Esс – buyruqni bеkor qilish buyruqi;
PrintScrn –ekrandagi ma'lumotlarni bosmaga chiqarish uchun xizmat qiladi;
ScrollLock –ba'zi dasturlarda kursorni bir joyda qotirish va butun xujjatni varaqlashda ishlatiladi;
Pause(Break) –dasturni vaqtincha to`xtatish tugmasi.
Tugmachalarning maxsus majmualari(Ctrl)+(Break) Ishlayotgan dastur yoki komanda tugatilishini ta’minlaydi.
(Ctrl)+(Alt)+(Del) MS DOS tizimini qayta yuklanishini ta’minlaydi. Operatsion tizimni xotiraga qayta yuklaydi.
(Shift)+(Prtscr) ekrandagi axborot nusxasini printerga chiqarish rejimini ulash va o`chirishni ta’minlaydi.
(Ctrl)+(Numlock) - Dastur ishini to`xtatib turadi. Davom etish uchun ixtiyoriy tugmacha bosiladi.
MS DOS tizimi bilan muloqot uchun foydalanuvchi quyidagicha maxsus tugmachalar majmuidan foydalanish mumkin.
(Ctrl)+(C) komanda yoki dastur ishini tugatadi.
(Ctrl)+(P) Ekrandagi ma’lumot nusxasini printerga ko`chirishni tashkil etadi.
(Ctrl)+(S) Dastur bajarilishini to`xtatib turadi.
(F6) - Fayl oxiri belgisini kiritadi. Bu simvol (Ctrl)+(Z) bilan belgilanadi.
Kompyuter imkoniyatlarini oshirish maqsadida unga turli qo`shimcha qurilmalar ulanishi mumkin. Bu – printer, “sichqoncha”, modem, skaner va xokazolardir.
Har bir qurilma protsessorda joylashgan mos ulagichga ulanadi yoki o`rnatiladi. Qo`shimcha qurilmani ulashdan avval kompyuterni o`chirish zarur, aks holda kompyuter ishdan chiqishi mumkin. Quyida ular to`grisida batafsil ma’lumot beriladi.
Printer - ma’lumotlarni qog‘ozga chiqaruvchi qurilma. Barcha printerlar matnli ma’lumotlarni ko`pchiligi esa rasm va grafiklarni ham qog‘ozga chiqaradi. Rangli tasvirlarni chiqaruvchi maxsus printerlar ham bor. Printerlar quyidagi turlari mavjud; ignali, siyohli va lazerli.
«Sichqoncha» - kompyuter bilan foydalanuvchi muloqotini yengillashtiruvchi manipulyator. “Sichqoncha“ stol yoki maxsus yuzada harakati natijasida ekrandagi kursorni mos ravishda harakatlantiradi. menyuning birortasini bajarish uchun “Sichqoncha” mos tugmachasi bosiladi. Ba’zi bir amaliy dasturlar faqatgina “Sichqoncha“ bilan ishlashga moslashgan.