6 - Mavzu: Amir Temur va temuriylar davrida zarb qilingan tangalar.
Reja.
1. Amir Temurning xokimiyat tepasiga kelishi.
2. Amir Temur zarb etgan tangalarning xususiyatlari.
3. Temuriylar tomonidan zarb qilingan tangalar.
4. SHayboniylar davrida Movarounnashrdagi iqtisodiy-siyosiy axvol.
5. SHayboniyxon va joniylar davrida zarb qilingan tangalarning xususiyatlari.
XIV asrning 60-yillarida Movarounnaxrda siyosiy,iqtisodiy vaziyat keskinlashib ketdi.
dexkonchilik. xunarmandchilik. savdo-sotik ishlari inkirozga yuz tutdi. Bundan savdogarlar,
xunarmandlar va dexkondar norozi edilar. Axolining bunday tabaqalari O`rtasida mavjud axvoldan
kutulish, mamlakatni birlashtirish va kuchli davlat tashkil etish xarakati kuchayadi.
Ana shunday sharoitda Temur, barlos kabilasining amirlaridan biri, 1370 yili
Movorounnaxr noibi qilib tayinlanadi.
Temur o`z zamonining bunday talabini yaxshi tushundi. o`z maqsadini amalga oshirishga
ruxoniylar, savdogarlar, xunarmandlarga suyandi. U Movarounnaxrning yagona xukmdori bo`lib
olgach, uz davlatini siyosiy va iqtisodiy jixatdan mustaxkamdashga kirishadi. Feodal tarqoqlik
tugatilib: markazlashgan davlat tuzilganligi ijobiy xollarga olib keldi. Ayni vaqtda xo`jalikning
69
asosi bo`lgan dexkonchilikda xam muayyan siljishlar ro`y berdi. Xunarmandchilik va savdo
rivojlanadi, fan va madaniyat ravnak topdi. Savdo munosabatlarining davlat va jamiyat xayotida
tashki siyosatda tutgan muxim urnini yaxshi anglagan Amir Temur bu borada qator tadbirlarni
amalga oshirgan. Bozorlar qurish. eskilarini kengaytirish. ta`mirlash ishlarini jadal amalga
oshirgan. Buning isboti uchun Samarqand bozorining bino etilishi orqali ko`rish mumkin. Amir Te-
mur buyrug’i bilan shaxarniig temir darvozasi qismidan boshlanib. janubiy garbiy yo`nalishda
katta ko`cha quriladi. Uning ikki tomonida esa ikki qavatli. chorsi tim shaklida qurilgan
dexkonlar.rastalar kad kutaradi. Ko`cha usti boshdan oxir gumbaz shaklida ishlangan tok bilan
yopiladi. YOrug’lik tushib turishi uchun xar er-dan darchalar qoldirilgan. Bundan tashqari ma`lum
masofada favvoralar qurilib. Omborxonalar qad ko`targan. Bu davrdagi pul muomalasiga
to`xtalsak, Amir Temur zamonida 6 gr.og’irlikdagi kumush tangalar va uning turtdan biriga teng
1,5 gr.lik kumush pullar zarb qilinganligi ma`lum. 1,5 grammlik kumush pullar "miri" deyilgan.
Mazkur nom Soxibkironning Amir unvoni bilan bog’liq.
SHuningdek muomalada mis pullar chaqalar xam bo`lgan. Tangalar Samarqand,
Buxoro, Ardabil, Astrobod. Darband, Damg’on, Tabriz, Sabeavor, SHeroz va boshqa qator
shaxardarda zarb qilingan. Bundan tashqari Amir Temur xarbiy o`rdasining maxsus zarbxonasida
(dor alzarbi urduyi oliy) bo`lgan.
Temuriylar davrida xam ikki xil qiymatda kumush tanga zarb qilish davom etdi. Yirik
kumush tangalar "tanga", maydalari «miri» Temur unvoni "amir"ning qisqa shakli deyilgan.
Ulug’bek davridan ko`p mis tangalar bizgacha etib kelgan. Uning ilk mis tangalaridan
biri diqqatga sazovor. Axsi, Samarqand, Buxoro, SHaxrisabz va Termiz tangalarida sher. orqasidan
esa kuyosh chiqib kelayotgani tasvirlangan. Xijriy 832 yil (milodiy 1428-1429)larda Ulugbek ikki
bosqichda muxim pul isloxoti o`tkazdi. Birinchi bosqichda bir xil mis tangalar bir kancha
zarbxonalarda Andijon, SHoxruxiya, Samarqand, Buxoro, SHaxrisabz, Qarshi. Termizda
chiqarildi.
Ikkinchi bosqichda islox qilingan tangalar ishlab chiqarish Buxoroda markazlashtirildi va
nusxasi xamda sanasi o`zgartirilmagan xolda Ulug’bek o`limiga qadar, undan keyin xam zarb
etildi. Ulug’bekning pul isloxoti xazina va axoli manfaatlarini ma`lum tarzda uyg’unlashtirdi.
