqilona yondashish, ya`ni
unda kasbga yaroqlilikni qanday qilib g`oyat maqsadga muvofiq tarzda shakllantirish,
tarbiyalash va rivojlantirish mumkinligi jihatidan ham ko’rib chiqish kerak.
Boshqacha qilib aytganda, u yoki bu kasblarni egallashga harakat qilayotgan
odamlarning tibbiy ko’rsatkichlari bilan bir qatorda ularda diqqat, tafakkur,
psixomotorika va shu kabi psixik funktsiyalarlarni rivojlantirish bilan bog`liq muayyan
psixologik kayfiyatni ham shakllantirish shaxs fazilatidir. Kasbga yaroqlilikni
36
odamning kasbga nisbatan qo’yilgan talablarga mos bo’lgan tug`ma yoki hosil
qilingan psixofiziologik xususiyatlari yig`indisi deb qarash yaramaydi. Faqat ba`zi
kasblar (sozanda, rassom va shu kabilar) uchun muayyan tabiiy ma`lumotlar talab
qilinadi. SHu boisdan psixolog, mehnat o’qituvchisi va boshqalarning vazifasi
o’quvchi kasb (mutaxassislik)ni yoki o’quv yurtini to’g`ri yoki noto’g`ri tanlaganini;
tanlagan kasbi yoki o’quv yurti uning mayllari yoki qobiliyatlariga mos yoxud mos
emasligini; kasbni yoki o’quv yurtini tanlash vajlari, ota-onalarning, o’qituvchilarning
va shu kabilarning fikri qanday ekanligini aniqlashdan iborat. O’quvchilarning kasbga
bo’lgan qiziqishlari va mayllari ana shunday ma`lumotlar asosida aniqlanadi.
O’quvchilarni kasbga yo’naltirish ishini amalga oshirishda o’qituvchilar va sinf
rahbarlari; ota-onalar kengashi; to’garaklarning rahbarlari bevosita ish olib boradilar.
Maktabdan tashqari muassasalar, odatda, qiziqishlari va mayllari etarli darajada
namoyon bo’lgan bolalarni birlashtiradi. Bunday bolalarda ijodkorlik va tashabbus
ruhi ustunlik qiladi, ular amaliy faoliyatining xususiyati esa muayyan ijtimoiy
ahamiyat kasb etadi.
Maktabdan tashqari muassasalar (o’quvchilar uyi, bolalar kutubxonalari, yosh
tabiatshunoslar jamiyatlari, ratsionalizatorlar byurolari va shu kabilar) kasbga
yo’naltirish umumiy ishi tizimida faol qatnashadilar.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishda o’quvchilarning maxsus qiziqishlari
shakllanadi va ularning qobiliyatlari rivojlanadi. Bular umumiy ta`limni va mehnat
politexnik ta`limini to’ldiradi, o’quvchilarda kasb tanlashning ijtimoiy ahamiyatga
molik sabablarini shakllantirishga yordam beradi, xalq xo’jaligi turli tarmoqlari bilan
tanishishni kengaytiradi, o’quvchilarni qiziqtiradigan kasblar va mutaxassisliklarni,
avvalo, o’z tumani, viloyatidagi kasblar va mutaxassisliklarni chuqur bilib olishga
imkon beradi. Kasbga yo’naltirish bo’yicha fakultativ kurs kasbga oid ma`lumot olish,
uzil-kesil kasb tanlash, real ishga joylashish masalalari yuzasidan o’quvchilarga
maslahat berish imkoniyatlarini kengaytiradi.
O’quvchilarni kasbga yo’naltirish ishi shakllarini bir qancha belgilarga qarab
quyidagicha tavsiflash maqsadga muvofiqdir:
I. O’tkazilayotgan tadbirlarda qatnashadigan o’quvchilar soni qarab:
37
1. Bir necha parallel sinflar, aralash sinflar qatnashadigan tadbirlar.
2. YAkka-yakka o’quvchilar qatnashadigan tadbir.
II. Tashkil etish usullariga qarab:
1. YAlpi tadbirlar - lektsiyalar, yig`ilishlar, konferentsiyalar, olimpiadalar,
kinofilmlarni ko’rish; tematik kechalar, ishla chiqarish ilg`orlari bilan o’tkaziladigan
uchrashuv kechalari; kasb bo’yicha kalendar kunlari.
2. Guruxiy tadbirlar - ekskursiyalar, maslahatlar, kasblar bo’yicha tanlovlar, yosh
texniklarning musobaqalari, korxonalar va etakchi kasblar bilan tanishish maqsadida
jonajon o’lka bo’ylab sayyohlik yurishlari.
