Ызбекистон Республикаси


CD ROM - kompakt disklardan ma’lumotlarni o`qish imkonini beradi. Bu kompakt disklar ishonchliroq, 650 Mbayt hajmdagi ma’lumotni saqlaydi. Skaner



Yüklə 3,53 Mb.
səhifə6/100
tarix11.07.2023
ölçüsü3,53 Mb.
#136336
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
informatika va axborot texnologiyalari-2

CD ROM - kompakt disklardan ma’lumotlarni o`qish imkonini beradi. Bu kompakt disklar ishonchliroq, 650 Mbayt hajmdagi ma’lumotni saqlaydi.
Skaner - Kompyuterga matnli yoki tasvirli ma’lumtolarni tasviriy ravishda kirituvchi qurilma. Skanerlar 2 xil bo`ladi; avtomatik va avtomatik bo`lmagan. Birinchisi ma’lumotni varaqlab o`qiydi, ikkinchisi satrlab, buning uchun skanerni kerakli satrga qo`l bilan surib turish kerak.
Multimedia - Kompyuter yordamida musiqa ijro etilishini ta’minlovchi qurilma. Odatda u kolonka va mikrofon bilan birgalikda sotiladi. Uning yordamida musiqani tahrirlash inson nutqini yozib olish mumkin.
Modem - telefon tarmog‘i orqali boshqa kompyuter bilan ma’lumot almashuvini ta’minlaydi. Modemlar ma’lumot uzatish tezligi bilan farqlanadi.
Plotter – murakkab va katta hajmdagi chizmalarni qog‘ozga chiqaruvchi qurilma. Plotterlar 2 xil bo`ladi -barabanli va planshetli. Barabanli plotter, rulonli, planshetli plotter esa varaqli qog‘ozga chizmalarni chiqaradi. Plotterlar asosan chizma loyihalarini avtomatlashtirishda foydalaniladi.
Strimer – kompyuter xotirasidagi (vinchester) ma’lumotlarni magnit lentalarga ko`chirib oluvchi qurilma. Kompyuter xotirasidagi ma’lumotlar o`chib ketgan xollarda qayta tiklash imkoniyatiga ega.
Trackball - sichqoncha kabi, shar shaklidagi manipulyator. Sharni aylantirish natijasida mos ravishda ekrandagi tasvir ham suriladi.
Tarmoq adapteri - Kompyuterni mahalliy tarmoqqa ulash imkonini beradi.


Shaxsiy kompyuterdan foydalanish va uni ishga tayyorlash


Shaxsiy kompyuterni ishga tayyorlash va o`chirish tartiblari mavjud. Avvalambor, kompyuterning tarmoq kuchlanishiga mosligini tekshirish kerak. Shaxsiy kompyuterlar uchun kuchlanishning o`zgarishi, ayniqsa keskin o`zgarishlar xavfli bo`lishi mumkin. Shuning uchun maxsus stalibizatorlardan yoki elektr quvvati uzluksizligini ta’minlovchi- UPS qurilmasidan foydalanish tavsiya etiladi. Maxsus UPS qurilmasi elektr quvvatini o`zgarmas holda ushlab turadi, hamda elektr manbai o`chirilgandan keyin muayyan vaqt davomida kompyuter ishlashini ta’minlab turadi. Bu vaqt kompyuterda bajarilayotgan ishlarni tugatish uchun yetarlidir.


Kompyuterni ishga tayyorlash tartibi quyidagicha



  • stabilizator yoqiladi;

  • monitor yoqiladi;

  • protsessor yoqiladi;

  • printer kerak bo`lsa, yoqiladi.

Shundan keyin ekranda tekshiruvchi maxsus dastur natijalari, hamda operatsion tizimni ishga tushiruvchi dasturlar haqida ma’lumotlar chiqadi. Operatsion tizim ishga tushgach, u komandalarni berishni taklif qiladi. Kompyuterdan to`liq foydalanish to`g‘ri o`chirishga ham bog‘liq. Buning uchun quyidagilar bajariladi -



  • ishlayotgan dasturlar tugatiladi.

  • printer yoqilgan bo`lsa, o`chiriladi.

  • protsessor «ПУСК» orqali o`chiriladi.

  • monitor o`chiriladi.

  • stabilizator o`chiriladi.


9



2-rasm. Klaviatura



Yüklə 3,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin