Сетевое окружение (Tarmoq o`rami)
Siz ishlayotgan kompyuter tarmog‘iga ulangan bo`lsa, yoki bog‘lanmoqchi bo`lsak, u holda, marhamat qilib, sichqoncha tugmasi yordamida, shu belgini tanlang va sichqoncha tugmasini ikki marta bosing.
Dastur oynasi quyidagi qismlarni o`zida mujassamlashtiradi:
Dastur oynasi ochilgandan keyin kompyuter tarmog‘iga ulangan kompyuter bilan aloqa o`rnatish, o`lardan ma’lumotlar almashish, ma’lumotlarni uzatish va hakoza ishlarniamalga oshirish mumkin.
Корзина (Savatcha)
Bu «Savatcha» o`chirib yuborilgan fayllarni vaqtincha saqlab turish mo`ljallangan. U noto`g‘ri o`chirib yuborilgan fayllarni qayta tiklash imkoniyatiga ega.
Shuni unutmangki, WINDOWS XP da ishlayotganingizda barcha o`chirib yuborilgan fayllar yo`q bo`lib ketmaydi, balki, ular shu «Savatcha»ga kelib tushadi. Agar siz, o`chirilgan fayllarni kerak emasligiga to`la ishonch hosil qilgan bo`lsangiz, «Savatcha» ni «tozalab» yuborishingiz mumkin.
«Пуск» tugmachasi
Bu tugmachani WINDOWS XP olamiga kirish tugmachasi desa ham bo`ladi. Chunki, bu tugmacha orqali har qanday dasturni ishga tushirish, hujjatlarni ekranga chiqarish, sistemani sozlash va qayta sozlash, yordamchi ma’lumotlar olish va kerakli bo`lgan faylni tez qidirib topish kabi eng kerakli operatsiyalar bajariladi.
«Пуск» tugmachasi sichqoncha yoki klaviatura yordamida ochilgach, ekranda menyu paydo bo`ladi. Uning «Программы» punkti yordamida kompyuteringizda mavjud bo`lgan barcha dasturlarga kirishga imkon yaratiladi.
Agar, yaxshi ahamiyat bersangiz, ochilgan menyuning «Завершение работы»,
Dostları ilə paylaş: |