Temur va Temuriylar davrida zarb qilingan tangalar qator xususiyatlar bilan boshqa davr
tangalaridan farq qilali. Zarb etilgan tangalarga maxsus tamg’a bosish ana shunday
xususiyatdardan biri edi. Bunday naqshlar CHigatoy davri tangalarida XIII asrda solinib. XU
asrga kelganda keng qo`llanila boshladi. Ular dumaloq, to`rtburchak, gulga o`xshash va xokazo
shakllarda bo`lgan.
Xorazm o`ng qirg’og’i bilan CHig’atoy ulusi tarkibiga kirsada. chap kirg’og’i
Urganch bilan birgalikda Jo`ji ulusi tarkibiga kirgan bo`lib. Oltin O`rda xonlari tomonidan
70
boshqarilar edi. XIV asrning ikkinchi yarmida 1360-1380 yillarda taxt uchun 25 xon urush olib
bordi, markaziy xokimiyatning zaiflashganligidan ko`ng’irotlar qabilasining maxalliy "sufiylar"
sulolasi ustalik bilan foydalandi. Ular taxminan 1360 yillardan Xorazmni mustaqil idora qila
boshladilar. xatto Xorazmning o`ng qirg’oq erlarini qo`shib oldilar.
1372 yili Temur Xorazmga yurish qilib o`zita tobe qiladi. CHunki YUsuf Sufiy bir safar
Amir Temurni tan olsa. bir safar Oltin O`rda xoni Tuxtamishni tan olar edi. SHuning uchun Amir
Temur Xorazmga bir necha marta yurish qilgan. 1388 yil Urganchni egallaydi. Amir Temur
vafotidan sung Xorazmda yana Oltin Urda xonlari xukmronlik qildi.
1412 yili Amir Temurning o`g’li SHoxrux Xorazmni qayta qo`lga kiritadi. Mo`g’ullar
istibdodidan so`ng Xorazmda zarb qilingan tangalar bizgacha etib kelmagan. Temur xukmronligi
davrida kichik oltin tangalar xam zarb etilgan. Xorazmda CHig’atoylar dinoriga o`xshash yirik
kumush tangalar bo`lmagan, Xorazmni juld dirxamlari Movorounnaxr CHig’atoy dirxamlaridan
farq qilgan. Birinchidan ularning qiymati turlicha bo`lib u asta-sekin kamayib borgan. XIII asr
oxirlariga kelib xamma kumush tangalarning ogirligi 2,3 gramm bo`lsa, X1U asr boshlarida 1,9
gramm,1380 yilda 1,5gramm, XU asrning boshlarida esa 1,1 grammni tashkil qilgan. Oltin
tangalarning og’irligi esa 1,10 gramm-1,15 va undan oz bo`lgan.
XIII asrga doir Xorazmning birinchi dirxamlarida usha davr xokimiyatini boshqarayotgan
xukmdor nomi aks etgan . Tanganing bir tomonida diniy oyatlar yoki Qur`ondan olingan kalima,
ikkinchi tomonida tanga chiqarilgan sana, joy zarb qilingan. Tangalardagi yovuvlarda xatolar xam
bo`lgan. xarflar tushib qolgan yoki qo`shilib ketgan.
Temurning kumush tangalari uning nomidan soxta mo`g’ul xonlari Suyurgatmish va
Sulton Maxmud nomlari bilan Movorounnaxr. Xuroson. eron. Ozarbayjon. Iroqning 40 dan ortiq
shaxarlarida zarb etilgan. Movorounnaxr va Xurosonning bosh xukmdori sifatida SHoxrux Uirzo
Astrobod, Buxoro, Damg’on. Isfaxon, Kirman, Qum, Nishopur. Marv, Samarqand, Sabzavor,
Sultoniya, Tabriz, Xorazm, Xirot, SHeroz va boshqa shaxarlarda o`z nomi bilan kumush
tangalar zarb qilib. pul zarbi va savdosini tartibga soldi. Bu davrda ichki chakana savdoda keng
ko`lamda muomalada bo`lgan mayda mis chaqa "fulus"lar ko`proq maxalliy xokimlar
tomonidan zarb qilinar edi.
1428 yili Ulugbek tomonidan o`tkazilgan fulusiy pullar isloxoti katta axamiyat kasb etdi.
Axolining ichki savdo munosabatlariga ko`proq jalb etish maqsadida Ulugbek engil vaznda zarb
etilgan va muomalada yurgan barcha chaqa pullarni bekor qildi. Ichki savdoni mayda mis
pullarga bo`lgan talabini qondirish uchun bir vaqtning o`zida Buxoro, Samarqand, Qarshi,
Termiz, Toshkent. SHoxruxiya va Andijon shaxarlarida zarbxonalar tashkil qilinib bir xil vazndagi
fuluslar zarb qilinib. muomalaga chiqarildi. Mis pullarni zarbini markazlashtirish maqsadida boshqa
shaxarlardagi zarbxonalarga barxam berilib.Buxoro zarbxonasi saqlab qolingan. Xalk orasida
|