3. YAkka-yakka o’tkaziladigan tadbirlar - kasb haqida maslahat beriladigan
suhbatlar, kasb to’g`risida tavsiya etilgan kitoblarni o’qish, uchrashuvlar,
konstruktorlik, tajriba ishi yuzasidan yakka tartibda beriladigan topshiriqlar;
o’quvchini qiziqtiradigan fan va texnika sohasini chuqurlashtirish va rivojlantirish
maqsadida qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlash.
III. Mazmun manbalariga qarab;
Kasblar bilan tanishtirish; sayohatlar, malakali ishchilar va mutaxassislar bilan
uchrashuvlar, o’qituvchining hikoyasi yoki suhbati, kinolardan lavhalar, fotosuratlar,
jurnal va gazetalardan olingan maxsus materiallarni namoyish qilish uchun proektsion
apparatlardan foydalanish; taklif qilingan ishlab chiqarish ishchisini suhbati; kasblar
haqida ma`lumotnomalar bilan tanishish; mehnat va ishlab chiqarish ta`limi bilan
bog`liq kasblar to’g`risidagi ochrklarni o’qish; mutaxassislar bilan suhbatlar o’tkazish
yordamida axborot materiallarini to’plash; fotosuratlar, fotoalbomlar ko’rsatish; ishlab
chiqarish sharoitida malakali ishchilar kasbiy faoliyati to’g`rsidagi kinofilmlarni
namoyish qilish; bazaviy xo’jalikda ishlab chiqarish tajribasi vaqtida kasblar bilan
tanishish.
IV. Kasbga yo’naltirish tadbirlarini ro’yobga chiqarish vositalari bo’yicha;
―Kasb egallash uchun qaysi ta`lim muassasasida tahsil olish kerak‖
ma`lumotnomasining nashr etish, kasblar va kasb-hunar kollejlari haqidagi plakatlar,
e`lonlar, reklama varaqalari; mazkur iqtisodiy mintaqada mavjud kasblarning qisqacha
tavsiflari bo’lgan to’plamlar; ―Mehnat yo’lini tanlash‖, ―Mening kasbim - eng yaxshi
38
kasb‖ mavzusidagi kinofilmlar; reklama qilinadigan televizion filmlar, tsexlar, o’quv
yurtlaridan olingan televizion reportajlar; kasblar va musobaqa ilg`orlari to’g`risida
radioeshitirishlar, kasb-hunar kollejlari yoshlarining turmush va o’qishi haqida hikoya
qiluvchi respublika va mahalliy gezatalarida chop etilgan maqolalar; katta
ko’chalarning chorrahalarida kasblarini targ`ib qiluvchi stendlar va ko’rgazmalar;
ko’chalar va maydonlardagi yoshlarni kasb-hunar kollejlariga o’qishga kirishga da`vat
etuvchi yorqin bo’yoqli chaqiriqlar.
Maktab kasbga yo’naltirish ishi tizimini tarkib toptirish hali nihoyasiga
etkazilgani yo’q. Kasbga yo’naltirish tizimi tarkibiy tuzilishi kasbga yo’naltirish
maqsad va vazifalarini; maktab ta`limi bosqichlari bo’yicha uning mazmunini; homiy
korxonalar, ota-onalar jamoatchiligi ishtirokida kasbga yo’naltirish ishining
yo’nalishlarini; kasbga yo’naltirish tadbirlarini amalga oishirsh shakllari, metodlari va
vositalarini; muayyan ishchi kasblari bo’yicha unumli mehnatda maktab yoshlari
ishtirokining konkret yo’llarini o’z ichiga olishi lozim.
O’rta maktabda o’quvchilarni kasbga yo’naltirishni rivojlantirish quyidagicha
bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, bular:
I. Xalq xo’jaligi tarmoqlari bilan umumiy tanishtirish.
II. Ishlab chiqarish texnikasi, texnologiyasi va iqtisodiyotini umuman o’rganish.
III. Kasblarning asosiy guruhlari bilan tanishtirish.
IV. Viloyat, tuman taraqqiy etgan biron tarmoqning, bazaviy korxonaning
tanlagan kasbini dastlabki egallash bosqichlaridir.
