184
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
– Ikkinchi bosqich (12-16 yosh) – shaxsda kasbiy
niyatlarning shakllanish
bosqichi bo‘lib, u istalgan yoki majburiy tarzda kasb tanlash jarayoni bilan
yakunlanadi. Bu hodisa ayrim manbalarda kasbiy o‘z-o‘zini belgilash bosqichi,
deb ham nomlanadi.
– Uchinchi bosqich (16-23 yosh) – kasbiy tayyorgarlik bosqichi bo‘lib,
unda o‘quvchi yoki talabalar sohaga oid yangi bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtira
boradilar. Shu bilan birga, yangi ijtimoiy rol, yangi munosabatlar, yangi guruh va
soha vakillari bilan hamkorlikda faoliyat olib borish davridir.
– To‘rtinchi bosqich (25-30 yosh) – kasbiy moslashish hamda kasbiy
kompetensiyalarni shakllantirish bosqichi sanalib, unda inson o‘z-o‘zini
rivojlantirish, o‘z ustida ishlash qobiliyati, maxsus qobiliyat, o‘zini o‘zi
takomillashtirish kabi ko‘nikmalarga ega bo‘ladi. Bu jarayon ijtimoiy javobgarlikni
anglash, o‘z burchini mohirona ijro eta borish bosqichi ham hisoblanadi. Demak,
kasbiy masʼuliyatning namoyon bo‘lishi dinamik xarakterga ega bo‘lib,
har bir
yosh bosqichida rivojlana boradi.
V.I.Baydenkoning fikricha, shaxsda masʼuliyat hissi namoyon boʼlishining
quyidagi darajalari mavjud:
– Mikro darajada – bu masʼuliyat hissining psixofiziologik asoslarida aks
etib, unda shaxs o‘z avtonom mavjudligini yaratadi.
– Mezo darajada – jamiyat tomonidan ishlab chiqilgan ijtimoiy meʼyorlar,
qonun va qoidalarning mazmunini o‘zlashtirish.
– Makro daraja – bunda inson ongli mavjudot sifatida, ijtimoiy
munosabatlarning subyekti sifatida, maʼnaviy tuzilma sifatida,
ijodkor subyekt
sifatida, intellekt egasi sifatida tan olinadi.
– Meta daraja – ushbu daraja yuqoridagi barcha darajalarni oʼz mazmuniga
birlashtirib, u insonga mustaqil harakat qilish, mustaqil fikrlash, boshqalarga
taʼsir qila olish kabi imkoniyatlarni beradi.
Xulosa qilib aytganda, bugungi kun mutaxassislari nafaqat jismonan
barkamol, balki aqlan yetuk, ruhan sog‘lom, zamonaviy axborot texnologiyalari
sirlarini puxta o‘zlashtirgan, o‘z sohasiga oid ilg‘or bilimlardan xabardor, kasbiy
yo‘nalgan, o‘z mutaxassisligi uchun shart sanalgan kompetensiyalarga ega,
yuqori darajada kasbiy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirgan, kasbiy masʼuliyat
hissini anglay oladigan, har qanday sharoitda o‘z vazifalarini oqilona bajara
oladigan, ijtimoiy faol hamda fidoyilik kabi sifatlarga ega bo‘lmog‘i lozim sanaladi.