Kasbga yo’naltirish maktab tizimining asosiy printsiplari sifatida quyidagilarni
ko’rsatish mumkin:
a) Kasbga yo’naltirish har tomonlama kamol topgan, faol shaxsni shakllantirishga
qaratilgan pedagogik jarayonning rejali ravishda amalga oshiriladigan uzviy qismi
sifatida;
b) Ijtimoiy ishlab chiqarishning haqiqiy talabi asosida mehnat yo’lini tanlashning
shaxsiy va ijtimoiy muammosini to’g`ri hal qilish;
39
v) Kasbga yo’naltirishning og`zaki metodlarini atrof-tevarakdagi korxonalar
etakchi ishchi kasblari asoslarini egallash borasidagi konkret amaliy harakatlar bilan
qo’shib olib borish;
g) maktabdagi barcha darslarda kasbga oid bilimlar va kasbni targ`ib qilishning
pog`onali tuzilishi;
d) maktab, oila va ishlab chiqarishning birgalikdagi kuch-g`ayratlari bilan ishchi
kasblariga qiziqishni tarbiyalashning faol metodlari.
Namunaviy dastur talablariga muvofiq har bir o’quv fani bo’yicha darslar
mazmunini hisobga olib, kasbga yo’naltirishni sinfdan sinfga rejalashtiri masalalari
eng murakkab ishdir.
Ommaviy maktablarda kasbga yo’naltirishning amaliy vazifalarini hal qilishga
sistemali yondashish usuli qo’llaniladi. Kasbga yo’naltirishning sinflar bo’yicha asosiy
mazmuni quyidagicha bo’lishi mumkin;
Boshlang`ich sinflarda: atrof-tevarakdagi mahalliy ishlab chiqarish korxonalari
va tabiatdan foydalangan holda mehnat faoliyati turlari bilan tanishtirish.
O’rta sinflarda: umumiy ta`lim turkum o’quv fanlari darslarida og`zaki metodlar
yordami bilan hamma ishlarni o’z ichiga oladigan va birga qo’shilgan kasblarning
asosiy guruhlari bilan, mehnat ta`limi darslarida esa metall ishlash, elektrotexnika,
yog`ochga ishlov berish kasblari mehnat usullari bilan ko’rgazmali tanishtirish.
YUqori sinflarda: konkret ishchi kasblari asoslarini egallagan holda ishlab
chiqarishning konkret sohalari negizida kasbga yo’naltirish.
SHunday qilib, ko’rib chiqilgan tarzdagi kasbga yo’naltirish maktab tizimi
mazkur muammoning hamma jihatlarini qamrab olish imkonini yaratadi, hozirgi
sharoitda tuman, shahar, viloyat va respublika doirasida yangi iqtisodiy tafakkur
asoslarini hal qilishni hisobga olib, uni takomillashtirish yo’llarini belgilashga yordam
beradi.
Maktab yosh avlodga barvaqt kasb-hunar o’rganish printsipini rad etib,
o’quvchilarning shaxsiy iste`dod nishonalari va qiziqishlarini har tomonlama
rivojlantirishga intiladi, maktab o’quvchilari jamiyatga naf keltiradigan faoliyatga
40
qiziqishni, kasb tanlashga tayyorlash uchun negiz bo’lib xizmat qiladigan qiziqishni
tarbiyalaydi. Bu esa mehnat tarbiyasining eng muhim vazifalaridan biridir.
Maktab o’quvchilarga fan asoslaridan mustahkam bilim berishi, ularda
dunyoqarashni hamda ish-harakat va hulq atvorda umuminsoniy yo’nalishlarni
shakllantirishi lozim.
Darhaqiqat, maktab o’smirlarning shaxsiy qiziqishlari, iste`dod kurtaklari va
qobiliyatlarini shakllantirishga qaratilgan xilma-xil ishlarni tashkil qilib, bola shixsini
har tomonlama rivojlantirishga ko’maklashadi, sevimli ishni aniqlab olishga yordam
beradi. Xo’sh, maktab o’quvchilarining kasb-korlik masalasini muvaffaqiyatli hal
qilish uchun barcha zarur ma`lumotlar bera oladimi, har bir o’quvchida kasb tanlash
muammosiga puxta o’ylab munosabatda bo’lish his tuyg`usini tarbiyalay oladimi, shu
muammoni hal qilishning to’g`ri yo’llarini ko’rsatib bera biladimi?
Afsuski, hozirgi vaqtda ko’pgina maktablar ana shu vazifani eplay olmayaptilar.
Sakkizinchi sinflarning o’quvchilarigina emas, balki bundan yuqori sinflarning
o’quvchilari ham kasb tanlash masalasiga ko’pincha chuqur o’ylab, jiddiy
munosabatda bo’lmayaptilar. Ko’pgina maktablarda ―Men kim bo’lmoqchiman‖
mavzuida o’tkazilgan anketa va ro’znoma sahifalarida hamda boshqa vositalarda
iste`dod mavzuida davom etayotgan munozara ana shundan dalolat bermoqda.
O’quvchilarning qaytargan javoblarini tahlil qilish shuni ko’rsatadi, ularning
kelgusida egallashi mumkin bo’lgan kasblari sinfdan-sinfga o’tishlari bilan o’zgarib
turadi. Ko’pincha o’quvchi o’zining fiziologik, psixologik yoki aqliy imkoniyatlariga
tamomila mos bo’lmagan kasb to’g`risida orzu qiladi. SHunday hollar ham bo’ladiki
(bunday hollar kam emas), maktab o’quvchisi kelgusida kim bo’lishni umuman
bilmaydi, buni oldindan ham o’ylab ko’rmagan.
Biroq, o’smirlarning ―Men kim bo’lishni hoxlayman‖ degan savolga qaytargan
javoblari qanchalik xilma-xil bo’lmasin, boshqa bir narsa orzu qilinayotgan kasblar
to’g`risida ularning g`oyat noaniq tasavvurlari va kelgusidagi mehnat faoliyatiga
tayyorgarchilik ko’rish munosabati bilan o’z burchlari haqida muayyan tasavvurga ega
emasliklari fikr yuritishga majbur etmoqda.
41
Ko’pgina o’quvchilar o’z insholarida bo’lg`usi kasbga tayyorgarlik ko’rish
borasida hozircha hech bir ish qilmayotganliklarini oshkora yozmoqdalar. Ularning
ba`zilari u yoki bu kasbga tayyorgarlik ko’rish uchun umuman nima qilish uchun aytib
o’tishga urinadilar-u, lekin o’zlari nima qilayotganliklari haqida lom-mim demaydilar.
Odatda javoblar quyidagichadir: ―SHifokorning irodasi kuchli bo’lishi, qo’llari
yumshoq va muloyim bo’lishi lozim, men esa shifokor bo’lish uchun ko’p narsani
bilimshim va hamma narsani qila olishim kerak‖ yoki ―O’qituvchi, shifokor yoki
injener bo’lish uchun yaxshi o’qish, boadab, halol, intizomli bo’lish kerak, biz
hammamiz bunga erishishimiz zarur‖. Bundan ham umumiy tarzdagi javoblar bor. Bu
javoblarda shunday deyilgan: ―U yoki bu kasbni egallash uchun uzoq vaqt davomida
astoydil ishlash kerak‖ yoki ―Buning uchun esa ko’p narsani bilish lozim, demak
yaxshi o’qish zarur‖.
Ammo shunday o’quvchilar borki, ular u yoki bu kasb to’g`risida orzu qilibgina
qolmay, balki bu haqda ko’p narsalarni bilishga ham intiladilar, shu kasb bilan bog`liq
bo’lgan kitoblarni o’qiydilar. Biroq, ular zarur adabiyotni ko’pincha tanlab olishni
bilmaydilar, tasodifiy kitoblarni o’qiydilar, ularni o’qigan chog`larida nimalarga
e`tibor berish kerakligini bilmaydilar.
CHunonchi, ularning ba`zilari insholarida ko’p kitob o’qiyotganliklarini umumiy
tarzda bayon qiladilar, boshqalari esa ―barcha fanlarga oid‖ yoki muayyan fan
bo’yicha, masalan, fizika, kimyoga doir adabiyot o’qiyotganliklarini aytadilar.
Birmuncha aniq javoblar ham bor: ―Salomatlik to’g`risidagi oynomani o’qidim‖,
―Opamning X sinf uchun mo’ljallangan astronomiyaga oid darsligini o’qiyman, ko’p
narsalarni tushunmayapman, ro’znomalarda bosilayotgan raketa, yo’ldosh haqidagi
xabarlarni o’qiyman‖ (astronom bo’lishni orzu qiladi), ―Bolalar haqidagi va bolalar
uchun mo’ljallangan kitoblarni o’qiyman‖ (o’qituvchi bo’lmoqchi), ―Adabiyotga oid
kitoblarni o’qiyman‖, ―Dvigatellar to’g`risidagi adabiyotni o’qiyman‖ va h.k.
Ko’pgina o’quvchilar kasblar bilan tanishishni shu kasblar haqidagi adabiyotni
o’qish bilan cheklaydilar, mazkur faoliyatga bo’lgan o’z qobiliyatlarini va
qiziqishlarini barqarorligini tekshirib shug`ullanishga urinib ko’rmaydilar, u yoki bu
42
kasb uchun zarur bo’lgan o’z qobiliyatlarini qanday qilib rivojlantirish va boshqarish
kerakligini bir tomonlama, sodda tasavvur qiladilar.
Dostları ilə paylaş: |